ISHDAN MAQSAD:
Har qanday ish asboblariga quyidagi umumiy talablar
qo‟yiladi:
-asbob o‟lchamlari ishchining xususiyatlariga mos kelishi lozim;
- panjaning ma‟lum nuqtalarida lokal bosimlar hosil bo‟lmasligi lozim;
-ish bajarilayotganda qo‟l va panjalarga qulay holat yaratilishi lozim
Asboblar o‘lchami
Bu yerda gap birinchidan asbob o‟lchamlari, ikkinchidan esa asbob
dastasi o‟lchamlari haqida boradi.Insonlar asrlar davomida turmushda
5-seminar Ishi
.
Ish asbobi, Umumiy
talablar. Asboblar о‘lchami.
30
ishlatiladigan asboblarni yaratishda antropometrik belgilarda foydalanishgan.
Bunday o‟lchov birligi qilib tananing alohida qismlari-panja kengligi, qo‟l
uzunligi va hokazolardan foydalanishgan (9-rasm).Agar asboblar dastasida
to‟xtaladigan bo‟lsak ravshanki u kishining panjasi o‟lchamlariga mos kelishi
kerak. Bu ish asboblarini bir necha o‟lchamlarda tayyorlashni talab etadi. Тurli
xil o‟lchamlarda asboblarni ishlab chiqish katta ahamiyatga ega, masalanbir
faktda to‟xtalib o‟tsak bu fikrni to‟g‟riligiga amin bo‟lasiz, agar ayol
kishiga erkak kishining qo‟l panjalari o‟lchamlariga moslab chiqazilgan
asbobda ishlashga to‟g‟ri kelib qolsa, bu ayolga noqulayliklar olib keladi, ish
unumi pasayadi va jarohat olish ehtimoli oshadi. Bundan ko‟rinib turibdiki, qo‟l
asboblari va ularning dastalarini turli xil o‟lchamlarda ishlab chiqishga tavsiyalar
yaratish lozim.
Ortiqcha lokal bosimlarni yo‘qotish Ishchining kafti va asbob dastasi o‟rtasidagi
o‟zaro ta‟sirni shartli ravishda ikki xil deb qabul qilishimiz mumkin: o‟zaro
ishqalanish (misol uchun, silindrsimon dastali otvyortka bilan ishlash), shakllar
o‟zaro ta‟sirini ushlash xususiyatlariga ko‟ra asbob dastasi yuzasida bo‟rtiq va
o‟yiqlar mavjud). Agar ish asboblari dastasi oddiy geometrik shakllarga
(silindrsimon, kesik konussimon, aylanma ellipsoida) ega bo‟lsa,
bularnitayyorlash oson va olingan
31
o‟lchamlar ishchi kaftining o‟lchamlariga mos bo‟lsa, bunday asbobga tez
ko‟nikish mumkin. Bunday asboblar bilan ishlaganda ushlash kuchi va asbobga
ta‟sir etiladigan kuch unchalik katta bo‟lmaydi. Biroq bunda kaft va
barmoqlarning ayrim nuqtalariga ta‟sir etuvchi mexanik kuchlar katta bo‟ladi va
katta miqdordagi lokal (ma‟lum bir nuqtaga tushuvchi) bosimlarni paydo qiladi.
Bu mehnat faoliyati davomida ko‟ngilsiz org‟iqlarni sezish va ish unumini
pasayishiga olib keladi. 10-rasmda lokal bosimlar paydo bo‟ladigan nuqtalar
ko‟rsatilgan, Shpateldastasi kaftda joylashgan qon arteriyasini qisadi va
nomsiz hamda kichik barmoqlardagi qon almanishuv jaryonini buzadi. Bunday
asboblar bilan uzoq muddat ishlash kaft qon arteriyasida trombozlarni va
boshqa surunkali kasalliklarni paydo bo‟lishiga olib keladi.Shu holatlarni
hisobga olib yaratilgan asboblar bo‟yoq ishlarida ishlatiladigan shpatellar,
o‟ymakorlik qalamlari va boshqa shunga o‟xshash asboblar dastasipanjaning
zich to‟qimalari bilan kontaktda bo‟ladi, lekin kritik lokal bosimlar hosil
qilmaydi. Ko‟p hollarda o‟ta katta lokal bosimlar kichik o‟lchamli dastaga
ega bo‟lgan asboblarda yuzaga keladi. Asbob dastasini panja yuzasi bilan
bo‟ladigan kontakt yuzasini oshirish va unga ergonomik nuqtai nazar bilan
qayta ishlash ko‟ngilsiz oqibatlarni oldini oladi. Alohida odamning panjasining
o‟lchamlari bo‟yicha asbob dastasini yaratish eng yaxshi yo‟l hisoblananadi,
xuddi shu usulda o‟q otish sporti bilan shug‟ullanuvchi sportchilarga pistolet
dastasi tayyorlanadi, lekin bu usullni ommaviy ishlab chiqarishda yo‟lga
qo‟yish mumkin emas. Ish paytida asbob dastasini qo‟l bilan ushlashga mos
tushadigan shaklli dastasini yaratish maqsadga muvofiqdir. (11-rasm). Hozirda
AQSh da ish asboblarining 60% dan ortig‟i shunday dastalar bilan chiqariladi.
32
Bu o‟z yo‟lida dasta shaklliga dizayn berish va o‟lchamlari aniqligiga katta
e‘tibor berishni talab etadi. Shaklli dastalar o‟lchamlari panja o‟lchamlariga
to‟g‟ri kelmay qolsa, lokal bosimlar qiymatini oshishiga sabab bo‟ladi, ish unumi
pasayadi va bo‟gim va kaftlarda surunkali kasalliklar yuzaga keladi va
oqibatda bu nogironlikka olib kelishi mumkin. Shakldor dastali asboblarni
kamida to‟rt -besh o‟lchamlarda chiqazmoq zarur, shunda har kim o‟z kafti
o‟lchamiga to‟g‟ri keladiganini tanlab oladi. Qo‟l asboblari dastasi
g‟ovaksimon bo‟lmagan materiallardan tayyorlanishi kerak, Agar g‟avoksimon
material bo‟lsa u o‟zida yog‟ va boshqa moylash materiallarini ushlab
qoladi va dasta sirg‟anib qo‟ldan chiqib ketadi. Qo‟ldan sirg‟anib chiqib
ketmasligi uchun uning ustiga kesiklar qilinadi. Dasta materiali kam issiq
o‟tkazuvchanlikka ega bo‟lishi lozim, agar teskarisi bo‟lsa sovuq kunlarda uni
ishlatish qiyinchiliuk tug‟diradi.Yana shuni hisobga olish kerakki, ayrim
plastmassa materiallar allergiya reaksiyalarini beradi va dermatit kasalligini
keltirib chaqaradi. Qo‟l kaftlarida hosil bo‟ladigan lokal bosimlarni yo‟qotishning
33
eng oddiy usuli ish paytida qo‟lqoplardan foydalanishdir. Bunda qo‟lqoplar
qo‟lga mos tushishi kerak. Yaxshi ushlash bo‟lishi uchun barmoqlarning yon
tomonidagi materiallar qalinligini yupqaroq va kaftning boshqa qismlarida
qalinroq qilish lozim. Kaft va qo‘lga qulay holatni ta‘minlash Bu yerda asosiy talab
quyidagidan iborat: barcha ish operatsiyalari o‟rtacha ish harakati diapazonida
bajarilishi lozim. Bu yaxshi ish ko‟rsatkichlarini olishga olib keladi va
charchoqni kamaytiradi. 12-rasmda otvyortka bilan ishlaganda bilak va yelka
orasidagi hosil bo‟ladigan burchakni miqdori o‟zgarishiga bog‟liq ravishda
vrachga murojaat qilish orasidagi bog‟lanish keltirilgan. Qo‟lni kamroq bukib
ishlashda vrachga bo‟lgan murojaatlar ko‟proq bo‟lgan. Bu qo‟yilayotgan
talab boshqa bir misolda ham saqlanib qolishi mumkin bunda kaft bilakka
nisbatan tabiiy holatini saqlashi lozim.
Ish asbobining tuzilishini shunday o‟zgartmoq kerakki, yuqoridagi
kamchiliklar bartaraf etilsin. Shuning uchun ham ko‟p hollarda asbob
dastalarini pistoletsimon qilib yaratiladi. Bunda dastaning bo‟ylama o‟qi
asbobning bo‟ylama o‟qiga nisbatan burchak shaklida joylashadi. Go‟sht
kombinatlarida so‟ yilgan hayvon go‟shtlarini nimtalaydigan pichoqni tuzilishi
misol bo‟la oladi (13-rasm). Anatomik va biomexanik ma‟lumotlarga tayanib
qilinadigan bir qator tavsiyanomalarda to‟xtalib o‟tamiz: asbobini ish ob‟ektiga
bosganimizda yo‟nalish o‟q bo‟ylab bo‟ladi va tirsak bo‟g‟imlari va ko‟rsatkich
34
barmog‟i bo‟yicha yo‟naladi; cho‟tka bilan kichik barmoqdan o‟tuvchi aylanma
harakatlarni o‟qqa nisbatan amalga oshirish lozim; bilaklarni to‟xtovsiz va tez-tez
burishdan qochish kerak.Dastalarga ergonomik nuqtai nazar bo‟yicha
yaratishda ko‟p kompleks masalalarni hal qilish kerak, bulardan eng avvalgi
masala gavdaning ish holatinianiqlab olishlikdir. Masalan, elektrodrel bilan
ishlashda ish sharoitiga qarab, qulay bo‟lishligi uchun turli xildagi dastani
ishlatish mumkin.
35
Do'stlaringiz bilan baham: |