98
yaramaydi: “Menimcha bitta motor ishlamayapti
”, yoki sizga ma’lum bo‘lgan
havo yo‘llardagi falokatlarni eslab o‘tirish: “O‘shanda ob-havo xuddi shunday
ochiq edi
” qabilidagi voqealarni aytish yaramaydi.
Avtomashinada kezish – bu ham o‘ziga yarasha
qoidalarga amal qilishni
talab qiladi. Eng yaxshi joy – haydovchining yonida. To‘g‘ri, bu sal xavfliroq,
ammo qiziqarli. Bu joy ikki kishiga mo‘ljallangan. Birinchisi – mashina egasining
rafiqasi, qolganlar esa orqa o‘rindiqda o‘tiradi. Ammo mehmonga ixtiyor
berganingiz ham ma’qul, unga orqa o‘rindiq yoqishi mumkin. Demak, ikkita
“mezbon” – oldinda va ikkita mehmon – orqa o‘rindiqda. Ba’zida esa mashina
egasining yonida erkak mehmon o‘tiradi, ayollar esa – orqa o‘rindiqda. Ikkala
variantni mehmonlarga tanlash orqali tavsiya etgan ma’qul.
Bir paytlar ayol kishini olib ketayotgan haydovchining vazifasiga eshikni
ochib berish kirar edi. Buning
uchun u rulni tashlab, mashinaning boshqa tarafiga
aylanib o‘tib, ayolga chiqishga yordam berar edi. Hozir bunday emas. Ammo u
chiroyli ko‘rinishga ega. Ko‘p hollarda esa haydovchi biroz cho‘zilib eshikni ayol
uchun ochib yuboradi. Bugun esa bunday harakat faqat yaqin qarindosh yoki
yoqqan ayolga nisbatan ishlatiladi. Doimo erkak-haydovchi ayol kishining yukini
olib berishi shart. Haydovchining yonida o‘tiradigan yo‘lovchi o‘z zimmasiga bir
qancha majburiyatlarni oladi. Haydovchi tormoz berib mashina silkinganida,
qo‘rqib ketgan bo‘lsangiz ham “Esing joyidami?!”
qabilidagi hayqiriqlarga
o‘xshash tanqidiy gaplardan o‘zingizni tiying. Yo‘lovchilar haydovchiga to‘liq
ishonch bildirmoqlari lozim. Zaruratsiz to‘xtatishni so‘ramagan yaxshi. Bunday
masalalarni haydovchining o‘zi hal qiladi. Tanishingizdan sizni ishxonangizga
“tashlab” o‘tishni yoki dam olish kunlari siz bilan aylangani chiqishni iltimos
qilmaslik kerak. Bunday takliflar faqat haydovchi tarafidan bo‘lishi lozim. Garchi
shoshilinch bo‘lsa ham, mozor va turli ziyoratgohlar yonidan past tezlikda
o‘tayotgan haydovchidan “tezlatishni” so‘ramaslik joiz. Milliy odatlarimizga
binoan bunday joylardan o‘tayotgan otliq, otdan, umuman, egardan tushib sekin
o‘tgan. Agar sizni yo‘lakay yetkazib qo‘yishgan bo‘lsa-yu, kira haqini kelishmagan
bo‘lsangiz, taxminiy ketadigan qiymatni berish mumkin. Ba’zilar buni rad etadilar
– bu ularning ishi.
Shaxsiy mashina qoidaga binoan, berib turilmaydi. Zarurat
yuzasidan maxsus vaziyatlarda tanishingizdan kasalxona yoki vokzalga olib borib
qo‘yishni so‘rash mumkin. Tanishingiz uyidan mehmonlar bilan chiqar ekansiz,
mashina egasi ularga olib borib qo‘yishni taklif etadi. Agar, masalan, besh kishi
bo‘lsa, mashinaga faqat uchta kishi sig‘adi, kim ketishni esa o‘zlari hal qiladi.
Davlat haydovchisi haydaydigan xizmat mashinasining orqa o‘rindig‘i eng nufuzli
joy hisoblanadi. Agar rahbar haydovchining yoniga o‘tirsa, tavozelik qilgan
bo‘lardi. Rahbar xodimini haydovchining yoniga o‘tkazib, o‘zi orqaga o‘tirib olsa,
g‘alati ko‘rinadi. Uning orqa o‘rindiqda xodimasi bilan yoki haydovchining yonida
o‘tirish bilan obro‘si tushmaydi.
Agar taksida “Chekilmasin” degan e’lon yopishtirib qo‘yilgan bo‘lsa,
yo‘lovchi bunga bo‘ysunishi lozim, o‘z o‘rnida esa haydovchi ham yo‘lovchining
oynani yopib qo‘yish iltimosini bajarishi lozim. Taksiga o‘tirayotgan yo‘lovchi
haydovchi bilan ko‘rishadi. U ham alik oladi. Ikkita yo‘lovchidan ayol kishi