Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Feruza AZIMOVA, 
Toshkent davlat pedagogika
universiteti o‘qituvchisi
ABDULLA ORIPOVNING “QO‘RIQXONA” SHE’RIDA 
MA’NAVIY TUSHUNCHALAR
to‘g‘risidagi fi krlar o‘quvchi shuurida uyg‘ona boshlaydi.
“Asraymiz” so‘zining har ikkala misra boshida tak-
rorlanishi iqror, iftixor, ta’kid va ishonch tuyg‘ularini ta-
shishga yo‘naltirilganday tuyuladi aslida. Ammo misralar 
mazmuniga yanada chuqurroq kirilsa, ularning zamirida
qandaydir ta’na yashirinday, nimagadir sha’ma borday 
taassurot uyg‘otadi. Birinchi misra oxirida qo‘llangan 
“tayin” so‘zining o‘ziyoq bu ma’noni oydinlashtira-
di: o‘simlik xillarini ham, hayvonlarning kamyob zotini 
ham asrashimiz aniq va tayin, demak, nimani yoki ni-
malarnidir, balki kimlarnidir asramayapmiz?! Shoirning 
ta’nasi ana shunda. Insoniyat o‘ziga, o‘zining yo‘qolib 
borayotgan insoniyligiga befarqligidan shoir iztirobda. 
Shu bois kamyob hayvonlar-u o‘simliklarning atrofi ni 
o‘rab olib, atayin “Qo‘riqxona” deb atalishi shoir uchun 
u qadar muhim emas, bu odatiy hol, ijtimoiy burch va 
vazifa. Ana shu erish kayfi yatni u “hatto”, “tayin” so‘zla-
riga yuklagan: biz avaylab-asrayogan kamyob o‘sim-
lig-u hayvonlarni qirilib ketmasin deb hatto ular yasha-
yotgan atrofni o‘rab-chegaralab maxsus qo‘riqlaymiz. 
Biroq inson shaxsi va o‘zligi, jamiyat uchun bundan-da 
muhim bo‘lgan qaysidir tushunchalar qadrlanishga eh-
tiyojmandligidan bexabar-u befarqmiz. Keyingi bandlar 
silsilasida ana shu mavhum tushunchalar oydinlashib 
boradi. 
She’rning navbatdagi bandida lirik qahramon “ti-
rik dunyoni” qirib yo‘qotmasin deb “sayyoq ovchilar” 
ham qo‘riqxonaga yo‘latilmasligini, yaqinlashganda 
esa jarimaga solinishi, hattoki qamalishini ham alohida 
ta’kidlaydi:
Sayyoq ovchilarga u yon yo‘l bo‘lsin,
Jarima solamiz, qamaymiz hatto.
To u jonzodlarni tinchiga qo‘ysin,
Qirilib bitmasin tirik dunyo to.
Birinchi qatorda “u yon yo‘l bo‘lsin” kinoyali ibora-
sining ishlatilishida ham “qo‘riqxona”ga yashirin urg‘u 
berilib, “u yon”ning anchayin e’tiborli, anchayin viqorli 
salobatga ega ekanligi tagma’no qilingan. Shoir she’r-
ning birinchi bandida boshlang‘ich ikki misrada “asray-
miz”, ikkinchi bandida “jarima solamiz”, “qamaymiz” 
deya fi krini I shaxs ko‘plik shaklida ifodalab mazmunga 
qo‘shimcha (istehzo, mavjud vaziyatdan qoniqmaslik) 
ma’nolar yuklagan, “hatto” so‘zidagi ta’naviy ta’kidni 
kuchaytirgan. Ushbu so‘zlar zamirida ham o‘sha “asral-
mayotgan nimalargadir” ishora borday taassurot tug‘ila-
di beixtiyor: Biz tabiatning noyob turlarini asrash, ular-
ga rahna solayotganlarga jarima solish, qamash bilan 
mashg‘ulmiz-u, ammo o‘zimiz, shaxsiyatimiz, o‘zligimiz 
uchun muhim bo‘lgan qandaydir holatlarga befarqmiz?!


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
33
Tahlil
Keyingi bandda esa ushbu bandlardagi dastlabki 
ma’no asoslanadi, “asraymiz”, “atrofi ni o‘rab olamiz”, 
“jarima solamiz”, “qamaymiz” kabi tushunchalar sababi 
izohlanadi, “oqlanadi”:
Munis mavjudotga mehr-u shafqat bu, 
Bu inson qalbidan balqqan hamiyat.
To yashar qaydadir bu yanglig‘ tuyg‘u,
Har nechuk qirilib ketmas tabiat.
Kamyob jonzotlarni asrash insoniyatning tabiat 
ne’matlariga bo‘lgan muhabbati, “qalbdagi hamiyati” 
mevasi. Bu tuyg‘ular yashasa, tabiat qirilib ketishidan 
xavotir olmasak ham bo‘ladi. Lekin shoir nima uchundir 
insoniyatning bu fazilatidan qoniqmayapti. Oxirgi mis-
rada “har nechuk” (harqalay yomonmas degan ma’no 
tashuvchi) juftligini qo‘llab, ushbu kayfi yatni oshkor qil-
gan. Bandning dastlabki uch misrasida “bu – mehr-u 
shafqat”, “bu – hamiyat”, “bu – tuyg‘u ” deya alohida 
ta’kidlangan iftixor va shiddatkor ruhdagi ifoda oxirgi 
misraga kelib ancha so‘nib qoladi. “Har nechuk (hech 
bo‘lmaganda) tabiat qirilib ketmaydi”, demak, yana 
o‘sha “nimalardir” qirilib ketishi, yo‘qolib bitishidan shoir 
iztirobda. Keyingi bandlarda mazkur muammo o‘z ye-
chimini topib boradi, “yo‘qolib borayotgan nimalar” oy-
dinlashadi, shoirning diqqatini tortgan “ma’naviy muam-
molar” asta-sekin asosiy o‘ringa ko‘tariladi. 
Shoir gapni qo‘riqxonadan, inson va tabiat o‘rtasi-
dagi munosabatdan boshlamasdan, to‘g‘ridan to‘g‘ri 
asosiy muammoga e’tibor qaratsa ham bo‘lardi. Ammo 
aynan “qo‘riqxona” va u bilan bog‘liq jihatlarga ramziy 
ma’no yuklab, she’rning originalligini, badiiy-este-
tik barkamolligini ta’minlashga, liro-falsafi y mohiyatni 
kuchaytirishga muyassar bo‘lgan:
Olamda ko‘p narsa kamyob bir qadar,
Ne-ne tuyg‘ular ham kamyobdir, alhol.
Men derdim sof qalbni uchratgan safar,
Darhol o‘rab oling atrofi n, darhol.
Olamda nafaqat hayvonot yoki o‘simliklarning 
kamyob turlari bor, balki ba’zi insoniy sifatlar, tuyg‘ular 
ham kamchil bo‘lib bormoqda. Ayniqsa, “sof qalb” 
egalarini topish ham nihoyatda mushkullashgan. Shu 
bois shoir pokiza qalb sohiblari uchrab qolganda, qo‘riq-
xona kabi uning “atrofi ni darhol o‘rab olish”ni buyuradi. 
Oxirgi misra boshi va oxirida “darhol” so‘zining takror 
kelishi ham “sof qalb”ning anchayin taqchil ekaniga 
ishora. Demak, shoir ruh pokligi, qalb musaffoligi taraf-
dori. Satrlar shiddatida shoirning ezgu istaklari o‘quvchi 
qalbiga kirib boradi, uning e’tiqodiga yana bir mohiyat 
qo‘shiladi.
Insof yo‘qolmasin, o‘rang mustahkam,
To uni yuzsizlik etmasin xarob.
Ezgulikni asrang, olamda u ham
Tojdor turna kabi bo‘lmasin kamyob.
Shoir insofning ham yo‘qolib borayotganidan af-
susda. Yuzsizlarda insof bo‘lmasligi bois, yuzsizlik 
insofni yakson qilishini shoir kuchli ta’kid bilan ifoda-
lagan. Yana shu o‘rinda shoir “ezgulik”ni eng kamyob 
mavjudot sanalmish “tojdor turna”ga qiyoslab, ushbu 
so‘zning nihoyatda noyob oliy tushunchani anglatishi, 
nihoyatda go‘zal ma’no tashishini ifodalagan. 
Shoir ma’naviy tushunchalarning salmog‘iga mos 
o‘xshatish va qiyoslashlar asosida o‘z falsafi y fi krlari-
ning badiiy-estetik jozibasini ta’minlaganki, bu she’rning 
har bir bandida go‘zal va betakror jilvalarda namoyon 
bo‘ladi.
Oqibatni asrang, oqibat go‘yo
Ayiqday qaydadir topmasin zavol.
Hayoni asrangiz, kuymasin hayo
Otashga duch kelgan polapon misol.
Ushbu bandda shoir “oqibat”ning zalvorini, sal-
mog‘ini “ayiqqa” qiyoslamoqda. Har ikkala so‘zning 
tovushlar va ohangdagi o‘zaro yaqinligi (“q”, “i”, “a” to-
vushlari ikki so‘zda ham takrorlanadi) ularning ma’no 
salmog‘ida ham o‘xshashlik borday taassurot qoldira-
di. “Oqibat” – avvalo, “mehr-shafqat”, “himmat”, “saxo-
vat” kabilarga yaqin tushuncha, insoniy munosabatlar-
ning o‘zak nuqtasi. Shimoliy muz okeanining noyob 
oq ayiqlariga o‘xshab oqibatdek qudratli kuch zavol 
topib ketmasin. Shuningdek, “hayo”ga ham shoir mu-
nosib “juftlik” topa olgan. Bu – “otashga duch kelgan 
polapon”. “Oqibat”ning talaffuzida “ayiq”ning zalvorini 
ko‘rgan shoir “hayo”ning nozik ifodasida jajji, beg‘ubor 
“polapon”ni ko‘radi. Yangi tuxumdan chiqqan polapon 
qanchalik ma’sum, qanchalik beg‘ubor bo‘lsa, hayo 
ham shu qadar bokira fazilat. Polapon otashga duch 
kelganda qanday holatga tushishini bir tasavvur qilib 
ko‘ring-a? U tinimsiz tipirchilab, chirqillab o‘zini har 
yoqqa uradi. Hayo ham “nomussizlik” va “xiyonat” ol-
dida shu qadar ojiz va chorasiz qoladi, kuyib kul bo‘la-
di. Hayo – insonga ko‘rk, libos. Shu boisdan “hayoni 
kuyishdan asrang”, “libossiz qolmang”, demoqchi shoir. 
“Hayo” so‘zining bir misrada ikki marta takrorlanishi 
ham poetik mazmunni bo‘rttirishga, shoir ta’kidini kuchli 
va ta’sirchan ifodalashga yo‘naltirilgan.
She’rning navbatdagi bandida insonning e’tiqodini 
yuzaga chiqaruvchi imon tushunchasining o‘ziga xos 
badiiy talqini gavdalantirilgan:
Imonni asrangiz, u doim tanho,
Undadir mujassam inson matlabi. 
Avlodlar axtarib yurmasinlar to,
Uni allaqanday Qor odam kabi.
Shoir imonning inson hayotidagi o‘rnini belgilash-
da va to‘rtinchi misradagi “kabi” so‘zi bilan qofi yadosh-
likni yuzaga keltirishda mumtoz adabiyotda keng 
qo‘llanilgan “matlab” so‘ziga murojaat qiladi. “Navoiy 
asarlari uchun qisqacha lug‘at”da bu so‘zga shunday 
ta’rif beriladi: “matlab, ko‘pligi matolib – talab, xohish; 
talab qilingan narsa”. Demak, “inson matlabi” – inson 
xohish-istagi, talabi. Ana shu talab va istak esa imon-
da mujassam. Imonning “Qor odam”ga o‘xshatilishida 
ham botiniy ma’no bor. Chunki “Qor odam” imon kabi 
ko‘rinmas, imon kabi kamyob va o‘z nomi bilan qor-
dan yasalgan, ya’ni oppoq! Avlodlar imonni ham Qor 
odam izlaganday izlab yurishmasin, uning abadiyligini 
saqlang, deya uqtirmoqda shoir.

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish