PEDAGOGIKA
2015, 6-son
4
XII chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil
8-dekabrdagi XI sessiyasida moddama-modda ovoz berish yо‘li bilan mustaqil
О‘zbekiston davlatining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ushbu Konstitutsiya
о‘zining tuzilishi, yо‘nalishi va mazmuni jihatidan mustaqillikkacha amalda
bо‘lgan Konstitutsiyalardan prinsipial jihatdan farq qilib, tom ma’nodagi inson
va fuqarolarning huquq, erkinliklari oliy qadriyat sifatida e’tirof etilgan huquqiy
hujjat ekanligi bilan hamda dastlabki moddasidan to oxirgi 128-moddasiga qadar
mustaqillik g‘oyasi bilan sug‘orilganligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, Bosh
qonunimiz muqaddimasida sanab о‘tilgan ustuvor me’yorlar О‘zbekiston xalqi,
har bir fuqarosi hayotining ma’no, maqsadi qay darajada ulug‘vor va ezgu
ekanligini butun jahonga ma’lum qildi.
Muhtaram Prezidentimiz I. A. Karimov ta’biri bilan aytganda: “Bizning
Konstitusiyamiz, eski sovet konstitusiyasidan farqli о‘laroq, inson huquq va
erkinliklari, uning manfaatlari davlat manfaatlaridan ustun ekanliginini muhrlab
qо‘yish orqali odamlar uchun munosib hayot sharoitini yaratishni о‘zining
muhim maqsadi qilib belgiladi, ijtimoiy adolat prinsiplarini qonunchilik
faoliyatimiz barcha yо‘nalishlarining asosi deb e’lon qildi
1
”.
“Konstitutsiya” sо‘zining ma’nosiga tо‘xtaladigan bо‘lsak, 2006-yilda
chop etilgan “О‘zbek tilining izohli lug‘ati”da: “Konstitutsiya – (belgilash, qaror
qilish, tayinlash, qonunlashtirish) davlatning yuksak yuridik kuchga ega bо‘lgan
asosiy qonuni. Barcha joriy qonunlarning asosi”, – deb ta’rif berilgan. Shunday
ekan, Konstitutsiyani davlatning huquqiy poydevori desak, yanglishmagan
bо‘lamiz.
Konstitutsiya boshqa joriy qonunlardan birmuncha jihatlari bilan farq
qiladi. Unda eng asosiy, eng barqaror ijtimoiy munosabatlar, uzoq davrlarga
mо‘ljallangan qat’iy qoidalar mustahkamlanadi. Konstitutsiyada mavjud bо‘lgan
qoidalar negizida boshqa qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi
hamda qabul qilinayotgan qonunlar, me’yoriy huquqiy hujjatlarning barchasi
unga muvofiq kelishi lozim. Konstitutsiyaning asosiy qonun sifatida obrо‘-
e’tibori, barqarorligi boshqa qonunlardan shu jihati bilan farq qiladi.
О‘sha vaqtdagi tarixiy jarayonga nazar tashlaydigan bо‘lsak, О‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishiga ikkita omil sabab bо‘lganligini
kо‘rishimiz mumkin. Bulardan biri, jamiyatning bozor munosabatlari tomon
tutgan yо‘li, ya’ni О‘zbekistonning taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va
yо‘nalishlarga muvofiq ravishda jahon hamjamiyatiga kirib borishi bо‘lsa,
1
Каримов И. А.
Асосий вазифамиз – жамиятимизни ислоҳ этиш ва демократлаштириш,
мамлакатимизни модернизация қилиш жараёнларини янги босқичга кўтаришдан иборат //
Халқ сўзи. – Тошкент, 2015 йил 6 декабрь. – № 236 (6419)
Do'stlaringiz bilan baham: |