Ildizcha – spinal sindromlar
Bel umurtqalararo disklarning churralari bilan ildizchalar yoki ildizchali-
spinal arteriyalarni kompressiyasi natijasida rivojlanadi. “Paralitik ishias”,
epikonus, konus va ot dumi sindromlari bilan kechadi. Bunday hollarda klinikada
harakat va kuchsiz yoki o‘rta rivojlangan og‘riq fonida sezgi buzilishlari kuzatiladi.
Ko‘pincha chanoq a’zolari funksiyasini buzilishi kuzatiladi.
Tashhis.
Umurtqa pog‘onasi osteoxodrozini nevrologik ko‘rinishlarini
tashhisida an’anaviy rentgenologik tekshiruv usullari (umurtqa pog‘onasini 2
proyeksiyadagi rentgenografiyasi), kontrast usullar (pastga tushuvchi miyelogra-
fiya, diskografiya, pnevmoensefalografiya) qo‘llaniladi. Lekin birinchilari
yetarlicha axborot bermaydi va faqat suyak patologiyasini aniqlashga yordam
beradi. Ikkinchilari esa o‘ta invaziv bo‘lgani uchun asorat berishi mumkin. Shu
sababli oxirgi paytlarda vertebrogen patologiyani diagnostikasida birinchi o‘ringa
kompyuter tomografiya va magnit-rezonans kabi informativ va noinvaziv usullari
qo‘llaniladi. Ko‘pincha klinik manzara darajalari va umurtqa pog‘onasidagi
rentgenologik o‘zgarishlar orasida aniq parallelizm bo‘lmaydi. Ko‘pincha ildizcha
sindromi aniq bo‘lganda, rentgenologik o‘zgarishlar bo‘lmaydi va aksincha
“nohosdan” tekshiruv o‘tkazilganda umurtqalararo disk churrasi aniqlaniladi.
Davolash.
Kasallikning o‘tkir davrida bemorni maksimal ravishda tinchlik
bilan ta’minlash kerak. Yotog‘i yetarlicha qattiq bo‘lishi kerak (tagiga taxta
qo‘yiladi). Og‘riq kamayganda korset yoki maxsus kamar taqib yurishga ruxsat
etiladi. Og‘riq sindromini to‘xtatish uchun og‘riqsizlantiruvchi aralashma
qo‘llaniladi. Xlor etil bilan paravertebral sohaga ishlov berish. Shu maqsadda m/o
50% analgin (2,0 ml) eritmasi, reopirin (5,0 ml) yoki baralgin (5,0 ml) qo‘llaniladi.
Reflektor mushak spazmlarida ayniqsa paravertebral og‘riq nuqtalarida novokainli
blokada (0,5% - 40-50 ml) gidrokortizon (50-75 ml) vit. V 12 (400-1000 mkg)
bilan birgalikda amalga oshiriladi. Agar og‘riqlar simpatalgik xarakterga
(kechqurun kuchaysa) ega bo‘lsa bu vositalarga aminazin, gangleron yoki
platifillin qo‘shiladi. Novokainli, trimekainli va lidokainli blokadalar davomli
ta’sirga ega.
Og‘riq sindromini olish uchun ancha intensiv ta’sirga ega bo‘lgan umumiy
og‘riqsizlantirish usuli qo‘llaniladi. Analgetik va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega
bo‘lgan ksefokam samarali preparat hisoblanib, uning asosida erkin radikallarni
so‘nishi va prostoglandinlar sintezini pasayishi yotadi. Sutkalik dozasi-8 mg
300
kuniga 2 marta (zaruriyat bo‘lganda dozani 32 mg gacha oshirish mumkin), keyin
4 mg ga kamaytiriladi kuniga 3 marta; 4 mg dan kuniga 2 marta. Mushak orasiga
kokteyl yuborish yaxshi samara beradi: 2,0 ml 50% analgin+1,0 ml 1% dimedrol
eritmasi,+500 gr vit V12+2,0 ml no-shpa. Ildizchada shishni kamaytirish uchun
degidratasiyalovchi dorilar (furosemid, gipotiazid, diakarb) qo‘llaniladi, yaqqol
og‘riq sindromida laziks parenteral tayinlanadi.
Vertebrogen asoratlarni davolash uchun fizioterapiya usullari keng
qo‘llaniladi, ya’ni patologik jarayonga elektr, nur, magnit, traksion, reflektor ta’sir
ko‘rsatish.
O‘tkir davrda dinamik tok yoki Bernar toki, sinusoidal – modelirlangan tok
(SMT), ultrabinafsha nurlanish (UFO), ultra yuqori chastotali tok (UVCh) va
eritma dozasida Kvars qo‘llaniladi.
O‘tkir osti davrida novokainli elektroforez, anestezin yoki gidrokortizonli
ultra tovush, mikroto‘lqinli terapiya, magnit terapiya, lazer terapiya,
iglorefleksoterapiya qo‘llaniladi.
Kuchli og‘riqlar kamaygandan so‘ng va qo‘pol harakat buzilishlari
bo‘lmaganda quruq yoki suv osti tortilishi yaxshi yordam beradi (iliq suvda
mushaklarni yaxshi bo‘shashishi ancha samaralidir).
Traksion terapiyadan oldin paravertebral mushaklardagi spazmni olish
uchun mushak tarangligini pasaytiruvchi preparatlar (baklofen, sirdalud)
tayinlanadi. Umurtqa pog‘onasining bel qismini tortib davolashda yuk 20-40 kg ni
tashkil eitishi kerak. Bo‘yin qismini tortishda esa ehtiyotkorlik zarur. Bunda
bemorni tana massasini, bo‘yin shaklini va bo‘yin mushaklari holatini e’tiborga
olish zarur.
Traksion terapiyaga ko‘rsatma bo‘lib, bo‘yin, ko‘krak va bel qismini turli
reflektor sindromlarini hamda ildizchali sindromlarini bo‘lishi hisoblanadi.
Traksion terapiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lib, umurtqa pog‘onasining chiqishlari,
sinishi, nuqsonlari, o‘smalari, sil spondiliti, Bexterev kasalligi, yaqqol
deformatsiyalovchi spondilit, miyelopatik ko‘rinishlar, umurtqa segmentlarida
noturg‘unligi hisoblanadi.
Kasallikning surunkali bosqichida balneologik mulojalar (radonli, sulfidli,
skipidarli, yodbromli vannalar) hamda issiq bilan davolash (parafin, ozkerit, loyli
applikasiyalar) tavsiya etiladi. Kombinirlashgan fizioterapevtik davo: galvan loy,
induktoelektroforez, elektr va yorug‘lik bilan davo balneoterapiya bilan birga
qo‘llanilishi nihoyat effektiv hisoblanadi. Disk churrasi bo‘lsa karinazin bilan
elektroforez qilish yaxshi terapetik effekt beradi.
Ancha keng ko‘rsatma bo‘lib, davolovchi jismoniy tarbiya va massajni turli
usullarini qo‘llash katta ahamiyatga ega. Periferik harakat buzilishlari
ko‘rinishidagi qoldiq asoratlarda falajlangan mushaklarini elektrostimulyasiyasi
hamda biostimulyatorlar, E guruh vitaminlari va mikrotsirkulyatsiyani
yaxshilovchi (aktovegin, trental) vositalar tavsiya etiladi.
Vertebrogen asoratlarni davolashda manual yoki jarrohlik davo qo‘llaniladi.
Lekin buni qo‘llashga ko‘rsatmani neyroxirurg aniqlashi lozim.
301
Do'stlaringiz bilan baham: |