38
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
Tajriba almashish maqsadida kasbdoshlarimiz dar-
sini kuzatamiz. Ba’zan quvonamiz vaqtimiz unumli
o‘tganidan, nimadir o‘rganganimizdan mamnun bo‘la-
miz. Ba’zan esa dars maqsadiga erishilmadi, deb qo‘ya
qolamiz. Mohir
pedagog sifatida tanilgan, an’anaviy
tanlovlarda qatnashgan o‘qituvchilarning darslarida
ham uchrab turadigan kamchiliklar haqida mulohaza
yuritib, o‘qituvchi eng birinchi navbatda, mavzudan
kelib chiqqan holda vaqt taqsimotini ishlab chiqishi,
qo‘yilgan maqsadga erishish uchun pedagogik metod
va texnologiyalarni to‘g‘ri tanlay olishi nihoyatda zarur
ekanligiga amin bolamiz.
Dars jarayonidagi tipik xatolardan biri o‘qituvchi
ko‘proq tashkiliy qismga e’tibor beradi-da, darsning
boshqa bosqichlari vaqtini o‘zi bilmagan holda qisqar-
tiradi. Masalan, bir darsda “Harakatlar strategiyasi”ni
targ‘ibot qilish maqsadida siyosiy yangiliklarga (o‘quv-
chi yoshi hisobga olinganda edi...) ko‘p vaqt ajratildi,
asosiy maqsadga erishilmay qoldi.
Yangi mavzuning bayonida ham maqsadga erishish
uchun mavzuning mohiyatini
ochib beruvchi texnologi-
yalar qo‘llanilmasa, bu ham vaziyatni chigallashtira-
di. Masalan, o‘qituvchi yangi mavzuni e’lon qilishda
“Raqamlar so‘zlaydi” texnologiyasidan foydalanayapti.
Raqam ortida yashiringan harfl arni joyiga qo‘ysangiz,
darsning mavzusi kelib chiqadi:
8, 18, 12, 11, 1, 17, 13,
8, 13, 6; 12, 20, 13, 14, 18, 1, 2, 1, 19; 22, 1, 10,
11, 11, 1, 17, 8. Mavzu: ISMLARNING MUNOSABAT
SHAKLLARI
Xo‘sh, aziz hamkasblar, alifbodan raqam ostidagi
harfni topishga qancha vaqt ketdi, deb o‘ylaysiz? Bu
ko‘p vaqtni talab etuvchi texnologiya bilan qolgan dars
bosqichlarini qanday o‘tkazamiz? O‘qituvchi ushbu
usulni vaziyatga moslab qo‘llay olmaganligi uchun ham
qimmatli vaqtini boy berdi.
Yoki yana bir holat. 5-sinfda Zahiriddin Muhammad
Boburning ruboiylari tahlil qilinyapti. Demak, avvalgi
darsda shoirning hayoti va ijodi o‘rganilgan. O‘qituvchi
bu darsni mushoira tarzida olib bordi. To‘g‘ri,
bu usul-
da o‘quvchilarning nutqiy savodxonligi shakllantiriladi,
ammo asosiy maqsad nimadan iborat edi? Shoirning
hayoti tasvirlangan ruboiylarni tahlil qilish asnosida
Vatan qadri, Vatanga muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish
emasmi? Boburning ruboiylari zamirida yosh avlodga
aytmoqchi bo‘lgan vasiyatona xitoblarini o‘quvchi bilan
erkin muloqotda tushuntirilmaydimi? Shunda o‘quv-
chining o‘zi izlanib, Bobur ruboiylarini to‘lig‘icha o‘qish-
ga, yod olishga harakat qiladi. Darsga qo‘yilgan talab
esa shu zaylda bajarilmay qoldi.
Bundan tashqari, dars jarayonida aksariyat hollar-
da bir-ikkita emas, bir nechta ta’lim texnologiyalarini
qo‘llashga intilamiz. Agar qo‘llanilgan texnologiyalar
bir-biriga uzviy bog‘lanib, biri ikkinchisini to‘ldira olsa-ku,
Do'stlaringiz bilan baham: