PEDAGOGIKA
2015, 6-son
5
О‘zbekistonda davlat mustaqilligining e’lon qilinishi tufayli mustaqil davlat
Konstitutsiyaning ishlab chiqilishi va qabul qilinishi zarurligi ikkinchi omil
bо‘ldi. Zero, О‘zbekiston hududida ilgari amalda bo‘lgan barcha Konstitutsiyalar
(Turkiston ASSRning 1918-1920-yillardagi Konstitutsiyalari, Xorazm va Buxoro
Xalq Respublikalarining 1920-1921-yillardagi Konstitutsiyalari, О‘zbekiston
SSRning 1927, 1937 va 1978-yillardagi Konstitutsiyalari) о‘z xalqi va hududini
erkin va demokratik asosda boshqaradigan davlatning Konstitutsiyalari emas edi.
О‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov ta’kidlaganidek:
“Tabiiyki, har qanday davlatning yuzi, obrо‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi
hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni – davlat, millatni – millat sifatida
dunyoga tanitadigan qomusnomadir. Shu ma’noda Asosiy qonunimiz
xalqimizning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi.
Chunki uni ishlab chiqishda va muxokamalar jarayonida xalqimiz ishtirok etdi.
Bir sо‘z bilan aytganda, Konstitutsiyamiz tom ma’noda xalqimiz tafakkuri va
ijodining mahsulidir”.
Darhaqiqat, О‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizning ma’naviy, madaniy
merosi, milliy tafakkur, muqaddas qadriyatlar va о‘zbek davlatchiligining kо‘p
asrlik tajribasi hamda huquqiy an’analariga asoslangan hamda xalqning boy
ijobiy tajribasini о‘zida aks ettiradi. Shu bilan birga, Konstitutsiya davlat va
jamiyatning barcha jabhalarini huquqiy tartibga solishning yaxlit milliy
mexanizmini yaratish imkonini berdi.
Qomusimizning ma’naviy-tarixiy asoslari sifatida jahon ilm-u fani,
madaniyati va davlatchiligi rivojiga bebaho hissa qо‘shgan buyuk ajdodolarimiz
– Imom Buxoriy, Iso Termiziy, Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayxon
Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Bahoudin
Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur va boshqa daholarimizning qoldirgan ma’naviy-axloqiy
merosini kо‘rsatishimiz mumkin. Ularning insonni ma’naviy komilikka
chorlovchi diniy-axloqiy va huquqiy hikmatlari Konstitutsiyamizga ruh
bag‘ishlaydi.
Umuminsoniy tamoyillarga asoslangan Konstitutsiyamizda inson eng oliy
qadriyat sifatida e’tirof etiladi. Jumladan uning 18-moddasida shunday deyiladi:
“О‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega
bо‘lib jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va
ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar...”, 19-moddada esa
“О‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir biriga nisbatan bо‘lgan
huquqlari va burchlari bilan о‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va
qonunlarda mustahkamlab qо‘yilgan huquqlari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz
Do'stlaringiz bilan baham: |