Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

40
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
Tadqiqotlar
so‘z tartibi va sintaktik konstruksiyalarning tabiati ham bayon-
ning aniqligi, mantiqiyligi, obyektivligi va abstraktligini ta’min-
lashga qaratilgan. Nutqning emotsional bo‘yoqdorliligi bu 
maqsadlarga erishish imkonini bermaydi. Tilning ekspressiv 
vositalari, xususan, emotsional-ekspressiv bo‘yoqli leksika, 
obrazli vositalar ilmiy uslubga xos emas”
5

O‘zbek tilining ilmiy uslubini tadqiq etgan 
M.Mukarramovning monografi yasida ham quyidagi mulo-
hazalarga duch kelamiz: “Funksional stillarning ba’zilari 
eks pressiv-emotsionallikka yo‘l qo‘ysa, ayrimlari bunga yo‘l 
qo‘ymaydi. Jumladan, ilmiy va rasmiy hujjat nutqlari emot-
sional-ekspressivlikdan xolidir. Chunki bu nutq turlarining 
talabi o‘zgacha. Aksincha, so‘zlashuv va badiiy nutqlar esa 
ekspressiv-emotsionallidir”
6

Taniqli rus tilshunosi D.E.Rozentalning ushbu fi krlari e’ti-
borga molik: “Olimlarning tili haqida gap ketganda, ko‘pincha 
ularning tili “quruq” ekanligini, emotsionallik va obrazlilik unsur-
laridan mosuvoligini tilga oladilar. Bunday qarash keragidan or-
tiq umumlashtirish natijasi: ko‘pincha ilmiy ishlarda, xususan, 
munozarali matnlarda tilning emotsional-ekspressiv va tasviriy 
vositalaridan foydalaniladi, ular, to‘g‘ri, qo‘shimcha bir usul o‘la-
roq sof ilmiy bayon fonida sezilarli darajada ajralib turadi va il-
miy nasrga qo‘shimcha ishonchlilik baxsh etadi”
7

Rus tili nuqtayi nazaridan ham, o‘zbek tili nuqtayi nazari-
dan ham mazkur fi krlarga to‘lig‘icha qo‘shilib bo‘lmaydi. Har 
qanday ilmiy matnda har qanday ekspressiyani tamoman 
inkor qilish maqsadga muvofi q emas.
Shubhasizki, hech bir olim yoki tadqiqotchi o‘zi aytmoq-
chi bo‘lgan fi krning, mashaqqatli izlanishlar natijasida topgan 
yangi axborotining qanday ifodalanishiga, demakki, qanday 
tushunilishi va, albatta, qanday qabul qilinishiga aslo befarq 
bo‘lmaydi. Matn tuzuvchi o‘z aqliy ijodi mahsulining to‘g‘ri, 
adekvat anglanishini, unga ishonilishini, uning e’tirof etilishi-
ni istaydi, shuning uchun imkoni boricha ta’sirli nutq tuzishga 
harakat qiladi. Ta’sirlilikni ta’minlashning asosiy usullaridan 
biri ekspressivlikni yuzaga keltirishdir.
Albatta, ilmiy matndagi ekspressivlik badiiy matndagi 
ekspressivlikdan muayyan o‘ziga xosliklari bilan farq qiladi. 
Avvalo, ilmiy matndagi ekspressivlik tushunchani konkret-
lashtirishga xizmat qilsa, badiiy adabiyotda obraz yaratishga 
xizmat qiladi. Tadqiqotchilar to‘g‘ri ta’kidlaganlaridek, “badiiy 
tilning ekspressivligi obrazlilikning oliy darajasidir, ilmiy matn-
da esa u ishonchlilik ko‘rsatkichidir”
8
. Ilmiy matndagi ekspres-
sivlik ishonchlilik barobarida matnni o‘quvchi (yoki tinglov-
chi)ning nafaqat ratsional, balki emotsional sezgilarini ham 
harakatga keltiradi, albatta. 
Taniqli o‘zbek tilshunosi A.G‘ulomov asaridan olingan 
quyidagi parchada 
haqiqiy hayotga ega bo‘lish 
birikmasidagi 
metafora ilmiy tushunchani qanchalik konkretlashtirganligini, 
ilmiy matndagi ekspressiyaning qimmatini tasavvur qilish-
ga imkon beradi: 
Gapning so‘zlardan, so‘z birikmalaridan 
tuzilishini va so‘zlarning gap ichida, fi kr ifodalash protsessi-
da, haqiqiy hayotga ega bo‘lishini – nutq ichida qo‘llanishini 
nazarda tutsak, sintaksisning leksika bilan ham bog‘liq ekan-
ligi anglashiladi 
(A.G‘ulomov, M.Asqarova. Hozirgi o‘zbek ad-
abiy tili. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987. 10-bet).
Yoki akademik A.Hojiyev asaridan olingan ushbu matn 
parchasidagi o‘tkir kinoya ilmiy matnda kuchli ekspressivlik-
ni yuzaga keltirganini ko‘rish mumkin: 

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish