2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113
Bog'liq
Etiket

Kelin bo‘lish odobi:
Biz o‘zbeklarning turmush tarzimizda ajoyib udum – 
kelinlik bo‘lib, bu nafaqat kelinning o‘zi, balki yoshi kattalar uchun ham muhim 
xususiyat kasb etadi. Ba’zilar uchun bu hayotning ma’nosiga aylanib qolganligi 
hayron qolarli emas. Kelin odobi — yangi xonadonda hamisha samimiy va halol 
bo‘lish, rostgo‘ylik va o‘zini tuta bilish, so‘zlashish va muosharat, kuyov 
xonadonidagi oila a’zolari bilan til topishib ketish, hurmatini qozonish, kamtarlik, 
saranjom-sarishtalik kabilarni o‘zida qamrab olgan. 
Momolar, yangalar o‘giti: “...Kelin bo‘ldingiz, umr yo‘ldoshingizni jon 
dildan seving, unga vafodor va sadoqatli bo‘ling, kelin bo‘lib kelgan 
kuningizdanoq yangi oilangizning hamma yumushiga aqlingiz, kuchingiz 
yetganicha qarashing, mehnatda pishiysiz, qadr topasiz, hurmatli bo‘lasiz.
Bilmaganlaringizni o‘rganishga intilishingiz ham sizga nisbatan mehr 
uyg‘otadi. Qaynota va qaynonangizni hurmatini joyiga qo‘ying”. 
Har tongda kelinning salomidek ko‘ngilni ko‘taradigan narsa bo‘lmasa 
kerak. Muomalaning har qanday sharoitda ham muloyim va e’tiborli bo‘lishi, 
tabassum va mayinlik bilan gapirishi lozim. “Kechagina kelib”, hamma gapga ham 
aralashaverish, kattalarni boshqarishga intilish, keksalar oldida bolalarni urushish, 
“o‘zini uddaburonligini” barchaning oldida ko‘z-ko‘z qilish, boshqalar oldida “kim 
qiyin hayot kechirayotgani” borasida musobaqa o‘ynash – bechoradan olib o‘zini 
bechoraga solish – atrofdagilar nazarida juda xunuk ko‘rinish kasb etadi.
Milliy qadriyatlarimizdan biriga aylangan Islom dinida ayol kishining ikki 
majburiyati belgilangan – birinchisi turmush o‘rtog‘ining ko‘nglini olish, 
ikkinchisi – agar sog‘lig‘i bunga yo‘l bersa, farzand ko‘rish hisoblanadi. Hammaga 
yoqish, uy, ro‘zg‘or bo‘yicha kuyib-pishish birinchi navbatda turmaydi. Demak, 
kelin avvalambor uni baxtli qilishi mumkin bo‘lgan turmush o‘rtog‘iga e’tiborli 
bo‘lishi zarur. Eriga haqoratomuz yoki qattiq tik boqish, zarda qilish, bo‘lar-
bo‘lmasga gap talashaverish, uni pastga urish kelajakda oilaning “darz” ketishiga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Erkak kishi buni unutmaydi. Kamsuqum va mehribon 
1
Қаранг Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Ўзбекистон миллий файласуфлари жамияти. – Тошкет, 2010. 297-б. 


108 
bo‘lish, umr yo‘ldoshni ko‘chadan uyga tortadi. Xalqimizda "Chiqqan qiz — 
chig‘iriqdan tashqari" degan ibora bor. Oila qurdingizmi, demak, shu xonadon 
sizning uyingiz. Huda-behudaga uyni tashlab ketish, o‘zini ota-ona, kelini va aka-
ukalar oldida mazluma qilib ko‘rsatish uchun gap tashimang, qo‘ni-qo‘shniga, 
qarindosh-urug‘ga, 
dugonalarga 
yangi 
oila, 
ro‘zg‘or, ayniqsa, shaxsiy 
munosabatlar haqida barcha narsani gapirish, xullas siringizni tashqariga chiqarish 
yaramaydi. Barcha sizga achinadigan, o‘z oilasini omadsiz keliniga qaragandek, 
hatto ular sizni ota-onangiz bo‘lsa ham, qarashlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Qo‘ni-qo‘shnilarga, onaxon-otaxonlarga, katta-kichikka hamisha ochiq 
chehra, aql-farosat bilan muomala qilish nafaqat boshqalarda, balki insonning 
o‘zida ham ko‘tarinki kayfiyatni paydo qiladi. Albatta, kechagina bola bo‘lib 
yurgan qizlarning birdan uy bekalikning talablariga javob berishi juda qiyin 
masala. Demak, har qanday sharoitda ham kelinlar o‘zlarini unutmasligi lozim. 
Bunda biz jismoniy – salomatlik bilan bog‘liq, ruhiy, axloqiy va estetik jihatlarni 
nazarda tutyapmiz. 
Jismoniy salomatlik – tibbiy yordamni unutmaslik, o‘zini tibbiy 
madaniyatga ega ekanligi, yaxshi ovqatlanishi, xullas, doimo sog‘lig‘ini nazorat 
qilab turish lozim.
“Sog‘liqni saqlash san’ati odam gavdasini uning munosib va yoqadigan 
narsalarini saqlash orqali o‘sha tabiiy ajal (kasallik bilan bog‘liq bevaqt 
o‘limlarning oldini olish – uzoq umr ko‘rishga intilish. F.A.) deb ataladigan yoshga 
yetkazishdan iborat”.
1
Axloqiylikka kelsak – ba’zida kattalarning xatosi yoshlarni noto‘g‘ri 
yo‘ldan yurishi – yolg‘onchi, g‘iybatchi, noshukr hamda hiylakor bo‘lib qolishiga 
sabab bo‘ladi. Oilani bunday yo‘llar bilan saqlab qolishingiz mumkin, ammo 
keyinchalik kimga aylanib qolishi mumkinligi borasida o‘ylab qo‘ygan ma’qul. Bu 
kelajakda farzandlarga ham ta’sir qilishi tabiiy: 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish