101
Ularni
topolmagan taqdirda, uzr so‘ragan holda, yo‘lovchilarga murojaat qilsa
bo‘ladi. Kerakli ma’lumotga ega bo‘lgandan so‘ng, tashakkur bildirish odobdandir.
Agar sizdan ko‘chada biror – bir narsa so‘rashsa, tavoze’ bilan aniq, ravshan va
qisqa javob berish kerak. Uzoqdan-uzoq tushuntirishlar bilan murakkablashmagan
ma’qul. Ko‘chada ovqatlanish odobga to‘g‘ri kelmaydi. Yaqin-atrofdagi restoran,
bufet yoki qahvaxonaga kirgan ma’qul. Bolalar oldida o‘zingizni madaniyatliroq
tuting (garchi o‘z farzandlaringiz bo‘lmasa ham) – har qanday katta yoshdagi odam
o‘zi istar-istamas yonida turgan bolalarga ta’sir qila olish xususiyatiga ega.
Ko‘chada ayolning
chap tarafidan yuriladi, agar ikkita erkak bo‘lsa,
chapdan yoshrog‘i yuradi. Agar yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilayotgan bo‘lsa,
erkak trotuardan tashqarida yuradi. Agar uchta bo‘lib ketayotgan bo‘lsangiz,
o‘rtadagi joyni nufuzliroq odamga beriladi. Masalan, professor ikkita talaba
o‘rtasida, ayol kishi ikki erkak o‘rtasida, ikkita ayolnining o‘rtasida bitta erkak
yuradi. Bunday vaziyatda har bir ayol uchun erkak tayanch vazifasini o‘taydi
hamda suhbat ham jonliroq bo‘ladi. Agar to‘rtta bo‘lib ketayotgan bo‘lsalar juft
bo‘lib olganlari yaxshi. Yoshi kattaroqlari oldinda, yoshlar orqada. Beshta
bo‘lsalar – biri uchtadan, ikkinchisi ikkitadan bo‘linib olishadi. Zinapoyadan
ko‘tarilayotganda erkak ayoldan kerak bo‘lganda qo‘llab turish uchun bir pog‘ona
pastroq ketadi. Zinapoyadan tushayotganda esa ayol
qoqilib ketganida ushlab
qolish mumkin bo‘lgan masofada tushadi.
Tarbiyali kishi ko‘chada:
iflos qilmaydi, tuflamaydi, qo‘li bilan ko‘rsatmaydi;
bolalarga baqirmaydi;
do‘sti bilan gaplashish uchun yo‘lning o‘rtasida turib olmaydi;
gazonlar bo‘ylab yurmaydi, yeyilgan qoldiqlarni tashlamaydi, danaklarni
tuflamaydi, pista chaqmaydi, radio yoki magnitofonni barlla ovozga qo‘yib
yurmaydi.
yo‘l qoidalariga nisbatan mensimaslik hissi nafaqat hayot uchun xavfli,
balki shundoq ham qiyin bo‘lgan haydovchi ishini og‘irlashtiradi. Shu
bilan birga, haydovchilarning ham yo‘lovchilarga loy yoki iflos suvni
sachratib ketishlari o‘ta madaniyatsizlikdir!
Ko‘chada uchrab qolgan tanishdan “Qayerga ketyapsan?” deb so‘roqqa
tutish va bir o‘zi ketmayotgan kishini yo‘lda to‘xtatish yaxshi emas. Erkak doimo
ayolni o‘tkazib yuboradi (G‘arbda), bizda esa aksi. Yo‘l qiyin bo‘lsa, barcha joyda
ham ayol kishiga yengillik tug‘dirish uchun erkak oldinda yuradi.
Yonida
ketayotgan ayolning og‘ir sumkasi yoki jamadon, portfelini ko‘tarib ketishi
mumkin, ammo ayolning sumkasi yoki yomg‘irpo‘shini olib yurish erkak
kishishga yarashmaydi. Ayol ustki kiyim yoki plashini o‘zi bilan olib yuradi.
Yig‘ilgan yomg‘irpo‘shni olib yurishning qoidalari qanday?
Ayol yomg‘irpo‘shning uchidagi ipini qo‘liga ilib oladi. Erkak chap
yelkasiga osiltirib yoki hassaga o‘xshab qo‘lida olib yuradi. Uni nayzaga o‘xshatib
olish yaramaydi, birovga tegib ketishi mumkin. Ochiq holdagi yomg‘irpo‘shni
birovning boshiga yoki boshqa narsaga ilib olmaslikka harakat qilish lozim. Yer
osti yo‘laklarida yomg‘irpo‘shni yopib olgan ma’qul.
102
Kiyimga esa e’tiborli bo‘lganimiz yaxshi. Avvalambor
ozoda va batartib
bo‘lish lozim. Yalang oyoqqa sandallar faqat dam olish maskanlarida kiyiladi.
Kostyum bilan hech qachon qo‘lqop kiyilmadi, u faqat plash yoki paltoga moslab
kiyiladi. Ko‘chada qizlarga yosh yigitlarning “gap otishi”, qizlarning barallla qah-
qaha otishlari o‘z tarbiyasining noqisligini ko‘rsatadigan holatdir. Yo‘lda o‘tib
ketayotgan kishiga “Kiyimingizga ip yopishib qolibdi” yoki “Paltongizga loy
sachrabdi” degan gaplar garchi yordamga o‘xshab ko‘rinsa ham, adabsizlik
belgisidir. Ammo ayolning sumkasi ochilib qolganini, sigaretning kukuni erkakni
kiyimga tushib cho‘g‘ otganini aytish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: