Ishdan maqsad:
Eng yaxshi ish joyi bu-o‟tirib yoki turib ishlash
imkoniyati mavjud bo‟lgan joydir. Biroq, bu-juda ham kam uchraydigan holat.
Bunday holatda tanlash mumkin bo‟lganda ushbu qoida doimo ko‟ndalang
turadi: o‟tirib qilinishi mumkin bo‟lgan harakatni turib bajarma.O‟tirib
bajariladigan ishlarning ijobiy tomonlari qo‟yidagilardir: energiyaning kam
sarflanishi (ular yotgan holatdan ko‟ra 5-15% ko‟proq; hattoki, qo‟lay vaziyatda
turib ishlash jarayonidan ko‟ra 15....30% ortiqroq ); qo‟lning pastki qismida
qonning sust harakatlanishi (bu ayniqsa ishlayotgan ayollar uchun juda ham
muhimdir); nozik va aniq ishlarni bajarish uchun eng yaxshi qo‟laylik; oyoq -
qo‟lning pastki qismini boshqarish imkoniyatidan foydalanish demakdir.Ammo,
o‟tirib ishlash ham kamchiliklardan holi emas. Hammaga ayonki, kasalliklar
aynan o‟tirib ishlaydigan ishchilarda nomoyon bo‟ladi. Shuning uchun ham,
o‟tirib ishlaydigan ish joylari har tomonlama to‟g‟ri tashkillashtirilishi lozim. Ish
joyi, boshqaruv organining aniq joyini va uning joylashuv ko‟rinishini
ta‟riflaydi. Ish joyi hajmiQo‘l harakati. Ish joyi-bu ish harakatining bir
joydan boshqa joyga ko‟chirmasdan, muqarrar yerda bajariladigan o‟rnidir(yoki
boshqacha qilib aytganda, tananing holatini o‟zgarmasdan tutish). Ular oxirgi va
optimal (normal, funksional) urinish nuqtasi va ushlovga bo‟linadi. Ushlashning
oxirgi hajmi (urinish nuqtasi) qo‟l harakati uchun-bu panja predmetini ushlash
mumkin bo‟lgan joylar nuqtasidir Urinish nuqtasining oxirgi hajmi yetib
bo‟ladigan joy chegarasiga teng hisoblanadi. Ish joyining optimal hajmi (normal
va funksional), ish joyining b oshqa qismi bilan ya‟ni, qo‟layroq bo‟lgan ish-
harakat joyi bilan mos tushishi zarur. Erishilgan chegara, yelka bo‟g‟inlarining
balandligida aniq akromial nuqtalari koordinat tizimini aniqlaydi (20-rasm).
Ko‟rsatib o‟tilgan dallilarning oddiy shakli, tomonlarga qo‟llarni har-xil burash
paytida vertikal va gorizontal (transversal) yassilikdagi yoki vertikal
(bo‟ylama) yassilikdagi proyeksiyadagi akromial nuqtalarga nisbatan turli-
tuman balandlikka erishish chegarasini tasviri hisoblanadi. Bu- qo‟yidagi
hollarda qanday qabul qilingan, dalillar aynan 5 va 95% persentil uchun, belgilar
- o‟lchovga mos statistik persentil nuqtalar taqsimi uchun olib boriladi.
Albatta, erkaklarda bu qism joylari ayollarnikidan ko‟ra balandroq bo‟ladi.
Burchakda 30....120˚ yelka kamariga teng darajada o‟ng va chap qo‟lning
kerakli qismi ahamiyatli farq muvozanatiga ega. Bu darajaning past balandlik
farqi kamroq. Kerakli qismlar chegarasi har xil darajada jiddiy o‟zgarib turadi
(vertikal bo‟yicha); baland va past yassilik asosi ularda kamroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |