PEDAGOGIKA
2015, 6-son
6
mahrum etishga yoki ularni cheklab qо‘yishga hech kim haqli emas”
1
, – deb
mustahkamlab qо‘yilgan. О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
ta’kidlaganidek, “О‘zbekiston fuqarolari, о‘zlarining nasl-nasabi, irqi, millatidan
va boshqa holatlaridan qat’i nazar, teng huquqqa egadir. Konstitutsiyamiz
О‘zbekiston fuqarosi deb hisoblangan barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va milliy an’analari hurmat qilinishini kafolatlaydi”
2
.
Chindan ham yurtimizda yashayotgan har bir shaxs, u qaysi millat vakili
bо‘lmasin, qaysi dinga e’tiqod qilishidan qat’i nazar, О‘zbekiston
Respublikasining teng huquqli fuqarosi sanaladi va uning haq-huquqlari qonun
bilan kafolatlanadi. О‘z navbatida, fuqarolarimiz О‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi demokratik umuminsoniy prinsiplarga asoslanganligini, unda
inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz
huquqlari oliy qadriyat hisoblanishini barcha fuqarolarimiz bilishlari lozim.
Konstitutsiyamiz
qabul
qilinganligining
8
yilligini
nishonlashga
bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezidentimiz Islom Karimov: “... men
Konstitutsiyani bolalar bog‘chasidan boshlab о‘rgatishni, maktablarda darslik
tariqasida о‘qitishni, oliy о‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida о‘rganishni
bugun barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarimizga topshiriq tariqasida
aytmoqchiman. Toki unib, о‘sib kelayotgan yosh avlodimiz Konstitutsiyaning
ma’no-mazmunini, u xalqimizning istiqlol yillarida erishgan ulkan tarixiy
yutug‘i ekanini teran anglab yetsin”
3
, – degan edi.
Aynan shu maqsadda, ya’ni О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini
о‘rganish zarurligini inobatga olgan muhtaram Prezidentmiz I. A. Karimovning
2001-yil 4-yanvardagi “О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini о‘rganishni
tashkil etish tо‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi
4
. Ushbu Farmoyish
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini о‘rganishni fanlar tarkibida emas,
balki alohida о‘quv fani sifatida birinchi marta ta’lim muassasalari о‘quv rejasiga
kiritishga asos bо‘ldi. Ushbu Farmoyishda belgilangan vazifalardan kelib chiqib,
ta’limning umumiy о‘rta, о‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida
О‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini о‘rganish fani orqali yoshlarning
huquqiy bilim-kо‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2014. – Б. 9.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |