Kafe, restoran
Restoran yoki kafeda ayol bilan uchrashishga kelishib olgan erkak aytilgan
vaqtdan biroz vaqtliroq borib o‘tirishi lozim. Ammo ma’lum bir sabablar bilan
erkak uchrashuvga biroz
kechikib kelsa, bundan fojea yasash noo‘rin. Erkak
kechikkani uchun uzr so‘rab, sababini tushuntirishi shart, ayol esa – buni kechirib,
o‘z kayfiyatini buzmaslik uchun “qovoq solmay” o‘tirgani ma’qul.
Agar restoranda bir necha odamlar uchrashmoqchi bo‘lsalar, kechikkanlar
20 daqiqadan ortiq kutilmaydi. Ba’zi qiz va ayollar kafe yoki restoranga kirishdan
ko‘ra, ko‘chada uchrashib keyin borishni afzal biladilar. Bu paytda erkak o‘z
vaqtida kelishi shart. Kafe yoki restoranga birinchi bo‘lib ayol kiradi, erkak bosh
kiyimini yechib kiradi va faqat chiqayotganda kiyib oladi. Stolning devorga tirab,
restoran zaliga qaratilgani eng qulayi hisoblanadi. Agar zalning markazida o‘tirgan
bo‘lsangiz, ayol uchun eng e’tiborli joy chiqishga qarab o‘tiradigan joydir.
Bo‘sh joy qolmagan taqdirda, ofitsiantlarga murojaat qilgan ma’qul. Band
bo‘lganini eshitgan joydan joy talab qilish yaramaydi. Kafeda tanishingiz oldiga,
garchi sizga notanish bo‘lgan odam bilan o‘tirgan bo‘lsa ham, o‘tirish mumkin.
Ammo restoranlarda mumkin emas – sizdan maxsus iltimos qilishsagina bu istisno
hisoblanadi. O‘tirganda yoningizdan o‘tib ketayotgan tanish bilan turmasdan ham
ko‘rishish mumkin, ammo siz murojaat yoki aksincha,, u sizga murojaat
qilayotganda, albatta, turish kerak bo‘ladi. Agar tanish bir ikki og‘iz so‘z uchun
yoningizda to‘xtagan bo‘lsa, uni oldingizda o‘tirganlarga tanishtirmasa ham
bo‘ladi. Ammo suhbat cho‘zilib ketsa, dasturxonga taklif qilgan, yoki uzr so‘rab
tanishingiz stoliga o‘tib olgan ma’qul. Agar tanishingizni dasturxonga taklif
qilmoqchi bo‘lsangiz, uni albatta, yoningizdagilarga tanishtiring. Ofitsiantdan siz
bilmagan taomni tushuntirib berishni so‘rashdan uyalmaslik lozim. Taomlarning
nomi ko‘p va biz ularning hammasini bilishimiz shart emas. Restoranda likop
ustiga qo‘yilgan sochiqni tizzaga yoyish shart. Agar tizzadan sirg‘alib tushib ketsa,
uni birovga oldirmagan yaxshi. Hech kimga bildirmagan holda olishga harakat
qilish joiz. Ketayotganda esa sochiq stolga qo‘yib turiladi.
Ba’zida taomga qo‘shimcha tarzda bodring va pomidordan kesib qo‘yilgan
gazaklar qo‘yiladi. Uni olib idishga solish shart emas. Go‘shtga qo‘shib likopning
o‘zidan olib eyaveriladi. Sherigimiz hali taomni tugatmasidan avval ofitsiantdan
hisobni so‘rash unga nisbatan bepisandlik sifatida qabul qilinadi. Tasodifan
uchratib qolingan tanish ayol bilan kafega kirilsa, har kim o‘zi uchun to‘laydi.
Ya’ni: Ayol ofitsiantni chaqirib bergan buyurtmani aytadi va hisobni o‘zi to‘laydi
erkak ham xuddi shu tarzda ish ko‘radi Restoranda avval kim o‘rnidan turadi?
Kim uchrashuvni tashkillashtirgan bo‘lsa, shu odam avval o‘rnidan turadi. Agar
dasturxon ikki kishiga yozilgan bo‘lsa, taklifni birinchi erkak qiladi, ayol esa uzrli
sabablar bo‘lgandagina, soatga qarab: “Vaqt bo‘ldi”, deb o‘rnidan turishi mumkin.
97
Do'stlaringiz bilan baham: |