O’QUV-USLUBIY MAJMUA FIZIKA
––––––––––––––––––––––––––––––{ 363 }––––––––––––––––––––––––––––––
Suv yoki gazga qo‘shilgan istalgan qattiq modda zarrachalarining o‘lchami taxminan
1
mkm ga yaqin bo‘lganda Broun harakati yaqqol kuzatilgan. Teperatura oshishi bilan Broun
harakati jadalligi ortaborgan.
O‘z vaqtida Broun o‘zi kuzatgan zarrachalarning tartibsiz harakatini tushuntirib bera
olmagan. Bu tajribalar kuzatilgandan 70-80 yillar o‘tgandan
so‘ng, bu hodisa sababi aniqlangan. Issiqlik natijasida uzluksiz va tartibsiz harakatlanuvchi
suyuqlik molekulalari qattiq jism zarrachalariga hamma tomondan kelib urilgan va ularni
tartibsiz harakatga keltirgan. Jism zarrachalari massasi qanchalik kichik bo‘lsa, tartibsiz
harakat jadalligi shuncha oshgan.
Diffuziya hodisasi gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda kuzatiladi. Xona eshigi oldiga hidli
modda qo‘yilsa (ma’lum tarafga yo‘nalgan havo oqimi yo‘qligida) bir necha daqiqadan
so‘ng xona ichkarisida hidni sezish mumkin.
Stakanga suv solib, ustiga bir necha tomchi boshqa rangli suyuqlik tomizilsa, bu rangli
suyuqlikning vaqt o‘tishi bilan tarqalishini kuzatishimiz mumkin. Modda molekulalarining
uzluksiz tartibsiz issiqlik harakatini yodga olsak, diffuziya hodisasi sababini shunday
tushuntirish mumkin: stakandagi suv sirtidagi rangli suyuqlik kontsentratsiyasi stakan tubiga
nisbatan juda kattadir, ya’ni shu masofada rangli suyuqlik kontsetratsiyalari farqi
molekulalarning tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Xona eshigi oldi bilan xona ichkarisidagi masofada ham o‘tkir hidli modda molekulalari
kontsentratsiyalarining farqi mavjud. Ana shu, molekulalar kontsentratsiyalari gradienti
barcha tarafda ehtimolligi bir xil bo‘lgan molekulalarning tartibsiz harakatini kontsentratsiya
gradientiga teskari tarafga yo‘naltirishga majbur etadi. Ya’ni, modda molekulalari
kontsentratsiyasi ko‘p tarafdan kam tarafga betartib harakatlarini davom etdiradilar.
Demak, diffuziya xodisasi ham molekulyar-kinetik nazariyaning
asosi bo‘lgan uzluksiz tartibsiz harakat mavjudligini isbotlaydi.
Shtern tajribasi – gaz molekulalarining issiqlik harakati tezliklari bo‘yicha taqsimlanishni
isbotlaydi.
Shtern o‘z tajribasida, tirqishli A tsilindrning o‘qi bo‘ylab tarang tortilgan, kumush bilan
qoplangan plastinali simni oladi (
4 - rasm
). Plastinali simdan tok o‘tganda yuqori
temperaturagacha qizib, kumush molekulalarini bug‘lantiradi. Simdan uchib chiqayotgan
kumush molekulalari asosan A tsilindrning ichki sirtida ushlanib qoladi. Faqat bu sirtdagi
perpendikulyar tirqishga to‘g‘ri keluvchi molekulalargina undan chiqib, B tsilindr sirtining
M nuqtasida yig‘ilib, qatlam hosil qiladi. Bu qatlamning ko‘ndalang kesimi 1b – rasmda
ko‘rsatilgan. Bu qatlam qancha ingichga bo‘lsa, molekulalar harakat tezliklarini shuncha
aniq o‘lchash mumkinligi aniqlangan.
Butun qurilma 0 o‘q atrofida
burchak tezlik bilan harakatga keltirilganda, kumush
iz B tsilindr sirtining K nuqtasi atrofida hosil bo‘ladi,
4-rasm. Shtern qurilmasining ko‘rinishi
chunki t vaqt ichida molekulalar r – masofani bosib o‘tguncha sirtning nuqtalari
masofaga siljishga ulguradi.
Kumush molekulalarining
tezligini quyidagi yo‘l bilan topish mumkin. Molekulalarning 0
o‘qdagi r radiusli B tsilindr sirtiga kelishdagi harakat vaqti
КМ
Do'stlaringiz bilan baham: |