PEDAGOGIKA
2015, 6-son
100
vazifalarni yuklaydi. Pedagog ingliz tilini bilishning
ahamiyatini shunchaki
ta’kidlab о‘tmasligi kerak, balki bu jarayonda hayotiy misollar, kо‘rgazmali
vositalar, aniq ma’lumotlardan о‘rinli foydalanish samarali natija beradi. Bu esa
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish talabalarda mustaqil fikrlash, kо‘nikma,
malakalarini shakllantirishga qo‘yilayotgan talabning bajarilishiga imkon beradi.
Zero, talabalarning shaxs va mutaxassis sifatidagi rivojlanish о‘rni va
ahamiyatini mustaqil baholay olmasa, xorijiy tillarni muvaffaqiyatli о‘zlashtirish
imkoniyatiga ega bо‘lmaydi;
–
ehtiyojni yuzaga keltirish.
Talabalarga nafaqat ingliz tilini о‘rganish,
balki u yordamida samarali muloqotni tashkil etish ehtiyoji shakllantiriladi. Bu
ehtiyoj о‘z-о‘zini rivojlantirish maqsadi negizida о‘zini о‘zi
va atrofdagi
kishilarni anglashga bо‘lgan intilishidan iborat bо‘ladi. Muloqot motivlarining
rivojlanishi shaxs rivoji, uning qiziqishi va ehtiyojlari
tizimi bilan barobar
(parallel ravishda) rivojlanadi”
1
. Talabalarning ingliz tilini о‘rganishi, muloqotga
kirishish ehtiyojiga ega bо‘lishlari til orqali о‘zga millat kishilari, ularning
turmush tarzi, hayotiy intilishlari, orzu-istaklari, о‘y-fikrlarini anglash, tushunish
imkoniyatini yaratadi.
Qolaversa, ingliz tilini о‘rganish ehtiyojini shakllantirish
turli mutaxassislik yо‘nalishlari sohalarida ta’lim olayotgan talabalarda kasbiy
faoliyat
yutuqlariga erishish, malakali mutaxassis sifatida о‘z-о‘zini namoyon
qilishning eng muhim shartlaridan biri sanaladi.
Ehtiyoj biologik yoki ijtimoiy yashash va faoliyat kо‘rsatish uchun zarur
bо‘lgan narsalarga
munosabat deb talqin etiladi
2
. Mazmunan esa mazkur
tushuncha yordamida
barcha tirik mavjudot, shu jumladan, shaxs, ijtimoiy guruh,
jamiyat yoki organizmning hayotiy faoliyatini ta’minlashdagi zaruriyat bо‘lib,
subyekt va uning faoliyati о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikni ifodalaydi.
Uning negizida maqsad shakllanadi, qiziqish rivojlanadi, harakat, faoliyat tashkil
etiladi, ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yiladi. Ehtiyoj shaxsni “aniq yо‘nalish va
muayyan maqsadda harakatlanishga undaydi. Shuningdek,
faollikka undovchi
kuch sifatida namoyon bо‘ladi
3
.
– ehtiyojni qondirishga intilish.
Talabalarning ingliz tilini о‘rganishi,
ushbu til yordamida shaxslararo muloqotni samarali tashkil etishi ehtiyojiga ega
bо‘lar ekan, о‘z navbatida, mavjud ehtiyojning amaliy harakatlar yordamida
1
Do'stlaringiz bilan baham: