3
Suv iste’molchilari uyushmalarining fermer xo’jaliklari bilan o’zaro
hisob-kitob muomalalari.
Suv iste’molchilari uyushmasi bilan suv iste’molchilari o‘rtasidagi
hisob-
kitob munosabatlari shartnomaviy xususiyaga ega bo‘lib, yil boshida Umumiy
yig‘ilish tomonidan belgilangan IXB miqdoridan kelib chiqqan holda
belgilanadigan shartnoma qiymatiga nisbatan belgilanadi.
IXB miqdori bo‘yicha har oy belgilangan summa yilliq IXB qiymatining
1/12 qismi miqdorida undirib boriladi.
SIU a’zolik badali. SIU Nizomida kirish va a’zolik badallarini to‘lash
nazarda tutilishi tavsiya qilinadi. SIU endigina tashkil etilganda, u har bir a’zodan
gektaridan 5-7 ming so‘m miqdorida dastlabki a’zolikka
kirish badalini, keyingi
yillar davomida esa bir yil uchun gektariga 5 ming so‘m miqdorida a’zolik badali
yig‘imini joriy qilishi kerak. Kirish badali SIU faoliyatining dastlabki bir necha
oylari davomida SIU xodimlariga beriladigan oylik maosh,
hamda Ekspluatatsion
va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplaydi.
Keyinchalik bu xarajatlar irrigatsiya xizmati uchun badallar hisobiga
qoplanadi. Keyingi yillar a’zolik badallarini SIU zahira jamg‘armasiga qo‘yish
lozim.
Irrigatsiya xizmati uchun badallarni maqsadi - sug‘orish va drenaj tizimini
Ekspluatatsion va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlarni,
oylik maoshni
to‘lash va SIUni boshqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni qoplashdan iborat.
Keyinchalik irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlar suv ta’minoti uchun
Irrigatsiya tizimi boshqarmasiga to‘lovlar qiymatini ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Bundan tashqari, irrigatsiya xizmati uchun to‘lov zahira jamg‘armasiga
o‘tkaziladigan pul mablag‘larini ham o‘z ichiga olishi mumkin. SIU a’zolari,
irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlar suv uchun to‘lov emasligini tushunishlari juda
muhim. SIU a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan to‘lovlar
esa ularning
sug‘orish va drenaj tizimini saqlash xarajatlarini qoplashdagi ulushidir.
To‘lov muvofiqligi omilidan foydalanish. Irrigatsiya xizmati ta’rifi
byudjetda ko‘rsatilgan xarajatlarga asoslangan holda hisoblanadi.
Irrigatsiya xizmati tarifini hisoblashda, SIU barcha a’zolari irrigatsiya
xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishlarini ko‘zda tutishlariga to‘g‘ri kelmaydi,
chunki SIU faoliyatining birinchi yillarida bu hol kamdan-kam uchraydi.
Shu
sababdan, irrigatsiya xizmati badali byudjetning yillik xarajatlariga va
irrigatsiya xizmati uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘lgan SIU a’zolari
foiziga asoslangan bo‘lishi kerak.
Yana bir juda ham muhim shart borki, u nima uchun SIU irrigatsiya xizmati
badalini iloji boricha real belgilash zarurligiga izoh beradi. Bu SIUning ushbu
to‘lovlarni yig‘ishda aniq bir samaradorlik darajasiga erishmasa, u o‘zining
sug‘orish va drenaj tizimini tiklash uchun grant
va qarz olish imkoniga ega
bo‘lmasligi bilan bog‘liq.
Badallar miqdori SIU a’zolariga osonlikcha tushunarli bo‘ladigan qilib
hisoblanishi kerak. Agar SIU a’zolari badal miqdorining asoslanganligini aniq
bilsalar, ularning to‘lovlarni amalga oshirish xohishlari oshadi. SIU faoliyatining
dastlabki yillarida odatda ushbu to‘lovlar miqdori etkazib
berilgan suv hajmiga
emas, balki gektar asosida belgilanadi, chunki hozirgi kunda suv o‘lchash
qurilmalari birinchi usulni qo‘llash imkonini bermaydi.
Dunyo tajribasida irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlarni yig‘ib olishni
quyidagi usullari qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: