Mavzu: Suv iste’molchilari uyushmalarning suv iste’molchilari bilan
o‘zaro hisob – kitoblari hisobi
Reja:
Kirish
1.
Suv iste’molchilari uyushmalarida buxgalteriya xisobini tashkil etish.
2.
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari bilan o’zaro
hisob-kitoblar hisobi
3.
Suv iste’molchilari uyushmalarining suv iste’molchilari bilan o’zaro
hisob-kitob muomalalari.
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya
qilish sharoitida mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror sur’atlar bilan o‘sishi va
makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlab, mamlakatimizning ichki imkoniyatlari
asosida qishloq va suv xo’jaligi sohasida suv va suv resurslaridan foydalanish
bo’yicha ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, suv xo‘jaligini isloh qilish
jarayoni uch yo‘nalishda amalga oshirildi.
Birinchi yo‘nalish — qayta tashkil etilgan xo‘jaliklarda xo‘jaliklar ichida
suv resurslarini boshqarishni kuchaytirish maqsadida Suv foydalanuvchilar
uyushmalarini (hozirda suv iste’molchilari uyushmalari) tashkil etilishi.
Ikkinchi yo‘nalish — moddiy va ma’naviy eskirgan suv xo‘jaligi
ob’ektlarini modernizatsiya qilish.
Uchinchi yo‘nalish — SIUlar boshqaruvning yuqori iyerarxiya bilan o‘zaro
munosabatlarini muvofiqlashtirish maqsadida respublika suv xo‘jaligi
boshqaruvida islohotlar olib borildi. Buning natijasida O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi «Suv resurslarini boshqarishni
tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori bilan respublikamizda
irrigatsiya tizimlarini boshqarish ma’muriy-hududiy usulidan havza tamoyiliga
o‘tkazildi. Ya’ni, O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O’zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv xo‘jaligi vazirligining mavjud suv xo‘jaligi tashkilotlari va xizmatlari
tuzilmalari hamda uning hududiy bo‘linmalari negizida:
Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Norin-Sirdaryo
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Sirdaryo-So‘x irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmasi; Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Chirchiq-
Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Amu-Surxon irrigatsiya
tizimlari havza boshqarmasi; Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza
boshqarmasi; Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Quyi
Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi; Zarafshon irrigatsiya tizimlari
havza boshqarmasi; Birlashgan dispetcherlik markaziga ega bo‘lgan Farg‘ona
vodiysi magistral kanallari tizimi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi
qabul qilindi
1
.
Shuningdek suv iste’molchilari uyushmalarining tashkil etilishi va faoliyat
yuritish tartibining quyidagi me’yoriy huquqiy asoslari qabul qilindi:
“Qishloq va suv xo’jaligida iqtisodiy islohotlar chuqurlashtirilganligi
munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 52-son
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori “Qishloq xo‘jaligi
korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2002 yil 5 yanvar, 8-son.
Mamlakatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish
tadbirlarining keng miqyosda amalga oshirilishi natijasida barcha sohalarda yuqori
o‘sishga erishildi. Jumladan, «… Ma’lumki, biz qishloq xo‘jaligini isloh etishda
sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yaxshilashga alohida e’tibor
bermoqdamiz. Bu vazifa eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib kelgan va
bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Chunki, qishloq xo‘jaligida ishlab
chiqarishning
samaradorligi,
mamlakatimizning
iqtisodiy
va
oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash, nafaqat qishloq mehnatkashlari, balki butun
O‘zbekistonimiz aholisining moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz
bo‘lgan yerimizning unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan
uzviy bog‘liqdir. O‘tgan davrda bu borada ko‘rilgan choralar natijasida 1 million
700 ming gektar sug‘oriladigan yerning meliorativ holati yaxshilandi. Bu jami ekin
ekiladigan maydonlarning yarmidan ziyodi demakdir. Ana shunday ishlar tufayli
sizot suvlari eng og‘ir darajada, ya’ni, 2 metrgacha yuzada joylashgan yerlar qariyb
500 ming gektarga yoki uchdan biriga kamaydi, kuchli va o‘rtacha sho‘rlangan
yerlar esa 100 ming gektarga yoki 12 foizga qisqardi. Melioratsiya tadbirlari
amalga oshirilgan ekin maydonlarida paxta hosildorligi gektariga o‘rtacha 2-3
1
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni
takomillashtirish to‘g‘risida” 2003 yil 21 iyul, 320-son
sentner, boshoqli don ekinlari bo‘yicha esa 3-4 sentnerga oshgani bu borada
erishgan eng muhim natijamizdir»
2
.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotning barcha tomonlarini izchil
isloh
etish
va
liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish
jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. "Mamlakatimizda chuqur
o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha tomonlarini izchil isloh
etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya
qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotning izchil
va barqaror rivojlanishini ta’minlashda kelgusi davr uchun puxta va har tomonlama
asoslangan chora-tadbirlar, muhim vazifa va yo‘nalishlar, turli darajalardagi
iqtisodiy taraqqiyot dasturlarning ishlab chiqilishi va aniq belgilab olinishi
muvaffaqiyat garovi hisoblanadi"
3
.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tilishi, iqtisodiyotni erkinlashtirish va
modernizatsiyalashtirish mamlakatimizda buxgalteriya hisobini takomillashtirishni
taqozo etadi. Tashkilotlarning modernizatsiyalashuvi, albatta, buxgalteriya hisobi
va audit sohalarini ham islox, qilinishini talab etadi. O’tgan yillar ichida
boshqaruvning ushbu vositalarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. Aynan shu yillar
ichida buxgalteriya hisobini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilindi va qator
me’yoriy-huquqiy xujjatlar yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |