Adolat o’zi nima?U qanday tushuncha?Bu tushunchani pedagogika taraqqiyotiga qanday tadbiq etish mumkin?



Download 21,55 Kb.
Sana27.01.2020
Hajmi21,55 Kb.
#37745
Bog'liq
Tarbiyalanganlik

Tarbiyalanganlik-milliy urf-odatimiz mezoniga kirmagan ,o’zgalarning nafratini qo’zg’atadigan xatti-harakatlardan o’zini tiya bilish.

Bolaning xarakterini,tarbiyasini,uning or-nomusini,sharm-hayosi kabi nozik tuyg’ularning tarbiyalanganlik darjasini bilmay turib ,bir daniga jamoa orasida uyaltirish,yaxshi o’ylab ko’rmaslik,yoki jahl ustida tinimsiz (tan jarohat yetkazish) kaltaklash mumkin emas.Sizning tanlagan jazo chorasi o’quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga,boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bolishi kerak.

Jazo adolat me’zomig atayanib qo’llanmog’i lozim.Zero bu qo’llagan jazo usulimgiz o’quvchining sha’niga,g’ururiga va uni ruhiy azob uqubatlarga solmasligi nazrda tutilishi kerak.

Agar bu jazousullari samara bermasa ,u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma’muryati va jamo hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqish kerak.

Bugungi kunda pedagogika fani ham , amaliyoti ham takomillashib bormoqda.Shuningdek tarbiya jarayoni ham zamon talablariga javob beradigan darajada takomillashib bormoqda.

Adolat o’zi nima?U qanday tushuncha?Bu tushunchani pedagogika taraqqiyotiga qanday tadbiq etish mumkin?



Adolat- hayotiy masalarni axloqiy va huquqiy normalarga rioya etgan holda hal etish.

Adolat tushunchasi bilan bog’liq jihatlar keng qamrovli bo’lib,adolatli inson,adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi.Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat adolat tamoyilig amal qilgan holda ish olib boorish,yo’l tutish va faoliyat yuritish demakdir.bu tushunchaning mohiyatini oilada farzand tarbiyasi jarayonida uchraydigan quyidagi hayotiy masalarning yechimi asosida qaraylik.

Masalan-Aka dars qilayotganda ukase oyoq tagida g’ing-g’ing lab mashina o’ynayverdi.Akasi bir –ikki bor ukasiga boshqa uyga chiqib o’yanashini iltimos qildi.Ammo ukasi quloq solmadi.Akasi mashinani eshikdan uloqtirdi.bundan xafa bo’lgan uka “akam urdi” onasiga yig’lab bordi.ona kichik og;ilni gapiga kirib kata o’gilini koyidi va bir shapaloq tortib yubordi.Bu holatni ko’rgan kichik o’gil hursand.Ona ham kichik o’glinining yuzidagi tabassumini korib boshi osmonga yetgan xolda chiqib ketdi.

Masala ona tomonidan tomonidan adolatli hal qilindimi?

Adolat ta’rifiga murojat qilib ,bu hayotiy masalani tahlil qiladigan bo’lsak ,akaning ham axloqiy ham huquqiy normalari poymol qilinganini ko’ramiz.Masala ona tomonidan adolatli hal qilnmadi.Aka uka o’rtasida mexrsizlik munosabatlarining paydo bo’lishiga birinchi zamin yartildi.ukaning esa bundan uakning esa bundan buyon yolg’on gaprishiga yo’l ochib berildi,unday holatlar bir necha bor takrorlansa aka:”Ota-onam mendan ko’ra ko’proq ukamni yaxshi ko’rar ekan”degan xulosaga keladi.

Adolatsizlik zamirida aka ichimdagini top deydigan oiladgilarga va uydegilarga bemehr bo’lib tarbiyalana boshlaydi.

Agar ona:”Qani yuchi o’g’lim deb aka va ukani yuzlashtirib haqiqatni ya’ni akaning urmaganini anqilaganida,ukaning tuhmat qilayotganini bilib,o’z vaqtida chora ko’rganida edi,aka uka orasida mehr,ishonch,bir-birini hurmat qilish,aldamaslik,qilgan ayibini tan olib ish ko’rish kabi ko’nikmalarni aynada shakllantirgan bo’lar edi.

Ota – ona va farzandlar orasidagi adolatning axloqiy va huquqiy buzlishlari salibiy sifatlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Oilalarimizda bolalarning yoshligidan boshlab yaxshi sifatlar ni shakllantirib borishga jiddiy e’tibor bermog’Imiz lozim.

Hayotiy maslalarni xal etishda ota-onaning o’rni,bilimi ,ma’naviyati,o’zini tutishi ,yurish turishi katta ahamiyatga ega.

Farzandlar talabalar qolaversa odamlar orasida adolatparvarlik hislatlarini kamol toptirishda o’rnak k’orsarish,tushuntirish va uqtirish,rag’batlantirish,ogohlantirish,tanbeh berish,uyaltrish izza qilish suhbat munozra va bahs kabi usullardan foydalanish mumkin.

Insinning ma’naviyati va uning odobi,xulqi,madaniyatidan tashkil topadi.Ma’naviyat esa aqli,axloqiy,huquqiy,iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi.Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib,boyib borishga olib keladi.Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.

Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.

Fazilat-alohida shaxs,el,elat,xalq,ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui.

Biz pedagoglar va ota-onalarning burchi farzandlarimizni va talabalarimizni Vatanga muhabbatli,imonli,e’tiqodli,adolatparvar qilib tarbiyalash,shakllantirishdan iboratdir.Bunday fazilatlarni o’zida kasb etgan yoshlarimiz, qanday vaziyatda bo’lmasin, hamma vaqt o’ziga to’g’ri yo’l tanlay oladi.

Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamaloti darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o’rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to’xtalib o’tish joizdir.



Odob – har bir insonning o’zi bir inson yoki jamoa bilan bo’lgan muloqotida hamda yurish turishida o’zini tuta bilishidir.

Xulq – odobning ichki tuyiq ko’nikmaga aylangan ko’rinishi.

Axloq – jamiyatda qabul qilingan , jamoatchilik fikri bilan maqullangan xulq-odob normalari majmui.

Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy , ruxiy , intellectual , fazilatlar majmuasi.

Moziyga bir nazar tashlaylik , erkaklarimizdan ularga xos mardlik, jasurlik, g’urur kabi xislatlar meros bo’lib kelayotgan bo’lsa, momolarimizdan or- nomus, iffatlilik, nazokatlilik, sharm –hayo,shirinzabonlik kabi xislatlar asrlardan-asrlarga meros bo’lib o’tib kelmoqda.Demakki,bu xususiyatlar elimiz,yurtimiz ,millatimiznning qondosh va jondosh ajralmas bir ma’naviy qiyofasidir.Endilikda zamondosh yigit-qizlarimiz yurish-turishlari,xatti-harakatlari kiyinishlari bilan o’zlarini qanchalik o’ta taraqqiylashib ketgan shahar fuqarolari kabi ko’rsatmasinlar,baribir ular qalban shu ma’naviy merosning egasidirlar.

Abdulla Qodiriyning”O’tkan kunlar “ va “Mehrobdan chayon” asrlaridagi Otabek va Anvarjonlar bugungi qizlarimizbaxtining ideali bo’lsa ,Kumush va Ra’nolardagi sharq ayollariga xos sifat va latofat,bokiralik,hayolilik,vafodorlik,sevgan kishisini e’zozlash kabi xislatlar egasi egasi bolish yigitlarimizning orzusi va niyatlari akas etadi.

Bu asarda sharqona muhabbatning nafis,e’zozli ,haqiqiy me’yoriga yetkazilgan ideal namunasi bayon etiladi.

Yozuvchi zamondosh yigit-qizlarimizni ana shunday beg’ubor,samimiy,e’zozli sevishga undaydi.

Inson qadri umrida qancha yil yashagani bilan emas,balki bu fursatdan qanday foydalanganligi,el va jamiyat manfaati yo’lida nima ishlar qilganligi bilan o’lchanadi.Bir asr umr ko’rib ,nom-nishonsiz o’tganalar ham bor ,oz umr ko’rib ,abadiy nom qoldirganlar ham bor.

Insonlar el nazarida uy-joy mol-mulk ,bilan yashamaydilar,balki xalq uchun qilgansharafli ishlari bilan barhayot yashaydi.

Tarixga nazar soladigan bo’lsak,necha-nech asrlar davomida shohlar,boylar,darveshlar,xullas qancha –qancha odamlar bu hayotdan o’tishgan.Ammo xalqi uchun uning ma’naviy kamoloti yo’lida riyozat chekkan Farobiy,al Buxoriy,Beruniy,Ibn Sino,Al Beruniy,Ummar Xayyom,najmiddin Kubro,Bahovuddin Naqshband,Lutfiy,Navoiy,Bobur, kabi allomalarimiz insoniyat kamolotining yo’lchi yulduzlari bo’lganliklari uchun mana necha asrlar davomida biz bilan yonma yon yashayotgandek ishimizga,o’ylarimziga,orzularimizga hamkor,hamnafas,ruhi-poklari xotiramizda abadiydir.

Respublika oliy majlisining 12-sessiyasida Prezidentimiz tomonidan “Kuch-bilim va tafakkurda “degan teran bir fikr ilgari surildi.

Tafakkur-insonning butun hayotiy va ijodiy faoliyatini idora qiluvchi ongoiy kamolot o’lchovidir.Unga faqat bilim olish,hayotni kuzatish,uni o’qish va uqish,yaxshi va yomonni tahlil qilish ,ulardan xulosa chiqarish orqali erishiladi.

Tafakkur aql tarozisi bo’lgan til orqali namoyon bo’ladi.Sizning so’zlagan so’zingiz,aytgan fikringiz tafakkuringizning,aql-idrokingizning,ongingizning oyinasidir.

Manmanlik-bu o’z kamchiliklarni va o’zgalarni tan olmaslik,o’zgalar fikri bilan hisoblashmaslik,takkabburlik,xudbinlikdir.

Manmanlik illati u makon qurgan kishilarni sog’lom fikr yuritishdan,o’zini takomillashtirib borishdan mahrum etadi.Natijada bunday odamlarda jaholat illati,ya’ni bilimsizlik paydo bo’ladi.

Kamtarlik va manmanlik bir-biriga qarama-qarshi ikki yo’ldir: ularning biri sizni kishilarga yaqinlashtiradi,ikkinchisi esa yiroqlashtiradi.

Inson eng avvalo har tomonlama bilimdon bo’lmog’I lozim. Bilimdon bo’lmoqlik,bu o’z kasbini puxta egallash,el-yurt, Vatan manfaatlarti yo’lida sidqidildan mehnat qilish, unga sadoqatli bo’lish, uni e’zozlash, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy bilimlarni doimiy ravishda yetarli darajada egallab borish,ma’rifatli bo’lish,ma’naviy kamolot sari intilish ,xalqning,insonlarning g’am-tashvishlari,quvonchlarida hamdard ,hamkor elkadosh bo’lish,umumiy qilib aytganda jamiyat hayotining batcha jabhalarida faol ishtirok etish,uning istiqboli uchun qayg’urish,doimo ezgu ishlar,orzu-umidlar,niyatlar bilan yo’ldosh bo’lib yurish demakdir.

Buning uchun inson har doim o’z mustaqil fikrlash qobilyatini shakllantirib,sayqllab bormog’I kerak.

1.Jismoniy salomatlik

2.Axloqiy poklik

3.Aqliy yetuklik

Bu bosqichlarni shakllantirishda mustaqil fikrlash etakchi ustuvor o’rin egallaydi.Talaba yoshlar tarbiyalanishini qalban xoxlab intilsalar,jismoniy va axloqiy komillik darajasiga osonlik bilan erishsa bo’ladi.

Anglash-biron bir g’oyani (fikrni) tub mazmuniga tushunib yetish.

Mushohada-shu g’oyani mantiqan talqin qilish .



Taffakkur-inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan karagini saralab olish va amaliyotga qo’llash.


Download 21,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish