Pedagogika 015, 6-son Muassis: Nizomiy nomidagi Toshkent



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/137
Sana03.07.2022
Hajmi1,68 Mb.
#738087
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137
Bog'liq
4977 191 Pedagogika 2015 6

PEDAGOGIKA
2015, 6-son
 
 
98 
avval “muloqot” tushunchasining mohiyatiga tо‘xtalib о‘tish maqsadga 
muvofiqdir. 
Psixologik manbalarda muloqot tushunchasi quyidagicha ta’riflanadi:
1) kishilarning о‘zaro aloqasi, bir-birlariga ta’sir kо‘rsatishlari, ular 
о‘rtasidagi aloqani tiklash va rivojlantirish jarayoni;
2) kishilarning bir-birlariga ta’sir kо‘rsatishi asosida ular о‘rtasida rо‘y 
beradigan axborot almashinuvi
1
.
Muloqot shaxslar о‘rtasida о‘zaro aloqani yuzaga keltiradi, eski aloqalarni 
qayta tiklaydi, mavjud aloqalarni yanada rivojlantiradi, shaxslarning bir-birlariga 
ta’sir kо‘rsatishlarini ta’minlaydi hamda ular о‘rtasida zamonaviy turmush tarzi 
uchun har qachongidan kо‘ra muhim ahamiyat kasb etayotgan axborot 
almashuvini sodir etadi. Mazkur holat muloqotning qay darajada ijtimoiy-
psixologik ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. 
Shaxslar о‘rtasidagi muloqot faqat shaxsiy (ulargagina tegishlilik) 
xususiyatga ega bо‘lmay, shu bilan birga, ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Shu 
jumladan, qadimdan jamiyatning ilg‘or kishilari (mutafakkirlar, davlat arboblari, 
sarkardalar) muloqotni tо‘g‘ri, samarali va oqilona tashkil etish masalasini 
о‘rganishga alohida e’tibor qaratgan. Bu e’tibor natijasida muloqotni samarali
tо‘g‘ri tashkil etish borasidagi bilimlarni о‘zida qamragan mustaqil fan 
shakllangan. “Nutq madaniyati” (“Notiqlik madaniyati”, “Notiqlik asoslari”, 
“Notiqlik san’ati” va hokazo) deb nom olgan ushbu fan negizida shaxslar, 
jumladan, talabalar muloqot jarayonida eng muhim vosita bо‘lgan nutq, uning 
о‘ziga xos xususiyatlari, muloqot turlari, muloqotni tashkil etishda hal 
qilinadigan vazifalar, muloqot (axborot almashish) vositalariga oid nazariy 
bilimlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bо‘lgan. Nafaqat siyosiy, diplomatiya 
va boshqa kasbiy faoliyat sohalarida, balki shaxslar о‘rtasida tashkil etiladigan 
eng oddiy kundalik munosabatlar jarayonida ham muloqot hal qiluvchi rol 
о‘ynamoqda. Muloqot qanchalik tо‘g‘ri, samarali tashkil etilsa, shaxslarning 
о‘zaro yaqinlashuvi u yoki bu kо‘rinishdagi faoliyat borasida hamkorlikni yо‘lga 
qо‘yish, shaxsiy maqsadga erishishning kafolati shunchalik yuqori bо‘lmoqda. 
Respublika, hatto xalqaro miqyosda ishlab chiqarish, biznes, ijod va boshqa 
sohalarda imzolanayotgan shartnomalarning asosini ham bevosita shaxslar 
о‘rtasida tashkil etilgan samarali muloqot tashkil etadi.
Muloqotning samarali bо‘lishi u qaysi tilda yoki tillar о‘rtasida tashkil 
etilishidan qa’ti nazar muhim talab sanaladi, biroq О‘zbekistonda yoshlar, 
1
Большая психологическая энциклопедия. Самое полное современное издание. – Москва: 
Эксмо, 2007. – С. 287. 



Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish