87
Sovg‘a qanday taqdim etiladi?
O‘ziga bo‘ysunuvchilarga firma rahbari sovg‘a bermoqchi bo‘lsa,
xodimlarni bayramona
tushlikka taklif etib, yoki aksincha, rahbarni bayram bilan
tabriklash lozim bo‘lganida ham shunday yo‘l tutiladi.
Ammo berayotgan sovg‘a qimmatbaholigi bilan rahbarga xushomadgo‘ylik
qilayotgandek bo‘lib qolmasligi kerak.
Ayollar etiketni buzganda
Quyida esa ayol va erkak munosabatlarida ayollarning xatosi ko‘rsatiladi.
Hiringlash, stol atrofida lab bo‘yash, albatta, yaxshi emas. Bu erkak kishini stol
atrofida soch taraganiga o‘xshab xunuk ko‘rinadi.
Ishxonada ko‘cha so‘zlari, qo‘pol o‘xshatishlarni ishlatmang,
bu sizning
lug‘at boyligingiz kambag‘al ekanligini ko‘rsatadi. Ish vaqtida shaxsiy masalalar
yuzasidan telefonda gaplashish. Bunday suhbatlarni tushlik vaqtida amalga
oshiring.
Bayram ziyofatlari
Bayram yuzasidan uyushtirilgan ziyofatlarda hamkorlaringiz va birga
ishlayotgan xodimlar taklif etiladi. Bu bayramona kayfiyatda o‘tishi lozim.
Shunday bo‘lmagan taqdirda ham umumiy odamshinavandalikni saqlab qoling.
Boshqa notanish kishilar bilan ham ularga ma’qul bo‘lgan mavzularda
suhbatlashing.
Tabrik qog‘ozlari
Ko‘plab kompaniyalar bayram tabriklarini
otkritkalar orqali amalga
oshirishadi. Albatta, har bir xodimga iltifot ko‘rsatib bitilgan tabrik otkritkalari
chindanham diqqatga sazovor va bu xodimlarga bo‘lgan e’tibor ularning qalbiga
iliqlik olib kiradi. Shuning uchun otkritkalarni avval har bir kishi uchun alohida
tayyorlab, ularni xodimlarga taqdim etgan ma’qul.
Ish kunimiz qachon boshlanmasin, uning boshlang‘ich
asosi uy
sharoitidan: kayfiyatimiz, o‘zimizni qanday his qilishimiz, ko‘proq qanday hordiq
chiqarib, oiladagi munosabatlarga va h.k. bog‘liqdir. Chiroyli tabassum va
ertalabki salom-alik er-xotining yaxshi kayfiyatda bo‘lishida kuchli ta’sirga ega.
Ammo kayfiyat keyinroq ham buzilishi mumkin – yo‘lda, shahar transportida.
Vaqt tig‘iz bo‘lgan paytda avtobus, tramvay va trolleybuslardagi tiqilinch – asabga
tegishi, va o‘z yo‘lida kayfiyatning buzilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday
sharoitda kayfiyatni buzmaslik mumkinmi? Ha, mumkin. Har qanday cho‘g‘ olishi
mumkin bo‘lgan
janjalni mutoyiba, tabassum bilan yengish mumkin. Har qanday
sharoitda o‘z xatti-harakatni boshqarishga intilish lozim. Xushmuomala, tavozeli
bo‘lish, odamlarga tabassum qilish ham insonning o‘zida, ham boshqalarda yaxshi
kayfiyat uyg’tishga sabab bo‘ladi.
Muassasa xonasiga kirayotgan kishi eshikni taqillatmasligi kerak – bu
faqat ish bilan band bo‘lgan odamlarning asabiga tegib, diqqatini bo‘ladi. Odatda,
rasmiy muassasaning eshigi taqillatilganda raddiya hech qachon bildirilmaydi.
Rahbar xonasining eshigini agar kotiba bo‘lmasa, taqillatish lozim.
Agar rahbar
eshikni taqillatmay kirishni shama qilsa, bu qoidaga bo‘ysungan ma’qul.
88
Majlislar, yig‘ilishlar – agar uning ishtirokchilari behuda chiqishlar bilan
boshqalarning vaqtini olmasa, foydalidir. Tor doiradagi majlisda, agar begonalar
bo‘lmasa bir-biriga erkinroq munosabatda bo‘lish mumkin.
Majlis paytida
o‘g‘rincha konfet so‘rish yoki esnash mumkin emas. Erkaklar faqat rais ustki
kostyumini yechgandagina, o‘z kostyumlarini yechishlari mumkin. Yon verida
o‘tirgan kishi bilan bir og‘iz gap bilan so‘zlashib olish mumkin, ammo suhbat olib
borish yaramaydi.
Aytaylik, sizning kasbdoshingiz ko‘p chekadi. Shu tufayli u xonaning tez-
tez shamollatilishiga norozilik bildirmasligi kerak. Yoki uning o‘zi buni nazoratga
olishi lozim. Chekuvchilar yashash huqiqa ega,
ammo chekmaydiganlar bu
huquqdan mahrum degani emas. Xodimlardan biri davo uchun ko‘p sarimsoq
piyoz iste’mol qiladi. Ammo, boshqalar bunga chiday olmaydilar. Agar davolash
uslublarini xush ko‘radigan bunday shaxs “dori” ning hidini ketkazadigan
narsalardan foydalanmas ekan, unda bunday davolash
uslubidan voz kechishiga
to‘g‘ri keladi.
Xodimlar ichida ozodalikning “kasallari” bo‘ladi. Ular hamisha bir nimani
tozalash, artish bilan shug‘ullanadilar. Ozodalikning ortiqcha mulozamati uning
aksi bo‘lmish yuvinishga ko‘p vaqt ajratmaydiganlar kabi yoqimsiz his uyg‘otishi
mumkin. Agar bu ayol yosh bo‘lsa, suv mo‘jizalar yaratish qudratiga ega
ekanligiga ishora qilish mumkin. Yoshi kattaroq odamga bunday deyish noqulay.
Do'stlaringiz bilan baham: