ISHDAN MAQSAD:
Qo‟lning asosiy vazifalarida biri bu panjalar bilan
manipulyatsion harakatlarni amalga oshirishdir, buning uchun qo‟lning
ma‟lum holatlari uchun erkinlik va qulayliklar lozim. Qo‟l harakatlari
kinematikasi bo‟yicha ko‟p ilmiy maqolalar chop etilgan. 2-rasmda qo‟l
harakatining bir necha xil variantlari keltirilgan.
Barcha harakat turlari maishiy hayot va mehnat qilganda foydalanilmaydi,
shu sababga ko‟ra faqat ushlash turi bilan tanishamiz. Тo‟ladan kelgan ayollarda
4-seminar Ishi
.
.
Qо‘l xarakati. Qо‘l asbobini
ushlash usullari.
25
ozg‟in ayollarga nisbatan burilish radiuslari kichikdir. Qo‟lning 30 ta
erkinlik darajasining 22 tasi kaft va barmo qlarga to‟g‟ri keladi. Shu sababli
ham kaft va barmoqlar bilan turli xil harakat va ushlash harakatlarini amalga
oshirish mumkin. Kaft harakatlariini ushlash va changalmaslik harakatlari
mavjud, ushlash harakatida buyumni yoki uning biror qismi kaft yoki
barmoqlar bilan ushlab olinadi. Ushlab olmaslik harakatlariiga yozuv
mashinasi, kassa apparati, pianino hamda boshqa musiqa asboblarida o‟ynash,
shuningdek buyumlarni artish va boshqalar misol bo‟ladi. a-yelka bo‟g‟imlari
orqali gorizontal tekislikda harakatlanish; b-tirsakni bukibharakatlanish; c-
barmoqlarni bukish; d-bosh barmoq bilan harakatni amalga oshirish; e-panja
bilan harakatni amalga oshirish; f-kaftni ochib va yopib harakatlanish;
gkaftni yuqori va chapga harakati. Ushlashni bir necha usullari mavjud.
Тadqiqotchi olim Byusse ta‟rifi bo‟yicha ushlashlar 6 kategoriyaga bo‟linadi.
Ayrim adabiyotlarda ularning 9 yoki 12 turlari keltirilgan. Oddiy qilib
aytganda ushlashlar ikki guruhga bo‟linadi: kuch ostida amalga oshadigan va
aniq usul.Amalda foydalanishga qulay bo‟lgan ushlash klassifikatsiyasi I.
Mateev va S. Bankovlar tomonidan taqdim etilgan. Bu klassifikatsiya bo‟yicha
changalash turlari 3-rasmida keltirilgan.
Quchoqli ushlash Silindrik ushlash (3.a-rasm). Bunda kaft va barmoqlar butun
yuza bo‟ylab silindrsimon buyumni qoplab oladi va bosh barmoq uning atrofida
halqa hosil qiladi.Sferik ushlash (3.b -rasm). Bosh barmoq, barmoqlar va
panja kafti yuzalari to‟liqligicha sferiksimon buyumni qoplab oladi.Mushtli
ushlash (3.c-rasm). Bunda ingichka buyum mushtli changalanadi va bosh
barmoq kolgan barmoklar ustiga joylashib, ushlash kuchini oshiradi, Bu
turdagi ushlash tez charchatadi, chunki uni uzoq vaqt tutib bo‟lmaydi. Ilmoqli
ushlash (3.d -rasm). Bu turdagi ushlashda bosh barmoq ishtirok etmaydi.
Bunda II-V barmoqlar ishtirok etadi va bug‟inlarda bukiladi. Bu ushlash
nisbatan passiv bo‟lib, bunda buyum ma‟lum vaqt ilmoqda ilingandek osilib
turadi. Bu usul asosan ayrim turdagi tortqi va dastaklardan foydalanilganda
qo‟llaniladi.Qo‟l uchida ushlashBarmoq uchida ushlash (3.e -rasm). Biror bir
mayda buyum olinganda bosh barmoquchi ko‟rsatish barmog‟ining uchiga
tegadi, misol uchun igna yoki tugmacha ushlashda. Bu ushlash sezgili ushlash
deb ataladi.Palmar ushlash (palmaris lotincha so‟z bo‟lib, kaft so‟zini
anglatadi) (3.h-rasm). Bosh barmoq ikki-ko‟rsatish va o‟rta barmoqqa
qarama-qarshi joylashadi. Bunday ushlash qalam, pinset, qoshiq va boshqalarni
ushlashda qo‟llaniladi. Bu usulni qo‟l uchida ushlashda kuch ishlatish kerak
bo‟lgan hollarda ishlatiladi.
26
Yon tomondan ushlash Kalit ushlash (3.f-rasm). Ingichka buyum, masalan kalit
yoki tangani ushlashda bosh barmoq va ko‟rsatish barmog‟ining yon tomoni
bilan ushlanadi-qulfga solingan kalitni aylantirishdagi an‟anaviy ushlashdir.
Qaychilii ushlash (3.g-rasm). Bu ushlashda buyum ikki qo‟shni barmoqlarning,
ko‟p hollarda kursatgich va o‟rta barmoqlar ishtirokida amalga oshiriladi,
misol uchun sigretani ushlashda. Тurli ushlashlarning samaradorligi turlichadir.
Masalan mushtli ushlashda qo‟l tez toliqadi, aksincha ilmoqli ushlashda qo‟l
yordamida uzoq vaqt davomida chemodan yoki portfelni ko‟tarish mumkin,
lekin qo‟l tez toliqmaydi. Yuqorida ko‟rib chiqilgan ushlashlar turli asboblar
dastagining tuzilishi har xil bo‟lishini talab etadi. Ko‟pincha bir turdagi
ushlashga moslashgan asbob dastagi boshqa turdagi ushlash uchun to‟gri
kelmaydi.Qo‘l uchlari zanjirining kuch tavsifi Qo‟l zanjirlari kuch
xarakteristikalariga bog‟liq bo‟ladi: sarflanayotgan kuchning yo‟nalishiga
(o‟zidan itarish, tortish, aylanma harakat va hokazo); kuch ta‟sir qilish
yuzasiga (sagital, frontal); qo‟lning holati, bunda bo‟g‟imlar orasidagi
burchak asosiy rolni o‟ynaydi.
27
Yelka va tirsak bo‘g‘imlaridagi kuchlar. 4-rasmda turli burchaklar uchun
erkak kishining yelka va tirsaklarida sodir bo‟ladigan kuchlarning o‟rtacha
miqdori keltirilgan. Ayollar shu bo‟g‟imlarda hosil bo‟ladigan kuch miqdori
erkaklarda hosil bo‟ladigan kuchlar miqdoridan taxminan 20% ga kamdir.
Ko‟p o‟tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, qo‟l zanjiri uchlarida
hosil bo‟lguvchi kuch va momentning miqdori ularning yo‟nalishi, tana
holati va qo‟l uchlarining holatiga bog‟liqdir. Bu ma‟lumotlarni ish asboblari
va boshqarish pultlarini loyihalarini yaratishga hisobga olinsa, yaratilgan
asboblarda oson foydalaniladi, ya‟ni qo‟l charchashi kamayadi va o‟ta qulay
bo‟ladi.Panja kuchlari. Barmoq kuchlari. Panja kuchlari tavsifi manual
(panjaviy) dinamometrlar yordamida aniqlanadi. Bunda muskullarning
izometrik qisqarishida maksimal ushlash kuchi aniqlanadi.Shunday o‟lchashlar
natijasida olingan ma‟lumotlar shuni ko‟rsatadiki, bu kuchning qiymati
erkaklar uchun 455…386 N, ayollar uchun esa 280…230 N ga teng. Тurli
xil ushlashlarda kuchlar miqdori turlichadir (3-jadval.) Ushlash kuchi miqdori
kuch qo‟yilish nuqtasi va changallanayotgan buyumning yo‟g‟onligiga
bog‟liqdir. Ushlashning masofasi 45 mm bo‟lsa afzalroq bo‟ladi. Agar bu
masofani 10…40 mm ga uzaytirsak, ushlash kuchi 9 marta ortadi. Keyinchalik
uning uzunligini 45…85 mm gacha oshirsak ushlash kuchini pasayishi ro‟y
beradi (4-jadval). Bu ma‟lumotlar dinamometr dastalari o‟zaro parallel
joylashganda olingan. Agar ular o‟zaro qiyshiq burchak ostida joylashgan
bo‟lsa (yassi jag‟li va o‟tkir tishli omburlarni ishlatganda) eng optimal
masofalar 5-rasmda keltirilgan. Ushlash kuchi miqdoriga bilak holatining
qanday ta‟sir etishi 5-jadvalda keltirilgan. Qachonki bilak bo‟g‟imlar 30-
40oburchakka bukilsa, kuch maksimal qiymati erishadi.Bu faktlardan ushlash
kuch ishlatish bilan bog‟lik bulgan asbob muruvvati va boshqarish dastaklarining
yo‟gonligini tanlashda va ularni optimal joylashtirishda foydalanish mumkin.
28
Ushlash kuchi miqdori alohida olingan barmoqlarning kuch imkoniyatlariga
bog‟liqdir. Bu imkoniyatlar bosh barmoq bilan juft holda maxsus
dinamometrlarni ishlatish orqali aniqlanadi. Olingan ma‟lumotlar shuni
ko‟rsatdiki, o‟ng panja birinchi barmog‟ining kuchi 83 N ga, chap panja uchun esa
72 N, ayollar uchun esa bevosita 62 va 58 N ga tengdir. Alohida olingan
barmoqlar orasidagi ushlash kuchlari nisbatan deyarli bir xildir. Eng maksimal
ushlash kuchlari bosh va kursatish, bosh barmoq va III barmoqlar orasida paydo
bo‟ladi.
29
Do'stlaringiz bilan baham: |