Irrigatsiya xizmati uchun badallarni belgilashdagi cheklovlar
Irrigatsiya xizmati tarifini belgilashda, SIUning grant va hadiya olish kabi
manbaalari bilan qoplanadigan xarajatlarni irrigatsiya xizmati tarifiga kiritishga
yo‘l quymaslik kerak.
Irrigatsiya xizmati tarifini va irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlarni
yig‘ish usulini tasdiqlash.
Byudjet tasdiqlangandan so‘ng,
SIU Kengashi
irrigatsiya xizmati tarifi, to‘lovni amalga oshirmaganlik uchun jarima va ushbu
jarayonlarga tegishli choralar tizimi haqida takliflarni Umumiy Majlis tomonidan
ko‘rib chiqish uchun taqdim qiladi. Umumiy Majlis yuqorida keltirilgan irrigatsiya
xizmati uchun to‘lovlarni yig‘ish usullaridan birini ma’qullashi kerak. Umumiy
Majlisning barcha a’zolari irrigatsiya xizmati
uchun badallar nima uchun
zarurligini tushunishlari juda muhimdir. Aks holda, ular badal miqdorining
qanchalik real ekanligini bilmaydilar. Ular bu to‘lovlarni asoslanmagan deb
hisoblab, to‘lashdan bosh tortishlari mumkin. Shuningdek,
Umumiy Majlis
irrigatsiya xizmati uchun badalni to‘lashni amalga oshirish muddatini belgilashi
kerak.
Ushbu muddatlarni belgilash juda muhimdir, chunki u ekspluatatsion va
texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tadbirlarni boshqarish uchun mablag‘larning
mavjudligini aniqlashga yordam beradi, bundan tashqari bu muddatlar kelayotgan
yil uchun byudjetni tuzish va irrigatsiya xizmati badalini hisoblash uchun
muhimdir.
SIU
shartnomalari, a’zolar va suv berishni hisobini yuritish. O‘zbekiston
Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga asosan suv
iste’molchilari uyushmasi va uning xizmat ko‘rsatish zonasida joylashgan a’zolari,
shuningdek boshqa qishloq va suv xo‘jaligi organlari hamda o‘zga yuridik va
jismoniy shaxslar o‘rtasidagi suvga doir munosabatlar shartnoma asosida tartibga
solinadi. SIU suv etkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha a’zo va a’zo
bo‘lmagan suv iste’molchilari bilan, hamda maxallalar bilan ham shartnomalar
tuzishlari kerak
Suv iste’molchilarni qayd qilish tartibi. Suv iste’molchilarning
har yil
yangilanadigan nomi, yer maydoni, ushbu yerlarning joylashgan manzili,
yeregasi yoki ijarachining ismi ko‘rsatilgan, a’zolar ro‘yxati;
A’zolar ro‘yhatidagidek ma’lumotlar ko‘rsatilgan SIU a’zolari
bo‘lmaganlar ro‘yxati;
To‘lov bo‘yicha qarzdorlik, SIUga a’zolar va a’zo bo‘lmaganlarning aniq
to‘lovlari haqida qayd kitobi;
SIU xizmat ko‘rsatayotgan hudud haritasi;
Kuyidagi ma’lumot ko‘rsatilgan suv ta’minoti bo‘yicha hisobotlar: (1) ekin
maydoni, (2) suv iste’molchilar tomonidan olingan suv hajmi, (3)
fermerlarning suv ta’minoti
uchun talabnomalari, (4) limitlar hamda
a’zolarga va a’zo bo‘lmaganlarga amalda yetkazib berilgan suv hajmi, (5)
suv iste’molchilar tomonidan amalga oshirilgan sug‘orishlar.
SIU to‘lovlarni yig‘ish tizimi shunday bo‘lishi kerakki, irrigatsiya xizmati
uchun to‘lovlarning asosiy qismi fermerlarga suv etkazib berish boshlangunga
qadar to‘langan bo‘lishi lozim. Belgilangan to‘lov muddatlari real bo‘lishi va
fermerlarda naqd pul mablag‘i yoki natura to‘lov amalga oshirish uchun «mablag‘»
mavjud bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri kelishi muhimdir. Masalan fermerlarda may-iyul
oylarida mevalarni sotishdan tushgan daromad (naqd pul bilan),
avgustda
bug‘doyni sotishdan tushgan daromadlar va dekabrda paxtani sotishdan tushgan
daromadlar mavjud bo‘ladi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov sxemasi. SIU a’zolari ko‘rsatilgan xizmat xaqini
bankdagi SIU xisob raqamiga yoki naqd pul ko‘rinishda SIU kassasiga to‘laydilar.
Irrigatsiya xizmati uchun to‘lovlar mirob va boshqa ishchilar emas, balki
SIU buxgalteri tomonidan qabul qilinishi lozim. SIU
irrigatsiya xizmati uchun
to‘lovni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ofisda qabul qilishni o‘ziga odat qilib olishi zarur. Bu
naqd pul ko‘rinishidagi to‘lovlarga tegishli. Suv iste’molchilarga kvitansiyalar
berish zarur.
Lekin, irrigatsiya xizmati uchun to‘lov ish bajarish orqali amalga
oshirilayotganda, to‘lov «maydonda» - ya’ni ofisdan tashqarida amalga oshirilishi
kerak. Bunday hollarda ham kvitansiya berish zarur.
SIU to‘lovlarini amalga oshirilmaganlik uchun ko‘riladigan choralar. SIU
xizmat ko‘rsatayotgan barcha suv iste’molchilar irrigatsiya xizmati uchun to‘lov va
boshqa to‘lovlarni to‘lamaslikning oqibatlari haqida xabardor bo‘lishlari kerak.
Umumiy Majlis irrigatsiya xizmati badalini to‘lamaganlik uchun jarima turi va
qiymatini belgilaydi.
To‘lov kechiktirilishi yoki amalga oshirilmaslik surunkali bo‘lsa, SIU
Kengashi SIU a’zosi bilan jamoatchilik tanbehi yuzasidan «profilaktik suhbat»
o‘tkazishi mumkin. SIU Nizomiga asosan SIU Kengashi irrigatsiya xizmati
badalini to‘lamagan iste’molchilarga suv berishni to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuniga
asosan suvni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar va ko‘rsatilgan
boshqa suv
xo‘jaligi xizmatlari uchun to‘lovlar to‘lanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish
yoki suvni iste’mol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (36- modda).
Do'stlaringiz bilan baham: