Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Vijdonni asrangiz har nedin ortiq,
Yagona zaminni asragansimon,
Bobolardan qolgan noyob bu tortiq
Toki avlodlarga yetolsin omon.
Navbatdagi bandda shoir e’tiborini “vijdon”ga qarat-
moqda. Uni zaminga qiyoslashda ham ma’no injalikla-
ridan foydalanilgan. Demak, “vijdon” – “yagona zamin” 
kabi mustahkam va mukammal tushuncha. Tabiat, bu-


34
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
tun mavjudot ana shu zamin bag‘ridagina unib-o‘sadi, 
yashaydi. Inson vujudida ham vijdon degan oliy qad-
riyat sobit tursa, uning qonida pokiza vijdon mavjlari 
jo‘sh ursagina u ko‘zlagan manzillariga og‘ishmay yetib 
bora oladi, saodatga yuz tutadi. Shoir vijdonning “bobo-
lardan qolgan noyob tortiq” ekanligiga ishora qilib, 
o‘tmishda yashab o‘tgan milliy ma’naviyatimizning za-
bardast allomalari, buyuk siymolariga ehtirom ko‘rsat-
moqda. Ushbu baytda mazmunni shu qadar salmoqdor 
yuzaga chiqargan bir shakliy unsur ustida ham to‘xtalib 
o‘tish maqsadga muvofi q. Bu “o” tovushi bilan bog‘liq 
assonans 
hodisasidir. “Vijdon” so‘zida urg‘u “o” to-
vushiga tushishini e’tiborga olgan muallif ifodaviylikni 
kuchaytirish, ohangdoshlikni, uyg‘unlikni keng ta’min-
lash niyatida “o” tovushi qo‘llangan so‘zlardan (ortiq, 
yagona, asragansimon, bobolardan, qolgan, noyob, 
tortiq, toki, avlodlarga, yetolsin, omon) ustalik bilan foy-
dalanib, jarangdor, shiddatkor ruhdagi da’vatkor ifodani 
shakllantirgan. Bu shakliy vosita, fonetik hodisa maz-
munning ma’no qirralarini kengaytirishga xizmat qilgan.
She’rning keyingi bayti ham shakl va mazmun jihat-
dan o‘ziga xos barkamollik kasb etadi:
Ezgu, latif hislar bo‘lmasin tahqir,
Bulbulni boyqushga topshirmang zinhor.
Xudbin va dilozor kimsaning, axir,
Og‘zi qon yirtqichdan qanday farqi bor?!
“His” inson qalbining sirli va nozik torlari. Unda ikki 
xil: salbiy va ijobiy tabiat mavjud. His nafsoniylikka 
moyil bo‘lganda “hirs”ga aylanadi va u insonni gunoh 
botqog‘iga itqitadi. Shoir “ezgu va latif hislar”ni tahqirla-
nishdan, xorlanishdan asrab qolishga undovchi xitobi-
ni “bulbulni boyqushga topshirilishi”dek fojiali yakunga 
qiyoslash orqali uqtiradi. Bilamizki, “bulbul” tabiatning 
dilbar jonzoti, she’riyatda esa qalbi latif oshiq timsoli. 
Boyqush esa bir qadar vahshiy mavjudot, u – yirtqich 
qush. Tabiat uchun o‘ziga xos bu qush adabiyotda o‘z 
nomi bilan “vahshiylik”, “yirtqchilik”, “ochko‘zlik” timsoli 
sifatida bo‘y ko‘rsatadi. She’r davomida shoir vahshiy 
hayvonlarga nisbatan ifodalanadigan “og‘zi qon” tas-
viriy ifodasini nafsoniy hislarga bo‘ysungan kimsala-
rga nisbatan qo‘llagan. Agar qalbi ezgu hislarga, latif 
tuyg‘ularga to‘la insonni xudbin, bag‘ritosh, dilozor kim-
saning qo‘liga “topshirsangiz”, undagi ana shu noyob 
hislar, albatta, “tahqirlanadi”, achchiq bo‘lsa ham bu – 
haqiqat. Zotan, “his” insoniy munosabatlarning oliy ifo-
dasi bo‘lgan “muhabbat” bilan bog‘liq tushuncha, ana 
shu ilohiy rishtani shakllantiruvchi nozik tuyg‘u. Shoir 
“ezgu latif hislar” deganda ko‘proq ana shu mohiyatga 
e’tibor qaratgan. Birovning dard-u quvonchini “his qilish” 
(tuyish)dagi “his” bilan bu misralardagi “his” o‘zaro farq-
li hodisa. Tahlil jarayonida ana shu tafovut ustida ham 
to‘xtalib, fi krlarni aniqlashtirib olish shoirning ifoda maq-
sadini to‘g‘ri anglashga imkon beradi. “Ezgu” so‘zidagi 
“u”, “latif” so‘zidagi “i” unli tovushlarining urg‘u vosita-
sidagi bir qadar cho‘ziq talaffuzi ham “his” so‘zidagi 
“i”ga ancha yaqin turadi va bunday tanlov ifodaviylikni, 
jarangni kuchaytirishga zamin yaratgan. Shuningdek, 
banddagi qofi yani ta’min etishda aynan “tahqir” (axir), 
“zinhor” (bor) so‘zlarining tanlanishi ham bejiz emasli-
giga e’tibor berish lozim. Bu so‘zlardagi “h” tovushining 
bandda asosiy e’tibor qaratilgan “his” so‘zidagi “h” to-
vushiga yaqin turishi, ohangdoshlikni ta’minlashga his-
sa qo‘shishi bu sababning izohi bo‘la oladi. Ana shun-
day shakliy bo‘liqlik mazmunda ma’no tovlanishlarini, 
talaffuzda ohang jarangdorligi, shiddatkorligini yuzaga 
chiqarishga asos bo‘lgan.
She’rning oxirgi bandi esa shoirning inson ma’navi-
yatini shakllantirishga, oliy fazilatlarni mustahkamlash-
ga qaratilgan fi krlarining yakuniy xulosasi sifatida gav-
dalanadi:
To‘qayga o‘t ketsa yongay bus-butun,
Adolat borliqqa yolg‘iz onadir.
Dunyo ham, insonlar qalbi ham bugun
Yovuzlikdan zada Qo‘riqxonadir.
Demak, “nafaqat dunyo, balki inson qalbi”ning ham 
“yovuzlikdan zada”ligi, ezgu fazilatlar taqchillashib
“qo‘riqxona”ga ehtiyoj sezilayotgani shoirni yuqoridagi 
mulohazalarga chorlagan. Shoir she’r badiiyligini ta’min-
lashda, mazmun e’tiborini kuchaytirishda “to‘qayga o‘t 
ketsa yongay bus-butun” degan o‘rinda xalqning shu 
mazmundagi “to‘qayga o‘t tushsa, ho‘l-quruq barobar 
yonadi” degan naqlidan foydalanib, “irsoli masal”ning 
o‘ziga xos namunasini yaratishga erishgan. Bu vosita 
keyingi misraning qiyosiy ma’nosini ta’minlashga ham 
asos bo‘lgan: “Adolat borliqqa yolg‘iz ona” – demak, 
tabiat adolat asosiga qurilgan. Tabiat zaminga “adolat 
bilan” yomg‘ir yog‘diradi, bahor kelganda barcha da-
raxtlarning teng kurtak chiqarib, teng gullab, teng barg 
yozishi ham, kuz kelganda butun borliqqa birdek xazon 
yoyilishi ham uning adolatli qonuniyati emasmi? Bu uni 
“Ona”dek buyuk, xolis, mehribon zot deya “hukm chiqa-
rishga” turtki bo‘lmoqda. Chunki, ona hamma farzandi-
ga birday mehr ko‘rsatadi, teng munosabatda bo‘ladi, 
birini ikkinchisidan ayirib, ko‘nglini ranjitmaydi. Shunga 
asosan, adolat bo‘lmagan jamiyat ham tanazzulga yuz 
tutishi, adolatsiz inson ma’naviy tubanlashishini shoir 
tabiat unsurlari (peyzaj elementlari)dan ramziylik asosi-
da foydalanib oshkor qilgan. Bandning keyingi misrala-
rida esa she’rning umumiy mohiyati, shoirning asosiy 
maqsadi yakuniy mulohaza sifatida ifodalanadi. Shoir 
dunyoning ham, inson qalbining ham “qo‘riqxona”larga 
tobora ehtiyoji ortib borayotganidan nadomat qiladi, in-
soniyatni ogohlikka chorlaydi.
She’r 1980-yilda yaratilgan. Aynan mana shu jami-
yat ma’naviy tanazzul yoqasiga kelib qolgan, adolat 
inqirozga yuz tuta boshlagan yillari murakkab insoniy 
muammolarning oldini olish uchun bir qancha ijodkorlar 
qo‘liga qalam olishdi. A.Muxtor, S.Ahmad, O.Yoqubov, 
E.Vohidov, Sh.Rahmon, X.Davron singari adiblar qa-
torida A.Oripov ham bu jarayonning faol ishtirokchisi 
bo‘ldi. Yuqoridagi she’r ana shunday faoliyat mahsuli, 
falsafi y ruhning, ma’naviy muammolarning she’riyatda-
gi yana bir o‘ziga xos badiiy talqinidir. 
She’r tahlilida ayni shu nuqtalarga e’tibor qaratil-
sa, poetik mazmunga sayqal bergan shakliy vositalar 
aniqlansa, she’rning estetik jozibasi gavdalantirilsa, 
she’rning yaxlitligi, mantiqiy butunligiga daxl qilmagan 
holda uni qismlarga ajratib, ma’no tovlanishlarini yu-
zaga keltirayotgan tasvir imkoniyatlari o‘rganilsa, ham 
o‘quvchilarning liro-falsafi y talqindagi she’rlarning ba-
diiy olami xususidagi nazariy tushunchalari boyitiladi, 
ham umum, insoniy qadriyatlarga hurmatlari oshadi. 


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
35
Tahlil
Shoirning mahoratini namoyon qiluvchi original topil-
malarni izlashga undovchi bir qancha savol va top-
shiriqlar bilan mashg‘ulot samaradorligini, o‘quvchilar 
faolligini oshirish lozim. Bunda quyidagi tartibda tuzil-
gan turli mazmundagi 

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish