Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Davolash prinsiplari. 
Spinal qon aylanish buzilishini davolash bosh miya 
tomir kasalliklarini davosi bilan bir xil. Kasallarni parvarishlaganda yotoq 
yaralarini, pnevmoniyani, urosepsisni oldini olish kerak. Bemorni hayoti bunga 
bog‘liq. Nafas gimnastikasi, massaj, bemor holatini o‘zgartirish, terini kamfora 
spirti bilan artish, UFO, tos a’zolarini faoliyatini tiklash, kasallikni birinchi 
kunidan boshlanishi maqsadga muvofiq. Mushak tonusini pasaytiruvgi preparatlar 
(markaziy falajlarda) – melliktin, midokalm, baklofen, sirdalud.
TIZIMLI VASKULITLARDA ASAB TIZIMINI ZARARLANISHI 
Vaskulit termini shartli bo‘lib, tomirlar devorida nafaqat yallig‘lanish, balki 
distrofik va granulematoz o‘zgarishlar bo‘lib, ikkilamchi proliferativ va sklerotik 
jarayonlar bilan kechadi.
Etiologiya, patogenez, klassifikatsiya.
 
Tizimli allergik vaskulit-polietiologik 
kasallik bo‘lib, kelib chiqishida dori moddalar, infeksiya, viruslar, genetik moyillik 
katta ahamiyatga ega. Klinik kuzatuvlar tasdiqlashicha, ko‘pincha dori moddalar 
sabab bo‘ladi, ya’ni 1-o‘rinda antibiotiklar, tuberkulostatiklar. Bunda vaskulit 
rivojlanishida dori allergiyasi katta ahamiyatga ega bo‘lib, tizimli kasallikka olib 
keladi. Virusli kasalliklardan – gepatit V, oddiy gerpes virusi, SMV, qizamiq, epid 
parotit virusidan keyin vaskulitlar rivojlanadi.
Ba’zida bakterial infeksiya (streptokokk, stafilokokk, sil mikrobakteriyalari, 
rangpar trixenella, kandidozlar, rikketsiyalar) ham kasallik rivojlanishiga olib 
keladi. 
Tizimli vaskulitlar kelib chiqishida kasb kasalliklari ham ahamiyatga ega 
bo‘lib, bunda og‘ir metall tuzlari, kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan odamlarda 
uchraydi. Genetik moyillikda-tomirlar reaktivligiga immun nuqsonlar bo‘lishi asos 
bo‘lib, to‘qima antigenlarini (HLA-hyman leycocet antigen) bo‘lishi bilan 
namoyon bo‘ladi. Kuchli insolyatsiya, sovuq qotish, stress holatlari, jismoniy va 
ruhiy zo‘riqishlar provokatsiya etuvchi omillar bo‘lib hisoblanadi.
Quyidagi patogenetik omillar mavjud: 


 325
1. Kimyoviy substansiya yoki mikroorganizmlarni immun reaksiya 
ishtirokisiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siri; 
2. Yot antigen yoki autoantigenga hujayra yoki gumoral immun javobi; 
3. Tomir devorida sirkulyatsiyalanuvchi immun komplekslarni 
fiksatsiyalanishi (bu mexanizm asosiy hisoblanadi).
Tomirlar devorini immun zararlanishi mikrotsirkulyatsiyani buzilishiga olib 
kelib, qon reologik xususiyati o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bunda qon reologiyasida 
eritrotsit va trombotsit agregatsiyasi, giperkoagulyatsiya, tromboz va keyinchalik 
DVS sindromi rivojlanadi. Antigen – antitela reaksiyasida fagotsitoz aktivlanib, 
sensibilizatsiyalashgan limfotsitlar limfokinlarni ajratib, makrofaglarni 
migratsiyasini susaytiradi. Bu esa tomir devorini zararlab granulema va gigant 
hujayralar hosil qiladi. Hozirgi paytda vaskulitlar 2 guruhga bo‘linadi:
I. Birlamchi vaskulitlar:
1. Tugunchali periarterit (Kussmaul Meyer kasalligi) – yuqori tana harorati, 
ozib ketish, assimetrik polinevropatiya, nefrit, mushak, bo‘g‘imlarda og‘riq, 
tomirlar bo‘ylab tuguncha bilan xarakterlanadi.
2. Granulematoz angiit – (Vegener granulematozi) yarali-nekrotik va yiringli 
nekrotik rinosinusitlar, burun suyaklari destruksiyasi, bronxit, kaverna, nefrit bilan 
kechadi.
3. Obliteratsiyalanuvchi braxiotsefal arterit – (Takayasu kasalligi) bilak, 
yelka, uyqu arteriyalarida pulsni bo‘lmasligi bilan kechib, xushdan ketish, bosh 
aylanish, o‘tib ketuvchi parezlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
4. Chakka arteriti – (Xorton kasalligi) tez charchash, chakka sohasida kuchli 
og‘riqlar, bosh aylanish, ko‘rishni pasayishi, parez, nutq buzilishlari bilan kechadi.
5. Obliteratsiyalanuvchi trombangit – (Vinivarter-Byurger kasalligi) – o‘tib 
ketuvchi oqsoqlik, oyoqlarda gangrena, tromboflebit, infarkt bilan kechadi.
6. Gemorragik vaskulit – (Shenleyn-Genox kasalligi) – terida gemorragiyali 
toshmalar bo‘lib, poliartralgiya, nefrit, abdominal sindrom, meningoensefalopatiya 
bilan kechadi.
7. Trombotik mikroangiopatiya (Moshkovich kasalligi) – yuqori tana 
harorati, es-xush buzilishi, gemorragik sindrom, buyrak va jigar yetishmovchiligi 
bilan kechadi.
II. Ikkilamchi vaskulitlar:
1. Surunkali infeksiya o‘choqlarida yoki infeksion kasalliklarda – 
endokardit, sepsis, tuberkulyoz, sifilis, virusli infeksiya, virusli gepatit, VICh, 
gerpes, SMV da bo‘ladi.
2. Dori (zardob) kasalliklarida. 
3. Onkologik kasalliklarda. 
4. Kollagenozlar, biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va revmatizmda.
5. Parazitar kasalliklarda.
6. Kasb kasalliklari. 
Ikkilamchi tizimli vaskulitlarda ko‘pincha boshqa a’zolarga tarqamaydi va 
birlamchi infeksiya o‘chog‘i yo‘qotilsa kasallik tuzalishi mumkin.


 326
Kechuviga ko‘ra: o‘tkir, o‘tkir osti, retsedivlanuvchi, surunkali turi 
ajratiladi.
Klinik kechuviga ko‘ra: teri vaskuliti, o‘pka, yurak, oshqozon ichak tizimli 
vaskuliti, asab-mushak va periferik tomirlar vaskuliti.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish