bu usulda sug’orish samaradorligi past bo’lib uni qo’llash
ayrim suv
iste’molchilarida suvni tejashni rag’batlantirmaydi. Badalni to’lab qo’ygach suv
iste’molchiga xoxlagan hajmda suv ishlatish imkoniyati tug’iladi. Bu usulning
qo’llanishiga sabab SIU larda suv o’lchaydigan jixozlarni mavjud emasligi,
ikkinchi tomondan esa IXB ni hisoblashning osonligidir.
2. Ekin turiga asoslangan to’lov
sug’oriladigan yerni har gektaridan
olinadigan o’zgaruvchan to’lovdir bu ekinlarning
turidan kelib chiqqan holda
olinadigan to’lov hisoblanadi. Bunda ekin turi va sug’oriladigan maydon olingan
suv hajmi uchun asos bo’lib xizmat qilsada, to’lov amalda olingan suv mitkdoriga
bog’lik emas. To’lov miqdorining turli ekinlar uchun har-xilligi fermerlarning ekin
tanlash imkoniyatiga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bu fermerlarDa sug’orishni
takomillashtirish yoki qo’shimcha sarmoya jalb qilish orkili suvni tejash usullarini
joriy qilishga qiziqish uyg’otmaydi. Ekin turiga asoslangan to’lovni joriy qilish har
bir fermer tanlagan ekinni joylashtirish tizimini biriktirilgan mirob tomonidan har
faslda baxolanishini talab kiladi. Bu odatda ko’p mexnat talab kiladigan jarayondir.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarda sun’iy yuldosh tomonidan olingan suratlar
suvni yetkazib beruvchi tashkilotlarni bunday usulni qo’llash imkoniyatini
yaxshilagan.
3.
Suv hajmiga asoslangan to’lov
2 xil bo’lishi mumkin: o’zgarmas va
o’zgaruvchan. O’zgarmas to’lov suvning ulchov birligiga nisbatan qat’iy
belgilangan to’lov bo’lib IXB to’g’ridan-to’g’ri va
bevosta olingan suv hajmiga
bog’lik. O’zgaruvchan to’lovni IXB miqdori suvning ulchov birligiga nisbatan
o’zgaruvchan bo’lib, bunda to’lov olingan suv hajmiga bog’lik, ammo to’g’ridan-
to’g’ri emas. Masalan, suvning ma’lum hajmi har bir gektarga arzonroq narxda
yetkazib beriladi. Agar ko’proq suv olinadigan bo’lsa, unga yuqoriroq narx
belgilanishi mumkin. Narx belgilashning bu shakli suvni tejashga turtki bo’ladi.
Yuqorida qayd etilgan maydonga asoslangan hamda
ekin turiga asoslangan
usullarga suvni tejashga rag’bat yo’q. Bu usul sug’orilagigan qishloq xo’jaligida
uncha keng tarqalmagan, chunki rivojlanayotgan mamlakatlarda sug’orish
tarmoqlari ochiq bo’lib, suv doimiy ravishda oqib turadi. Bunday sug’orish
tarmoqlari va uni boshqarish odatda fermerlarga suvni aloxida o’lchab berish
imkonini bermaydi. Bu usulning yana bir kamchiligi shundan iboratki, olingan suv
hajmi davrlar bo’yicha sezilarli darajada farq qilishi mumkin va shu bois daramod
oqimlarini oldindan rejalashtirish juda qiyindir.
Nasosli sug’orish tizimlarida IXB.
O’zbekiston yerlarining taxminan 50%
nasoslar yordamida sug’oriladi. Nasos stansiyalaridan foydalanish va ularga xizmat
ko’rsatish elektr energiyasi/yoqilg’i uchun qo’shimcha mablag’larni talab qiladi.
Ayrim hududlarda
shirkatlar tugatilgach, uchinchi darajali kanaldagi nasoslar
fermerlar irrigatsiya xizmati badaliiyoriga o’tkazildi. Natijada bu nasoslardan
foydalanuvchi fermerlarning xarajatlari ko’paydi. Bir qator SIU lar borki,
ularga
a’zo ayrim fermerlar sug’orishda nasosdan foydalanmaydilar, ayrimlari esa nasos
yordamida sug’oradilar. Ba’zi hududlarda SIU umumiy yig’ilishi qaroriga ko’ra,
nasos yordamida ekinni sug’oruvchi fermerlar boshqa fermerlarga nisbatan 20 –
30% kamroq badal to’laydilar, biroq ayrim SIU larda suv iste’molchilari sug’orish
usulidan qat’iy nazar bir xil IXB to’laydilar. Yuqorida zikr etilganidek, har bir SIU
ning umumiy yig’ilishi maxallliy vaziyatlardan kelib chiqqan holda IXB ni
belgilash bo’yicha bir qarorga kelishi kerak.
IXBni hisoblashnining yeng oddiy va keng tarqalgan usuli maydonga
asoslangan usul bo’lib, u quyidagicha tavsiflanadi:
Misol:
SIUning jami yillik xarajati – 60 000 000 so’m
SIUning umumiy sug’oriladigan maydoni – 4 000 ga
Fermerning yer maydoni – 15 ga
IXB=60 000 000 / 4 000ga = 15 000 so’m/ga
Har bir gektardan olinadigan IXB = Jami yillik xarajatlar /
SIUning jami sug’oriladigan maydoni.
Har bir fermer uchun IXB miqdori = Har bir gektardan olinadigan
* Fermerning sug’oriladigan yer maydoni.
Demak har bir gektardan olinadigan IXB 5 000 so’mga teng
Fermerning jami IXB miqdori = 15 000*15ga=225 000 so’m
A’zo va a’zo bo’lmagan suvdan
foydalanuvchilar uchun IXB
.
SIU ga
hamma suv iste’molchisi ham a’zo bo’lmasligi mumkin. Odatda SIU a’zolari SIU
ga suv yetkazib berish va taqsimlash uchun a’zo bo’lmaganlarga nisbatan 20-50%
kamroq haq to’laydi. Shunday qilib, SIUga a’zo bo’lishni ko’pgina afzalliklari bor.
SIUning har bir dehqon va tomorqa xo’jalik egalari bilan shartnoma tuzish
imkoniyati chegaralangan, chunki O’zbekistonning aksariyat hududida bunday
maydonlar soni juda ko’p va ularning hajmi kichik.
Shu bois SIU ga bir kanal
atrofida joylashgan dehqon, tomorqa xo’jaligi va bog’ egalari birlashtiruvchi
guruxlar Bilan shartnoma tuzish tavsiya etiladi. Ayrim hollarda bu qishloq,
maxalla yoki fuqarolar yig’ini bo’lishi mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: