2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
Uy. 
O‘zbek xalqida “O‘z uyim, o‘lan to‘shagim!” degan maqol bejiz emas, 
albatta,. Butun umrimizni yashash joymizni chiroyli va qulay qilishga intilamiz. 


114 
Shuning uchun ishlaymiz, tejaymiz. Zero o‘zbek xalqi mehmondo‘st xalq. Birov 
kelasa, uyat bo‘lmasin qabilida tirishib-tirmashadi. Chunki uyga kelgan mehmon 
mezbonning uy tutishidan uning kimligini bilib oladi. Ammo eng katta muammo 
uyga kelin kelganda boshlanadi. O‘zining hayot tarzi va tartib-qoidalari bilan kelar 
ekan, bu bilan bevosita paydo bo‘lgan mayda ziddiyatlar, tushunmovchiliklarni 
chetlab o‘tish juda qiyin. 
Xo‘sh qanday qilib bu masalani hal qilish mumkin? 
Buning uchun, avvalambor, uyning o‘zi toza va batartib bo‘lishi lozim. 
Barcha narsalarning o‘z joyida turishi va hamma bu tartibga amal qilishi lozim. 
Ertalab har joyda yoyilib yotgan narsalar kayfiyatni ko‘tarmasligini o‘zingiz ham 
yaxshi bilasiz. Yaxshi osilmagan yoki taxlanmagan ko‘ylak er-xotini asabini buzsa, 
joyiga qo‘yilmagan narsalar qaynona-qaynotani sizdan norozi bo‘lishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. 
Uydagi tartib faqat ayolga bog‘liqmi? 
Ham to‘g‘ri ham noto‘g‘ri. Qadimdan erkak oilasini boqish uchun 
ko‘chaga chiqar, ayol esa – uyga, bolalar tarbiyasi bilan shug’ullanar edi. Hozirgi 
davrga kelib esa

Halol oila ro‘zg‘orini tebratish uchun bir erkakning ishlashi 
yetarli emas. Talablar o‘zgargan. Hozirda bir farzandning o‘zini kelajagini qurish 
uchun faqat to‘qqiz yillik o‘qishnining o‘zi yetarli emas.
Uyimizning ichki ko‘rinishi, tabiiyki bizning odatimiz va didimizga 
bog‘liq. Asosiysi, biz va oila a’zolarimiz o‘zini qulay va shinam joyda his qilishni 
ko‘zda tutish lozim. Shunga qaramay, siz e’tiborga oladigan bir qancha masalalar 
bor. Aytaylik, uyni narsalar bilan to‘ldirib tashlab, uni magazinga o‘xshatib 
qo‘ymaslik lozim. 
Uyni yasatish va saranjomlashda derazalarga alohida e’tibor berish kerak. 
Hohishga qarab ular orqali xonani kengaytirish yoki, aksincha, kichraytirish 
mumkin. Derazalarni jonli rasmga aylantirish mumkin. Yoki ularni musavvirlik 
bilan drapirovka bilan berkitish mumkin... Har qanday holatda ham derazalar sizni 
butun olam bilan bog‘lab tursin va uyga imkoni boricha ko‘proq toza havo kiritib 
turish kerak.
Agar farzandlar bo‘lsa (ayniqsa, go‘daklar), bolalar yashayotgan joyda 
mebel jihozlari va uyning umumiy saranjomligi, kichik odamchalarning erkin 
harakatlanishi va tabiiy o‘sishiga halaqit bermasligi lozim. Diqqat qiling: agar siz 
bolalarga haddan ziyod tanbeh berayotgan bo‘lsangiz, (Tegma! Chiqma! Yugurma! 
va h.k.) aybdor bola emas, mebel joylashuvining uquvsizligi (yoki sizning 
qobiliyatsizligingizdir). Har qanday uyda asosiysi har holda narsa emas (qanday 
qiymatga ega bo‘lishidan qat’i nazar) – inson. Shu bilan birga o‘zingiz, 
yaqinlaringiz, qariyalaringiz, farzandlaringiz ham. Buni yoddan chiqarmaslik 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tanishlarni uyni boylik va qimmatli jihozlar bilan to‘ldirib hayratga 
solishga intilmagan ma’qul. Qimmatbaho va zamonaviy jihozlar uyda doimo 
shinamlikni yaratmaydi. Ba’zida buning aksi bo‘lishi ham mumkin. 
Boshqa tomondan esa, uyni eski narsalar bilan to‘ldirib tashlamaslik ham 
lozim. Ayniqsa, agar ulardan anchandan beri foydalanilmayotgan bo‘lsa. Hech 


115 
bo‘lmaganda bir yilda bir marotaba uyni eski kerakmas narsalardan bo‘shatib 
turish maqsadga muvofiq. 
Oshxona, vannaxona va hojatxonani alohida tozalikda saqlash lozim. 
Har qanday uyni gullar go‘zallashtiradi. Ayniqsa, yangi uzilgan, chiroyli 
tanlangan guldastalar, quruq o‘t va gullar majmuasi, turli xonadon gullari bo‘lsa 
nur ustiga a’lo nur. Bu yerda hayolotingizning imkoniyatlari cheksizdir. Ammo 
gullar boshqa barcha narsalar kabi uyda ozodalik, e’tibor va parvarishni talab 
qiladi. Faqatgina ulardan haqiqiy xayolot va san’at asari darajasiga ko‘tarila 
oladiganigina xonangizni yasatishi mumkin. Lekin oshirib yubormaslik ham joiz. 
Uy hayvonlari – akvarium baliqlari, mushuk, qushlar va h.k. – nafaqat uyni 
o‘zgartirib yuboradi, iliqlik va jon bag‘ishlaydi, balki o‘ziga xos tarzda uyga oro 
beradi (gullar kabi). Ammo jonzotlar bo‘lgan uyda yoqimsiz hidlarning bo‘lishi 
yomondir. Uy hayvonlari va uning egalarining doimiy ifloslik va betartiblikda 
bo‘lishi undan ham yomonroq.
Ko‘pchilik erkaklar ayollar “yaxshi pul topa boshlasalar” oila 
boshqaruvining o‘z qo‘llariga oladilar degan hadik mavjud. Bo‘lmagan gap. Bu 
erkakka bog‘liq. Mamlakatimizda ayol kishining daromadi qanchaligidan qat’i 
nazar uning buromadi bilan erkak shug‘ullanadi. Boshliq ham-u. Lekin bu degan 
ayolning ishga “sho‘ng‘ib” ketishi degani emas. Ayolning ishi oilaga halaqit 
bermasligi lozim. Bolalarni ozoda bo‘lishi, batartib ish yuritishi, munosabatlar – 
bularni rivojlantirishning barchasi ayolning zimmasida. Erkaklar esa “ishlab 
keldim” deb, faqat shoir iborasi bilan aytganda “tirik hamyon” vazifasini o‘tashi 
yaxshi emas. Bu ayolni ham jismonan, ham ruhan toliqtiradi. Uydagi og‘ir ishlar, 
bozor-o‘char ko‘proq erkakning zimmasida. Agar bunga imkon topa olmasa, ayol 
uchun sharoit yaratib berish lozim. Texnik masalalarda – issiq va sovuq suv, 
ayolga yordamchi mashinalar – go‘sht maydalagich, kir yuvadigan mashina va h.k. 
Zero ular ketadigan vaqt hamda mehnatni tejaydi. Ammo ularning yo‘qligi 
ozodalik va tartiblilikning bo‘lmasligi degani emas. Har qanday sharoitda 
yashayotgan ayolning uyiga kirib borgan kishi uning sharoitiga emas, uy tutishiga 
baho beradi. Barcha narsalar va shroit mavjud bo‘lgan uydan ko‘ra, kichkina 
xonalar bo‘lsa ham odmigina sharoitsiz uy ham chiroyliroq ko‘rinish kasb etishi 
mumkin. Shu sababdan, ba’zida uyingizga kirgan mehmonlar “uyingiz shinamgina 
ekan

a?!” deyishlari bejiz emas. Ammo faqat “Odamlarning ko‘ziga” uyni tutish 
yaxshi emas. U yerda siz yashaysiz. Hurmat, avvalambor, o‘zidan boshlanadi. 
Avvalambor, o‘ziga va oilasiga qulaylik tug‘dirgan odamdan oqil odam yo‘q. 
Batartib oilada yashagan bola ham ozoda bo‘ladi. U ota-onasidan qanday 
qilib kelishuv asosida oila boshqarishni o‘rganadi.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish