Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

“Haydar Xorazmiy Xorazmda 
to‘plangan adabiyotshunoslikka oid boy merosni jiddiy 
o‘rganib, uning yaxshi tomonlarini rivoj lantirishga, o‘z ijodi-
da ularni qo‘llashga harakat qilgan”
6
 
ligini qayd etadi.
Keltirilgan misollardan kelib chiqib, Abduqodir 
Hayitmetov Navoiy adabiyotshunosligining ilgarigi adabi-
yotshunoslikdan farqi uning bu masalalarga o‘z davrining 
ilg‘or dunyoqarashi bilan xalqparvarlik, insonparvarlik kabi 
jihatlarga tayanib yondashganida, deb biladi. 
Ma’lumki, tazkirachilik qadimiy va boy tarixga ega 
bo‘lib, o‘zining muayyan janriy xususiyatlari bilan ajralib 
turadi. “Tazkiralar ko‘pincha yo geografi k, yo monografi k, 
yo xronologik, yo sulolaviy, yo ijodiy prinsipda quriladi yoki 
shoir nomlarining oxiridagi harfl ariga qarab alifbe tartibi-
da beriladi. Ammo bu prinsiplarning ikki-uchtasini qo‘shib, 
aralashtirib tazkira tuzgan mual lifl ar ham bor”
7

Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari kompozit-
sion tuzilish jihatidan ham yuqorida tasnifi berilgan tazki-
ralarga o‘xshamaydi. Undagi birinchi, ikkinchi, uchinchi 
majlislar xronologik tartibda yoritilgan. Beshinchi va ol-
tinchi majlislar esa jo‘g‘rofi y aqidaga amal qilib tuzilgan 
– Xurosonda yashaganlar va Xurosondan tashqarida 
yashaganlarga ajratilgan. Yettinchi majlis sulolaviy tazkira 
ko‘rinishiga ega bo‘lib, unda to‘planganlar temuriylar sulo-
lasining vakillaridir. Sulton Husayn Boyqaro she’riyati tahlil 
qilingan sakkizinchi majlis esa monografi k tadqiqot tarzida 
tartib berilgan.
Abduqodir Hayitmetov ushbu asarni “sifat jihatidan 
yangi tipdagi tazkira–antologiya” deya baholar ekan, 
hukm ron mafkura tazyiqi sabab bo‘lsa kerak, temuriy su-
lola shoirlari hamda Husayn Boyqaro adabiy mahora ti aks 
etgan yettinchi va sakkizinchi majlislar tahliliga maxsus 
o‘rin ajratmaydi.
Olim adabiyotning ijtimoiy vazifasi, unda mazmun va 
shakl birligi, an’ana, mahorat, til, adabiy mahorat, hayo-
tiylik, janriy xususiyatlar, ijodkorning xulq-axloqi kabi ma-
salalar Alisher Navoiy adabiy tanqidchiligining tub ma-
salalari ekanligini uning ilmiy va badiiy barkamol asarlari 
tahlili misolida isbotlaydi.
Alisher Navoiy adabiy-tanqidiy qarashlarining yana bir 
muhim xususiyati shundaki, shoir adabiyotshunoslik ning 
qay bir muammosiga to‘xtalmasin, unda, albatta, ijod-
korning axloqi masalasi ham muhim o‘rin egallaydi. Misol 
uchun “Badoye ul-bidoya” devoni debochasida Alisher 
Navoiy g‘azalning mazmun va tuzilishi jihatdan yaxlit 
bo‘lishi lozimligi, oshiqona kayfi yatlar bayoni ichida axloq-
qa, ma’rifatga doir fi krlarning bo‘lishi zarurligini uqtiradi. 
Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari shaklla-
nishida uning axloqiy dunyoqarashi ham muhim rol o‘yna-
gan. Abduqodir Hayitmetov masalaning bu jihatlariga ham 
alohida e’tibor qaratadi. Navoiyning “Majolis un-nafois” 
asarida biror shoirning she’riy ijodiga baho berilishidan ol-
din, avvalo, uning axloqi to‘g‘risida mulohaza bildirilganiga 
bir qancha misollar keltiradi.
Navoiy ham axloqiy qiyofasi, ham ijodi go‘zal bo‘lgan 
shoirlarga samimiy munosabatda bo‘ladi. Bu masalani 
yoritishda axloqi yolg‘on va adolatsizlikdan iborat bo‘lgan 
shoirlar guruhiga uning salbiy munosabati kuzatiladi. 
Masalaning ayni jihatlariga e’tibor qaratgan Abduqodir 
Hayitmetov “Majolis un-nafois”ning xalqchillik an’anasi-
da yaratilganligiga o‘nlab misollar keltiradi hamda Navoiy 
ada biyotshunosligi va tanqidchiligining muhim xususiyat-
laridan biri – qalam ahllari ijodiga nisbatan uning betaraf, 
xolis turishidir, degan xulosaga keladi. Bu asar faqat 
ada biy-tanqidiy ahamiyatga ega bo‘lmay, balki tarixiy, et-
nografi k ahamiyatga ham ega ekanligini yozadi: “Chunki 
unda o‘sha davr tarixi, urf-odatlari, shoirlardan boshqa 
davlat arboblari, ilm, madaniyat, san’at ahllari hayotini 
o‘rganishga doir muhim ma’lumotlar ham uchraydi”
8
.
Navoiy asarlarida turli adabiy janrlar – g‘azal, masnaviy, 
tuyuq, muammo haqidagi mulohazalar, ularning nazariy 
xususiyatlari to‘g‘risida qimmatli fi krlar bildirilgan. Bu fi krlar 
Alisher Navoiyning adabiy jarayonni, qayd etilgan janr-
larning taraqqiyoti va xususiyatlarini chuqur kuzatishi, 
umumlashtirishi natijasida maydonga kelib, zamonasi-
dagi adabiy tajriba, badiiy mahorat kabi masalalar bilan 
bevosita bog‘liq ekanligining ilmiy isbotlanishi Abduqodir 
Hayitmetov tadqiqotining jiddiy yutug‘idir.
Biroq Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rgani-
sh davomida olim ayrim muhim masalalarga e’tiborsizroq 
qaraydi. “Navoiy tanqidchiligida biz yana boshqa nar-
sani, ya’ni adabiyotning mayda-chuyda masalalari ustida, 
ba’zan badiiy asarning shakliga oid kichik masalalar ustida 
uzoq to‘xtalish, bahslashish kabi hollarni ham ko‘ramiz, – 
deb yozadi u va bunga misol qilib “Xamsat ul-mutahay-
yirin” asarida Hasan Dehlaviy she’ridagi o‘xshatish ustida 
kechgan bahsni misol keltiradi:
“Zihi darunam diro zamon-zamon batu mayli...” to bu 
baytga yetishtiki:

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish