121
Kelinlik vazifasidan tashqari, qaynona va qaynotalarning ham vazifasi
borligini unutmang. Bir nima olishdan asosiysi – mehringizni ayamang. Uy va
o‘g‘lingizni ro‘kach qilavermang. Minnat farzandning shaxsiyatiga tegadi. Ota-ona
minnatni kechirishi mumkin, lekin farzand
Chunki ot
ona o‘g‘liga bog‘liq
bo‘lishni baxt deb biladi, ammo farzand ota-onaga bog‘liq bo‘lishni umuman
xohlamaydi. O‘g‘lingiz bo‘lmasa, u boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin
edi. Uyi bo‘lmasa, o‘g‘lingizga qiyin bo‘lardi. “Mening davrimda
” yoki “Men
unday qilardim, bunday qilardim” degan gaplarni kamroq aytgan ma’qul. Agar
yoshlarni o‘z hayotlaridan mamnun bo‘lishlarini, shukr qilib yashashni
o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz – o‘zingiz namuna bo‘lishingiz lozim. Bolalar doimo
bolaligicha qoladi. Ular sizning so‘zingiz bilan amalingiz qandayligini
solishtiradilar. Bolalarni doimo duo qiling. Kattalar kichiklarga bizda rahmat
demaydilar. Ammo yaxshi niyat bilan qilingan samimiy duo kuchliroq ta’sirga ega.
Ba’zida ota-ona oldida o‘tirib, ularning ko‘nglini oling, hadyalarni o‘zingiz
qiling, kelin o‘zi topshirgan sovg‘aning, (garchi sizning hisobingizdan bo‘lsa ham)
siz topshirgan sovg‘adan yer bilan osmonchalik farqi bor.
Qaynonalarga bir necha maslahatlar: juda ko‘p narsa qaynonalarga bog‘liq.
Yoshlarning hayotiga aralashuvni kamaytirishlari maqsadga muvofiq. O‘zingizni
tanbeh beraverishdan tiying. Keliningiz yoki kuyovingizdan onalik da’vo qilmang
(har holda ona bitta bo‘ladi). O‘g‘il oldida kelinni, qiz olida kuyovini “muhokama”
qilish munosabatlarni yanada ziddiyatlashtiradi. Hadeb shikoyat qilavermaslik
kerak. Minnatdorlik tuyg‘usi nima ekanligini bilmagan ota-onalar o‘z
farzandlaridan buni kutishlari qiyin masala. So‘ralmagan tanbeh yoki buyruqlardan
o‘zni tiyish zarur. “Xonangiz betartib” yoki “Idishlarni darhol yuvib qo‘yish
kerak” qabilidagi “maslahatlar”” – birovning hayotiga aralashuvdir. Garchi yoshlar
bizga yaqin bo‘lsalar-da, ularning o‘z hayotlari va oilalari borligini unutmaslik
joiz. Bu esa ota-onalarning ham o‘z hayotlari bor ekanligini anglatadi. O‘z
hayotining davomini bolalarda davom ettirmaslik lozim. Ular o‘z hayoti uchun
o‘zlari javob berishlari, o‘zlari yashashlari joiz. Ushalmagan orzular yoki
armonlar, alam va ginalar bolalar hayotiga “o‘tib” ketmasligi zarur. Agar bolalar
bilan yashash qiyin bo‘lsa, bu – ota-onaning aybi. Bola tarbiyasida qandaydir xato
o‘tgan. Shaxs bo‘lib voyaga yetgandan so‘ng, o‘zi ota-onalikka da’vo qilayotgan
bir paytda bunday aralashuv befoyda. Men bolam uchun qayg‘uryapman qabilidagi
“bahonalar” sizni hamon tinch qo‘ymayotgan nafs ekanligini unutmang. Bunday
holatda Zigmund Freydning “sublimatsiya” nazariyasi qo‘l keladi. Nafsni boshqa –
ijobiy tomonga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Ya’ni o‘z hayotingizni yo‘lga
qo‘ygan ma’qul. Kerakli muolajalar, sanatoriy yoki dam olish maskanlari, chiroyli
shaharga sayohatlar, kitob mutolaasi – xullas, o‘zini xursand qilishning yo‘llari
ko‘p. Shunday qilingki, bolalar sizga talpinsinlar, siz ularga emas.
Do'stlaringiz bilan baham: