318
Nodifferensial (bazis) terapiya MQAO‘Bning hamma shakllarida, ayniqsa,
tashhis MRT yoki KTda tasdiqlanmaganda qo‘llaniladi.
Nodifferensial (bazis) terapiya quyidagi asosiy printsiplar bo‘yicha
o‘tkaziladi.
1.
Hayotiy muhim a’zolar faoliyatini korrektsiyalash:
-
respirator yordam nafas yo‘llarini shilliqlardan, qusuq massalaridan
ozod qilish, nafasni olishni osonlashtirishga qaratilgan bo‘lib, bu tana holatini
o‘zgartirish, og‘iz va burun havo o‘tkazgichlaridan foydalanish, zarur paytlarda
intubatsiya qilish bilan ta’minlanadi.
-
yurak-qon tomir tizimini faoliyatini normallashtirishga qaratilgan
terapiya: AB tushganda (80/60dan past) kristalloid
yoki kolloid eritmalar
qo‘llaniladi – natriy xlorning izotonik eritmasi, poliglyukin, albumin
kortikosteroidlar bilan birga (prednizolon 120-150 mg, deksametazon 8-12 mg) va
vazopressorlar (dopamin-50 mg 250 ml izotonik eritmada, noradrenalin, mezaton).
AB past bo‘lganda miokard infarkti kelib chiqishi mumkin. AB yuqori bo‘lganda
uni boshlang‘ich ko‘rsatkichdan 25% ga kamaytirish mumkin (180mm sim.
ust.dan past emas). Dibazol (0,5% 5-10 ml parentral), rezerpin (0,25%-1,0 m/o)
benzogeksoniy (2%-1 ml), klofelin (0,01%-1 ml 10 ml fiz. suyuqlikda). To‘satdan
AB yuqori ko‘rsatkichlargacha oshsa, ganglioblokatorlardan pentamin (5%-0,5 20
ml fiz. eritmada v/i sekin) yoki nitroprussid natriy yuboriladi. Hamda miokard
qisqarish qobiliyatini oshiruvchi vositalar strofantin, korglikon (v/i fiz. suyuqlikda)
buyuriladi.
2. Kalla ichi bosimini oshishi va miya shishishi bilan kurash.
Degidratatsion terapiya o‘tkazish uchun saluretiklar (furosemid) va
osmodiuretiklardan (mannit) foydalaniladi.
3. Vazospazm bilan kurash. Bu maqsadda kaliy antogonistlari qo‘llaniladi
(nimodipin, nimatop).
4. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash (reopoliglyukin, trental).
5. Gipoksiya bilan kurash (antigipoksantlar).
6. Miya metabolizmini yaxshilash (serebrolizin, nootropil, piratsetam).
7. Suv-elektrolit balansi va kislota-ishqor
muvozanatini ushlab turish
(ayniqsa, xushsiz bo‘lgan shaxslarda). Bu maqsadda elektrolitlar yuboriladi.
(fiz.eritma, Ringer eritmasi, kaliy xlor – sutkasiga 3 g gacha).
8. Gipertermiya bilan kurash – yuqori haroratda litik aralashmalar buyuriladi
(masalan: analgin, promedol, pipolfen yoki analgin, novokain, dimedrol) magistral
tomirlarga muzli xaltachalar qo‘yiladi, suv-spirtli eritma bilan artish mumkin.
MQAO‘B ni differensiallashgan terapiyasi uning xarakteriga bog‘liq. VOZ
tavsiyasiga ko‘ra tashhis MRT yoki KT ma’lumotlari bilan tasdiqlanmagan bo‘lsa,
bunday davo o‘tkazilmaydi.
Ishemik insultni boshlang‘ich 3-6 soatlarida (“terapevtik oyna”),
nekroz
o‘chog‘i atrofida “yarim soya”ni hosil qiluvchi neyronlar o‘limi oldini olish
mumkin. Bu maqsadda okklyuziyalangan tomirlar o‘tkazuvchanligini yaxshilovchi
fibrinolitiklar va neyroprotektor vositalar qo‘llaniladi. Tromboz yoki
emboliyalarda to‘qima plazminogenining reaktivatorlari (plazma 100-150 ml) va
319
geparinoterapiya (10000 ED sutkada perfuzor orqali yoki 25000 ED qorin terisi
ostiga kuniga 4-6 mahal) qo‘llaniladi. Bevosita ta’sir etuvchi antikoagulyantlar
(fenilin–0,03 sutkasiga 2-3 mahal, sinkumar – 8-16 mg/sutkasiga 3-4 hafta
davomida) antiagregantlar (trental-200mg v/i tomchilab 200 ml fiz.eritmada
sutkasiga 2 mahal). Reomakrodeks va reopoliglyukin yordamida gemodilyutsiya
o‘tkaziladi (400 ml v/i
tomchilab
№
5), sinnarizin (stugeron) buyuriladi-3 ml v/i.
Papaverin va eufillinni qo‘llash hamon munozarali savol bo‘lib qolmoqda.
Shu isbotlandiki, bu preparatlar intakt qon tomirlarga ta’sir qilib, ularni
kengaytiradi va miya ichida qonni qayta taqsimlanish sindromiga olib keladi.
Boshqa fikrga qaraganda, papaverin insultning boshlang‘ich 3 kunida zararlangan
tomirlarga ta’sir qilmaydi, eufillin esa miya to‘qimasiga metabolik ta’sir ko‘rsatadi
va 30% bemorlarda “qayta taqsimlanish” fenomeni kuzatiladi.
Nerv to‘qimasida moddalar almashinuvini yaxshilash uchun v/i ga
piratsetam qo‘llaniladi (nootropil) 20%-10,0, serebrolizin 10-30 ml
№
10 (tomir
preparatlarini tomchilab yuborgandan keyin). Shu maqsadda glitsin aminokislotasi
ham tavsiya etiladi (10 tab) sutkasiga 1-2 mahal (5 kun davomida) insultning o‘tkir
davrida til ostiga qo‘yiladi. Glitsin umum miya va o‘choqli
nevrologik belgilarni
anchagina kamaytirib, xush buzilishi belgilarini orqaga qaytishini tezlashtiradi.
Korteksinni qo‘llaganda (20 mg. m/o fiz.eritmada
№
10) tomir devori
endoteliysi zararlanishi va neyronlar autoimmun agressiyasi kamayishi hisobiga,
ishemiyalashgan penumbra sohasida neyronlar saqlanib qoladi. Shu sababli
korteksin antiapoptoz ta’sir ko‘rsatadi deb hisoblash mumkin. (Gerasimova M.M.
2003).
Kalsiy antagonistlari – nimotop-60 mg kuniga 3-4 mahal (2-3 oy), korinfar-
10-20 mg kuniga 3 mahal til ostiga, finoptin (izoptin) – sutkasiga 40-80 mg
(davolash kursi 2 oydan 6 oygacha).
Gipoksiya protektorlari – miya strukturasiga
gipoksiyaning zararlovchi
ta’sirini kamaytiradi.
Antigipoksant sifatida aktovegin yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Bu preparat
gipoksiya va ishemiya sharoitida tirik hujayralar kislorod va glyukozani
o‘zlashtirishini kuchaytiradi va shu bilan nerv to‘qimasida mikrotsirkulyatsiya va
metabolizmni yaxshilaydi.
Ishemik insultni o‘tkir davrida aktovegin v/i 250-500 ml (1000-2000 mg)
tomchilab har kuni yoki 1 haftada 2-3 marta 2-3 hafta davomida buyuriladi.
Komada esa kuniga 2 marta. Miyani gipoksiyadan himoya qilish uchun
baroterapiya katta bo‘lmagan bosim ostida (1,1-1,2 atmosfera) 4-7 kun davomida
(qisqa kurs) qo‘llaniladi.
Bosh miya metobolizmi va qon aylanishining aktivatori bo‘lib, instenon
(Nicomed)
hisoblanadi, u ishemik insultning o‘tkir bosqichida 1-2 ampuladan (2-4
ml) 5% li glyukoza yoki fiz. eritmada kuniga 2 mahal 5-7 kun davomida yoki
bemorning ahvoli yaxshilangunga qadar tavsiya etiladi. Ishemik insultda yotoq
rejimi 2 haftadan oshmasligi kerak.
Gemorragik insultda 3 hafta davomida qat’iy yotoq rejimi muhim, ayniqsa,
subaraxnoidal qon quyilgan bemorlarga maksimal tinchlik saqlash, (mustaqil
320
o‘tirish, o‘rinda ag‘darilish mumkin emas) defekatsiya paytida kuchanishni
kamaytirish uchun surgi vositalar buyuriladi, psixomotor qo‘zg‘alishni yo‘qotish
uchun (seduksen – 0,5% 2-4 ml, oksibutarat natriy – 20% 5-6 ml v/i) qo‘llaniladi.
Gemostatik maqsadda aminokapron kislotasi 5%-100,0 v/i
tomchilab,
keyinchalik har 4 soatda 1,0dan ichish uchun 10 kun davomida beriladi.
DVS – sindromni oldini olish uchun v/i tomchilab ferment preparatlari
buyuriladi: gordoks (300000 Ed sutkasiga 4 mahal 5 kun davomida), kontrikal,
trasilol (25000-50000 Ed sutkasiga 2 mahal 7-10 kun davomida).
Ditsinon (250 mg kuniga 4 mahal parenteral) qon tomir o‘tkazuvchanligini
pasaytiradi, qon oqish vaqtini kamaytiradi. Mikrotsirkulyatsiyani yaxshilash uchun
kichik dozalarda reopoliglyukin buyuriladi.
Insultning 3-5 kunlarida qon parchalanishi mahsulotlari chaqirgan
ikkilamchi angiospazmni yo‘qotuvchi preparatlar kiritiladi; bu rezerpin 0,1%-1,0
m/o, lidokain 2%-2,0 v/i tomchilab 5% glyukozada, nimodipin–40-60
mg kuniga
3-4 mahal.
Gemorragik insultni ixtisoslashgan muassasalarda xirurgik yo‘l bilan ham
davolash mumkin (2 chi sutkalarda). Neyroxirurgik aralashuvga qarshi
ko‘rsatmalar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: