Davolash prinsiplari.
Spinal qon aylanish buzilishini davolash bosh miya
tomir kasalliklarini davosi bilan bir xil. Kasallarni parvarishlaganda yotoq
yaralarini, pnevmoniyani, urosepsisni oldini olish kerak. Bemorni hayoti bunga
bog‘liq. Nafas gimnastikasi, massaj, bemor holatini o‘zgartirish, terini kamfora
spirti bilan artish, UFO, tos a’zolarini faoliyatini tiklash, kasallikni birinchi
kunidan boshlanishi maqsadga muvofiq. Mushak tonusini pasaytiruvgi preparatlar
(markaziy falajlarda) – melliktin, midokalm, baklofen, sirdalud.
TIZIMLI VASKULITLARDA ASAB TIZIMINI ZARARLANISHI
Vaskulit termini shartli bo‘lib, tomirlar devorida nafaqat yallig‘lanish, balki
distrofik va granulematoz o‘zgarishlar bo‘lib, ikkilamchi proliferativ va sklerotik
jarayonlar bilan kechadi.
Etiologiya, patogenez, klassifikatsiya.
Tizimli allergik vaskulit-polietiologik
kasallik bo‘lib, kelib chiqishida dori moddalar, infeksiya, viruslar, genetik moyillik
katta ahamiyatga ega. Klinik kuzatuvlar tasdiqlashicha, ko‘pincha dori moddalar
sabab bo‘ladi, ya’ni 1-o‘rinda antibiotiklar, tuberkulostatiklar. Bunda vaskulit
rivojlanishida dori allergiyasi katta ahamiyatga ega bo‘lib, tizimli kasallikka olib
keladi. Virusli kasalliklardan – gepatit V, oddiy gerpes virusi, SMV, qizamiq, epid
parotit virusidan keyin vaskulitlar rivojlanadi.
Ba’zida bakterial infeksiya (streptokokk, stafilokokk, sil mikrobakteriyalari,
rangpar trixenella, kandidozlar, rikketsiyalar) ham kasallik rivojlanishiga olib
keladi.
Tizimli vaskulitlar kelib chiqishida kasb kasalliklari ham ahamiyatga ega
bo‘lib, bunda og‘ir metall tuzlari, kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan odamlarda
uchraydi. Genetik moyillikda-tomirlar reaktivligiga immun nuqsonlar bo‘lishi asos
bo‘lib, to‘qima antigenlarini (HLA-hyman leycocet antigen) bo‘lishi bilan
namoyon bo‘ladi. Kuchli insolyatsiya, sovuq qotish, stress holatlari, jismoniy va
ruhiy zo‘riqishlar provokatsiya etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagi patogenetik omillar mavjud:
325
1. Kimyoviy substansiya yoki mikroorganizmlarni immun reaksiya
ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri;
2. Yot antigen yoki autoantigenga hujayra yoki gumoral immun javobi;
3. Tomir devorida sirkulyatsiyalanuvchi immun komplekslarni
fiksatsiyalanishi (bu mexanizm asosiy hisoblanadi).
Tomirlar devorini immun zararlanishi mikrotsirkulyatsiyani buzilishiga olib
kelib, qon reologik xususiyati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunda qon reologiyasida
eritrotsit va trombotsit agregatsiyasi, giperkoagulyatsiya, tromboz va keyinchalik
DVS sindromi rivojlanadi. Antigen – antitela reaksiyasida fagotsitoz aktivlanib,
sensibilizatsiyalashgan limfotsitlar limfokinlarni ajratib, makrofaglarni
migratsiyasini susaytiradi. Bu esa tomir devorini zararlab granulema va gigant
hujayralar hosil qiladi. Hozirgi paytda vaskulitlar 2 guruhga bo‘linadi:
I. Birlamchi vaskulitlar:
1. Tugunchali periarterit (Kussmaul Meyer kasalligi) – yuqori tana harorati,
ozib ketish, assimetrik polinevropatiya, nefrit, mushak, bo‘g‘imlarda og‘riq,
tomirlar bo‘ylab tuguncha bilan xarakterlanadi.
2. Granulematoz angiit – (Vegener granulematozi) yarali-nekrotik va yiringli
nekrotik rinosinusitlar, burun suyaklari destruksiyasi, bronxit, kaverna, nefrit bilan
kechadi.
3. Obliteratsiyalanuvchi braxiotsefal arterit – (Takayasu kasalligi) bilak,
yelka, uyqu arteriyalarida pulsni bo‘lmasligi bilan kechib, xushdan ketish, bosh
aylanish, o‘tib ketuvchi parezlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
4. Chakka arteriti – (Xorton kasalligi) tez charchash, chakka sohasida kuchli
og‘riqlar, bosh aylanish, ko‘rishni pasayishi, parez, nutq buzilishlari bilan kechadi.
5. Obliteratsiyalanuvchi trombangit – (Vinivarter-Byurger kasalligi) – o‘tib
ketuvchi oqsoqlik, oyoqlarda gangrena, tromboflebit, infarkt bilan kechadi.
6. Gemorragik vaskulit – (Shenleyn-Genox kasalligi) – terida gemorragiyali
toshmalar bo‘lib, poliartralgiya, nefrit, abdominal sindrom, meningoensefalopatiya
bilan kechadi.
7. Trombotik mikroangiopatiya (Moshkovich kasalligi) – yuqori tana
harorati, es-xush buzilishi, gemorragik sindrom, buyrak va jigar yetishmovchiligi
bilan kechadi.
II. Ikkilamchi vaskulitlar:
1. Surunkali infeksiya o‘choqlarida yoki infeksion kasalliklarda –
endokardit, sepsis, tuberkulyoz, sifilis, virusli infeksiya, virusli gepatit, VICh,
gerpes, SMV da bo‘ladi.
2. Dori (zardob) kasalliklarida.
3. Onkologik kasalliklarda.
4. Kollagenozlar, biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va revmatizmda.
5. Parazitar kasalliklarda.
6. Kasb kasalliklari.
Ikkilamchi tizimli vaskulitlarda ko‘pincha boshqa a’zolarga tarqamaydi va
birlamchi infeksiya o‘chog‘i yo‘qotilsa kasallik tuzalishi mumkin.
326
Kechuviga ko‘ra: o‘tkir, o‘tkir osti, retsedivlanuvchi, surunkali turi
ajratiladi.
Klinik kechuviga ko‘ra: teri vaskuliti, o‘pka, yurak, oshqozon ichak tizimli
vaskuliti, asab-mushak va periferik tomirlar vaskuliti.
Do'stlaringiz bilan baham: |