32
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tahlil
Lirika bevosita insonning tuyg‘ulariga,
uning
ma’naviy olamiga kuchli ta’sir qiladi. Badiiy-estetik tafak-
kur lirik turda yanada jozibador, maftunkor va ta’sirchan
mohiyat
kasb etadiki, o‘quv tahlilida mazkur masalalar-
ni keng ko‘lamda yoritishga eri shish lozim. Bunda ni-
malarga e’tibor qaratish muhim?
Mulohazalarimizni
Abdulla Oripovning “Qo‘riqxona” she’ri misolida bayon
qilamiz.
Yangi mazmunda 10-sinfl ar uchun tuzilgan
“Adabiyot” dasturi hamda darsligida Abdulla Oripovning
bir qator she’rlarini o‘qib-o‘zlashtirish rejalashtirilgan.
Ulardan biri “Qo‘riqxona” she’ridir. Shu o‘rinda ta’kid-
lash joizki, akademik litsey bosqichi uchun B.To‘xliyev
hamda B.Sarimsoqov tomonidan 2000-yilda tuzilgan
“Adabiyot” dasturida mazkur she’rni o‘rganish belgi-
lab berilgan bo‘lsa-da, ammo
dastur asosida tuzilgan
majmuada shoirning ayni shu she’ri kiritilmay qolgan.
Kuzatishlardan akademik litseyni bitirib ketayotgan
aksariyat o‘quvchilar mazkur she’r tahlili u yoqda tur-
sin,
hatto uning poetik matni, yaxlit mazmuni borasida
ham muayyan tasavvur va tushunchaga ega emasligi-
ga guvoh bo‘lmoqdamiz. Vaholanki, “Qo‘riqxona” she’ri
A.Oripov ijodida o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan ijti-
moiy lirikaning nodir namunasidir.
She’r tahlilida o‘qituvchi o‘quvchilarning maktab
ta’limida ijtimoiy lirika haqida o‘zlashtirgan bilimlarini
yodga solish maqsadida: “Ijtimoiy lirika nima?” Unga
qan day misollar keltira olasiz? A.Oripovning shu yo‘na-
lishda yozilgan she’rlaridan namunalar ayting singari
savollarni o‘rtaga tashlashi mumkin. Shunda o‘quvchi-
lar she’rning mavzu yo‘nalishini tezda ilg‘ab oladilar.
She’r sarlavhasi va uning matni o‘rtasidagi
mantiqiy
aloqadorlik ustida ham alohida to‘xtalib o‘tish o‘quvchi-
lar diqqatini asosiy mohiyatga yo‘naltiradi.
She’rning nomlanishidayoq uning nima haqida ekan-
ligi ochiq-oydin aks etib turibdi: “Qo‘riqxona”! Demak,
gap tabiatning yo‘qolib borayotgan jonivorlari davlat
tomonidan maxsus qo‘riqlanadigan hudud to‘g‘risida.
Ammo she’rning birinchi bandlari ifodasiga diqqat qil-
sangiz, aynan shu masala haqida gap borayotganiga
shubha tug‘iladi:
Asraymiz o‘simlik xillarin tayin,
Asraymiz hayvonlar kamyob zotini.
Hatto atrofl arin o‘rab
atayin
Qo‘riqxona deymiz so‘ngra otini.
She’rning dastlabki misralari o‘qilishi bilanoq uning
ifoda maqsadi boshqa yo‘nalishda ekanligi anglana-
di. Lirik qahramonni iztirobga solayotgan muammolar
aslida shaxs va jamiyat ma’naviyatiga daxldor ekanligi
Do'stlaringiz bilan baham: