Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Villiziy halqasi
hisobiga qon ikkala katta yarim sharlar 
o‘rtasida yon, old va orqa yo‘nalishlarda o‘zaro qayta taqsimlanadi. Orqa va 
oldingi qo‘shuvchi arteriyalar ichki uyqu arteriyasi va umurtqa arteriyasi 
tizimlarini o‘zaro birlashtirib turadi.
2. Ko‘z arteriyasi va yuza chakka arteriyasi (IUA basseyni) orasidagi 
kollaterallar.
Miya arteriyalarining chuqur shoxlari deyarli kollaterallarga ega emas. Bosh 
miya boshqa a’zolarga nisbatan kislorod va oziq moddalar yetishmovchiligiga 
yuqori sezgirligi bilan farq qiladi. Bajarayotgan faoliyatidan (jismoniy ish, aqliy 
faoliyat, uyqu, dam olish) qat’iy nazar miya qon va kislorod bilan bir maromda 
ta’minlanishi kerak. Bu holat miyani qon bilan ta’minlanishini o‘z-o‘zidan 
boshqaruvchi tizim va neyrogumoral faktorlar hisobiga amalga oshiriladi. Qon 
tomirlar devorining qon bosimini o‘zgarishiga reaksiyasi AB oshganda ularning 
qisqarishi va AB pasayganda qon tomir devorlarining kengayishi bilan namoyon 
bo‘ladi.
Bosh miyada qon aylanishini boshqarishda, shubhasiz, qon ximizmining, 
xususan, qonning gaz tarkibini o‘zgarishiga nisbatan qon tomir devorlari tonu-
sining o‘zgarishi ahamiyatli. Bosh miyada qon aylanishiga kislorod va karbonat 
angidrid umuman qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Agar arterial qonda kislorod kam 
bo‘lsa, miya qon tomirlarini kengayishi kuzatiladi. Giperoksigenatsiyaga javoban 
esa miya qon tomirlari torayadi. SO
2
gazini arterial qonda kamayishi qon 
tomirlarini torayishiga va miyada qon aylanishining pasayishiga olib keladi. 
Giperkapniya eng asosiy qon tomirlarni kengaytiruvchi omil hisoblanadi.
Xavf omillari, etiologiya va patogenezi.
Serebrovaskulyar kasalliklar zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammola-
ridan biri hisoblanadi. VOZ ma’lumotlariga ko‘ra, bosh miyaning qon-tomir 
kasalliklaridan kelib chiqadigan o‘lim holatlari yurak kasalliklaridan va yomon 
sifatli o‘smalardan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Serebrovaskulyar kasalliklarning 
keng ko‘lamda tarqalishi, mehnatga loyiq yoshdagi kishilarda o‘lim va nogironlik 
foizlarining yuqori bo‘lishi, bu muammoni dolzarbligi va katta tibbiy-ijtimoiy 
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Asosida qon-tomir tizimining patologiyasi va bosh miyada qon aylanishing 
buzilishi yotuvchi MNSning zararlanishlari bosh miya qon tomir kasalliklari 
deyiladi. 
Serebrovaskulyar kasalliklarining kelib chiqishida 
xavf omillari
ahamiyatli.
Hozirda ularni ikki katta guruhga bo‘lish qabul qilingan: 
1) 
Ekzogen; 
va 2) 
Endogen.
Xavf omillari qon tomir kasalliklarini sababi bo‘lib hisoblanmasada, u yoki 
bu serebrovaskulyar patologiyani rivojlanishiga moyillik yaratadi.


 306
Ekzogen omillarga emotsional zo‘riqish, gipodinamiya, ko‘p miqdorda 
ovqatlanish, zararli odatlar kiradi.
Hozirgi zamonda psixoemotsional zo‘riqishni ahamiyati tobora o‘sib 
bormoqda, bu hayot tarzi, urbanizatsiya, informatsion zo‘riqishlar bilan 
tushuntiriladi. Salbiy emotsiyalar natijasida hosil bo‘ladigan turg‘un qo‘zg‘alish 
o‘chog‘ini hosil bo‘lishi, arterial qon bosimini oshishiga olib keladi.
Gipodinamiya serebral tomirlarning reaktivligi va tonusining o‘zgarishiga 
ta’sir qilib, arterial va venoz gipotoniyaga sabab bo‘lib, bosh miya qon tomir 
kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Ko‘p ovqat, ayniqsa yog‘li mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, yog‘ 
almashinuvining buzilishiga, bu esa o‘z navbatida qonning qayta taqsimlanishi va 
miyada qon aylanishini buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Chekish va alkogol ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish, kabi zararli odatlar 
serebrovaskulyar kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi, miya infarkti ko‘p 
hollarda zararli odatlari bor insonlarda uchrashi isbotlangan. Undan tashqari, 
ularda xolesterin va fibrinogen miqdori oshadi, trombotsitlar agregatsiyasi ham 
kuchayadi.
Endogen xavf omillariga
irsiy moyillik, arterial distoniya va gipertenziya, 
giperxolesterinemiya va semizlik kiradi. Irsiy moyilligi bor shaxslarda 
serebrovaskulyar patologiya ancha ertaroq boshlanishi va og‘irroq kechishi 
aniqlandi. Bu shaxslar meteofaktorlarga sezgir va tashqi muhitni salbiy ta’siriga 
beriluvchan bo‘ladilar. 
Ateroskleroz rivojlanishida yog‘ almashinuvining buzilishi katta 
ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda Fredriksonning giperlipoproteinemiya (GLP) 
turini aniqlashda qo‘l keluvchi klassifikatsiyasi qabul qilingan.
β
–LP va pre-
β
–LP, triglitseridlar va xolesterinning to‘planishiga bog‘liq 
holda 5 tipdagi GLP ajratiladi.
1-tip 
– xilomikronlarning kattalashuvi bilan xarakterlanadi.
2-A tip 
– lipoproteidlar fraktsiyasining yig‘indisi va xolesterinning sezilarli 
ko‘payishi bilan xarakterlanadi.
2-B tip 
– LP, triglitseridlar va xolesterin miqdorining ortishi bilan 
xarakterlanadi.
3-tip 
– 
β
-LP, pre-
β
-LP va triglitseridlar hamda xolesterin miqdorining ortishi 
bilan xarakterlanadi.
4-tip 
– 
β
-LP va xolesterin miqdori normal bo‘lgan holda, trigletsiridlarning 
miqdorini oshishi bilan xarakterlanadi.
5-tip 
– xilomikronlar va trigletsiridlar miqdorining ortishi bilan 
xarakterlanadi.

Serebrovaskulyar kasalliklarning etiologiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. 


Sabablaridan birinchi o‘rinda gipertoniya kasalligi, ateroskleroz va ularni 
birgalikda uchrashi turadi. Oxirgi vaqtda birlamchi va ikkilamchi vaskulitlarning 
tserebrovaskulyar kasalliklar kelib chiqishida katta ahamiyatga ega ekanligi tan 
olinmoqda. 


 307
Nerv tizimi qon tomir kasalliklar hozirgi kunda sivilizatsiya kasalligi 
hisoblanmoqda, ko‘pchilik olimlar bularning o‘sishiga sabab ekologiya va ishlab 
chiqarishni salbiy ta’sirlari bilan bog‘lamoqdalar. Ishlab chiqarishdagi zararli 
omillarga fizik ta’sirotlar (vibratsiya, sovuq olish, radiatsiya, o‘ta yuqori chastotali 
to‘lqinlar) ni ham kiritish lozim, bu omillar ham asab tizimi qon tomir kasalligini 
keltirib chiqarishi mumkin.
Serebrovaskulyar kasalliklar yurak patologiyasi (miokard infarkti, 
kardioskleroz, yurak nuqsonlari), qon kasalliklari (Verlgof kasalligi, leykoz, 
politsitemiya) tufayli kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari bosh miya qon tomir 
kasalliklariga bosh miya jarohati (masalan: subaraxnoidal qon quyilishi), miya 
tomirlari anomaliyasi (anevrizmalar, arteriovenoz malformatsiyalar) ham sabab 
bo‘lishi mumkin. Bolalar va o‘smirlarda serebrovaskulyar kasallik rivojlanishiga 
arterial gipertoniya, vegeto-tomir distoniyasi, vaskulitlar, yurak patologiyasi, 
tug‘ma va orttirilgan bosh miya jarohatlari va anevrizmalar sabab bo‘la oladi. 
Turli xil etiologik omillar miyada qon aylanishining buzilishiga olib kelishi 
natijasida miya to‘qimasida gipoksiya rivojlanadi. Gipoksiya o‘tkir yoki asta-sekin 
rivojlanishi mumkin. Miyada qon aylanishining 1,5 minutga to‘xtashi es-hushning 
yo‘qolishiga olib keladi, 3 minutdan keyin esa miya po‘stlog‘i hujayralarida 
tarkibiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va 6 minutdan keyin esa ular halok 
bo‘ladi. Shunday qilib, tomir patologiyasida bosh miya to‘qimasining zararlanishi 
har doim ikkilamchi bo‘lib, uning asosida miya to‘qimasining asta-sekinlik bilan 
yoki o‘tkir rivojlanuvchi gipoksiyasi yotadi.
Serebral qon aylanishining buzilishida ko‘pgina patogenetik mexanizmlar 
sababchi bo‘lib, ulardan asosiylari quyidagilar:
1.
Tomirlar nerv regulyatsiyasini buzilishi arteriyalar yoki miya ichi 
tomirlarining turg‘un spazmi yoki dilyatatsiyasiga sabab bo‘ladi;
2.
Miyaning magistral tomirlaridagi morfologik o‘zgarishlar (okklyuziya, 
stenoz, tomir rivojlanishidagi nuqsonlar). 
3.
Umumiy gemodinamikaning buzilishi (yurak patologiyasi, hushdan 
ketish, shok va boshqalar).
4.
Qon reologik xususiyatlarining o‘zgarishi, DVS – sindromi. 
5.
Tromb yoki embol bilan tomirlarning tiqilib qolishi (zararlangan 
yurakdan-yurak nuqsonlarida, infarktida, yurak ritmining o‘zgarishi va 
boshqalarda). 
6.
Kollateral qon aylanishning yetishmovchiligi.
7.
Mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish