Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Dildor NURMUHAMMEDOVA
Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 9-maktabning ona 
tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR:
dars maqsadiga erishtiradigan yagona yo‘lmi?
xo‘p-xo‘p, ammo biri bog‘dan, biri tog‘dan kelsa-chi? 
Bunday misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin. De-
mak, o‘qituvchi o‘quvchi yoshi, taqsimlangan vaqt,
bir jamoadagi turli xil xarakterlar va mavzuning ko‘lami 
kabi omillarni hisobga olib, metod va texnologiyalarni 
tanlay olishi ham katta mahoratni talab etadi. Hamma 
usullar ham biz kutgan natijani bermayotgani sir emas. 
Bugungi kun o‘quvchisi o‘zi mustaqil izlanib, mustaqil 
o‘rganishi, o‘qituvchi esa nazoratchi vazifasini bajarishi, 
darsda bosh rolda o‘quvchi bo‘lishi kerak, degan fi krni 
ilgari suramiz. Qaysidir jihatdan bu to‘g‘ridir, ammo har 
doim emas. Axir mavzuning mohiyatini o‘quvchiga das-
tlab ustoz anglatadi, yetarlicha tushuncha berilgach
kengroq o‘rganish uchun keyin da’vat etiladi. 
Agar metodikani to‘liqroq o‘rganishga harakat qil-
sak, olimlarimiz tomonidan tavsiya etilgan juda ko‘p 
pedagogik texnologiyalarda 90 minutni o‘z ichiga 
qam rab oluvchi jarayon ko‘zda tutilganligini bilamiz. 
Ularni bilib-bilmay qo‘llashimiz o‘quvchining mavzuni 
tu shunmay qiynalishiga, oqibatda fanga bo‘lgan qizi-
qishi susayishiga sabab bo‘ladi. Masalan, “Assisment”, 
“Rezyume”, “Zinama zina” (bunday texnologiyalarni 
k’oplab keltirishimiz mumkin) pedagogik texnologi-
yalari ko‘p tarmoqli murakkab mavzularni yoritishga 
xizmat qiladi, shu bilan birga iqtidorli o‘quvchilar bahsi-
ni yuzaga keltiradi va ko‘proq vaqtni talab etadi. Bo‘sh 
o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar esa to o‘ylab olgunga qadar 
ko‘p ma’lumotlardan chetda qolishadi. Agar biz har bir 
o‘quvchi nazardan chetda qolmaydigan variantlar aso-
sida dars ssenariysini tuzib olsak, o‘zimizni ham, o‘quv-
chilarni ham toliqtirmaymiz.
Demak, aynan bizda mana 
shu mahoratni shakllantirishga ehtiyoj bor. Biz buni 
qan day uddasidan chiqamiz? 
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish uchun 
joriy yilning fevral oyidan boshlab tashkil etilgan tayanch 
maktablari faoliyati o‘zining ijobiy samarasini beryapti, 
albatta. Ammo o‘qituvchilarimizning pedagogik maho-
ratini shakllantiruvchi tavsiyalar mas’ullar (tuman meto-
disti, trener) tomonidan qanday yetkazilyapti?..
To‘g‘ri, har bir jamoada o‘zi mustaqil izlanib, yuz 
berayotgan har bir o‘zgarishning mohiyatini tushunib, 
taqdim etilayotgan tavsiyalarni o‘z muhitiga moslashti-
ra oladigan o‘qituvchilarimiz bor. Afsuski, ular sanoqli 
bo‘lganligi uchun o‘zining ta’sir doirasini o‘tkazishi tor 
davradagina bo‘lyapti xolos. Shu bois o‘qituvchilar-
ning metodik yordam olishi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, tuman 
metodistlari va o‘qituvchilar, rahbar va xodim munosa-
batida emas, ta’lim tizimini yaxshilash yo‘lida hamkorlik 
qilishsa, har bir tatbiq etilayotgan pedagogik texnologi-
ya o‘qituvchilarga to‘g‘ri talqin qilib berilsa va natijalar 
amalda nazorat qilinsa, xalqchil tavsiyalar ishlab chiqil-
sa, kelajakni yaratuvchi o‘qituvchi uchun juda katta yor-
dam bo‘lgan bo‘lardi.


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
39
Matn shunchalik o‘ziga xos va murakkab hodisaki, uni yaxlit 
bir butunlik sifatida barcha xususiyatlari bilan idrok eta bilmoq 
uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ldi. Tilshunoslik tarixining deyarli bar-
cha pallalarida tovush, so‘z va, nihoyat, gap o‘rganilib kelindi. 
Uzoq zamonlar tilning fi kr ifodalaydigan asosiy birligi sifatida 
faqat gap tadqiq etildi, hatto gap tugagan joyda tilshunoslikning 
ham tugashi haqidagi hukmlar aytildi. Ammo o‘tgan asrning ik-
kinchi yarimlaridan boshlab tildagi eng yirik, oliy kommunika-
tiv birlik matn ekanligi haqidagi fi krlar barqarorlasha boshladi, 
kishilar gaplar vositasida emas, balki matnlar vositasida bir-bir-
lari bilan aloqa qilishi oydinlashdi. Zotan, tamoman tugallan-
gan fi kr, mazmun, axborot gapda emas, balki faqat matnda 
ifodalana olishini isbotlash uchun hech bir ehtiyoj va zaruriyat 
yo‘q. Dunyoning turli o‘lkalaridagi til ilmlarida matn tilshunos-
ligi yo‘nalishi yuzaga keldi. Bugun o‘zbek tilshunosligida ham 
matn tilshunosligi doirasida anchayin jiddiy tadqiqotlar amalga 
oshirildi. Matn tilshunosligi muammolari tilshunoslikdagi eng 
dolzarb masalalar o‘laroq kun tartibiga qo‘yildi.
Tarkibiy bog‘langanlik va mazmuniy-mantiqiy yaxlitlik 
matn mohiyatidagi asosiy va fundamental sifatlardan sanala-
di, ular til vositalarining butun matn maydonidagi harakati va 
munosabatlarini yaxlit o‘zanga solib turadi. Ma’lumki, matn-
ning rus tilidagi muqobili bo‘lmish “tekst” termini lotin tilidagi 
“textus” so‘zidan olingan bo‘lib, bu so‘zning asl ma’nosi “to‘qi-
ma mato, to‘qish, birikish, qo‘shilish”dan iborat (“tekstil” so‘zi-
ni eslang), bu ma’no matn tarkibidagi birliklarning bir-birlari 
bilan o‘rilganday behad birikib, qo‘shilib ketganligini ta’kidlay 
oladi. Bu o‘rinda nemis tilshunosi K.Boostning matn tarkibida-
gi birliklarning o‘zaro munosabati haqidagi quyidagi mulo-
hazalari alohida diqqatga sazovor: “Bir gapdan boshqasiga 
tortilgan iplar shu qadar ko‘p va shunday pishiq to‘rni hosil 
qiladiki, gaplarning chatishishi, ularning yagona to‘r sifatida 
o‘rib to‘qilganligi haqida gapirish mumkin, chunki har bir alohi-
da gap boshqalari bilan chambarchas bog‘langan”
1

Shuni ham aytib o‘tish joizki, matnday yaxlit “to‘qima 
mato”, “pishiq to‘qilgan to‘r”ni to‘g‘ri va to‘liq idrok etmoq, un-
dagi mazmuniy-tarkibiy unsurlar munosabatlaridagi qonuni-
yatlarni inkishof qilmoq, uni yaratish va tushunish bilan bog‘liq 
lisoniy-ruhiy mexanizmlarni butun ko‘lami bilan tadqiq etmoq 
unchalik ham oson yumush emas. Ayni paytda matndagi ver-
bal ifodalanmagan mazmunlarni tasavvur qilmoq, muallifning 
estetik didini ilg‘amoq, matndagi turli ishoralarni yetarli daraja-
da fahmlay bilmoq uchun muayyan bilimlarga ham suyanish, 
xususan, presuppozitsiyalardan
2
ham xabardorlik zarur bo‘la-
di. Aks holda matn muallifi ning maqsadidan to‘liq voqif bo‘lish 
imkoniyati boy beriladi.
Matnlarni tadqiq etishda tilshunoslikda ularning, avvalo, 
bir-biriga zidlanadigan ikki tipini farqlash urfga kirgan: 1) ba-
diiy matn; 2) nobadiiy matn. Matnlarning ikki oppozitiv tipini 

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish