REJA:
1.
Ilmiy va ilmiy-ommabor matnlar.
2.
Ixtisoslikka oid ilmiy matnlarda sohaviy terminlar.
Amaliy
mashg‘ulot
№6
6 - MAVZU:
Matn va uning turlari.
Mikro matn va makro matn.
Matn va uning turlari:
Matn ma’lum fikrlar yig‘indisi
hisoblangan nutq,
nashrdan chiqqan asardir. U o‘ziga xos asar hisoblanishi va mazmunga (ilmiy, rasmiy,
badiiy va hokazo) yoki hujjat xarakteriga ega bo‘ladi.
Matn ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
dialogik va monologik.
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-
axborot almashinuvidan iborat.
Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar,
yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Kop kishilik dialoglarda suhbat
mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga
tashlangan savol, taklif, da’vat, biror
xabar, dalillar bilan xulosalanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan
tashkil topadi, sodda gaplarning
bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol
ishlatiladi.
Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan
voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir.
Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum
voqea- hodisalarga,
narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki
dalillar bilan ta’riflash, izohlash,
isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos
xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar, modal
so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.
Akademik matnlar yaratishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga
alohida e’tibor qaratish kerak.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi.
Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor birlik),
so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib,
ularni
fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida
o‘rganadi.
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga bir
butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi.
Hozirgi
davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro
farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo matn tuzilishi va unda
mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik
doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.
Nutqda ishlatilish doirasi ma’lum kasb-hunarga ko‘ra chegaralangan so‘zlar kasb-
hunarga oid so‘zlar hisobalanadi. Bunday so‘zlar qaysi hududda yashashidan qat’i
nazar, bir xil kasb egalariga tushunarli bo‘ladi. Masalan,
doska
(kulollar xom idishlar
ichini dasmollashda suv quyib ishlatadigan sopol idish),
jo‘sha
(tog‘dan
olinadigan
qizil kesak),
volash
(loyni ochib-yorib tozalash) kabi so‘zlar kulollargagina
tushunarlidir.
Kasb-hunarga xos so‘zlarning asosiy qismini shu sohaga oid atama (termin)lar
tashkil etadi. Atamalar fan, texnika, madaniyat kabi sohalardagi aniq chegaralangan
tushunchalarni ifodalaydigan bir ma’noli so‘z va so‘z birikmalaridir.
Atamalar
qo‘shimcha ma’no jilolariga ega emas. Atamalarning ko‘pchiligi boshqa tillardan
o‘zlashgan so‘zlardan iborat. Masalan,
advokat, argon, diolog, debitor, grant, modul,
metr, test, tormoz, marketing
kabilar.