2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113
Bog'liq
Etiket

“Bu kechani oilamga bag‘ishlamoqchi edim” 
deb javob 
berish mumkin. Bu sizni taklif qilayotgan kishini haddan ziyod ortiqcha takliflar 
oiladagi umr yo‘ldoshlardan biriga xush kelmayotganini anglashga imkon beradi. 
Mehmondorchilikda ayollar sumkalarini qayerga qo‘yishlari lozim? Eng 
yaxshisi pardoz stoliga qo‘ygan ma’qul. Dasturxon atrofida tizzaning ustida halaqit 
berishi mumkin, o‘rindiqning suyanchig‘ida – tushib ketishi tayin. Agar kechki 
ovqatda to‘rt-olti kishi uchrashsa, to uy bekasi joylarni ko‘rsatgunga qadar kutib 
turganlari ma’qul. Ko‘pchilik bo‘lgan kechada o‘zingiz istagan joyga o‘tiring. 
Taklifni qabul qilishda: 
“Yana kim keladi?”
deb so‘rash nojoiz. Zarur 
bo‘lsa, taklif qilayotgan kishining o‘zi mehmonlar tarkibi haqida aytishi mumkin. 
Bunday kechalarda istalmagan tanish bilan uchrashishga sabab bo‘lishi tabiiy. 
Nima ham qilardik, ko‘rmaslikka olish, u bilan ko‘rishmaslik – mezbonlarni xafa 
qilishi mumkin. 
Mehmonda ketma-ket chekish yaxshi emas. Sigaret kulini faqat kuldonga 
tashlash lozim. Parishonxotir kashandalarning bu haqida yodidan ko‘tarilib, yerga 
tashalgan kulni mezbonlar ko‘rib asabiylashshishlari mumkin. Mehmonda ekansiz, 
yaqin 
oynaga 
qarayverish, 
kvartirani 
baholayverish, 
ayniqsa, 
tanqidiy 
mulohazalarni aytish odobsizlikdir. Hadeb yon-veriga qaravermasdan, uy egasiga 
bir og‘iz shirin so‘z aytish mehmonning vazifalaridan biridir. Nima va qancha deb 
jihozlarni tekshiraverish, ularni olib tomosha qilish, uning markasi bilan qiziqish 
yaramaydi. Bolalarni faqat maxsus aytilgan holatdagina olib borish maqsadga 
muvofiq. Mehribon ota-onalarning bolalarini ko‘pchilikka ko‘z-ko‘z qilishdan 
tiyilishini maslahat beramiz. Qadimgi odatlarga ko‘ra, mehmon o‘zi bilan biron-bir 
qarindoshini yotib ketishi uchun olib kelar edi. Qoidaga asosan buni faqat 
mezbonni ogohlantiribgina amalga oshirish mumkin. Va umuman yo‘lda uchragan 
tanishingizni olib kelmang – bu mezbonga yoqmasligi tayin, chunki tarbiya 


130 
ko‘rgan kishilar hech qachon to‘g‘ri kelgan joyga taklif qilsa boravermaydilar. 
Agar u yerda siz biron narsani sindirib yoki buzib qo‘ysangiz, uning qiymatida pul 
taklif etmagan ma’qul. Undan ko‘ra shunga o‘xshash jihozni olib bergan yaxshi. 
Buni biron tadbirlarda sovg‘a sifatida taqdim etish bilan amalga oshirish mumkin. 
Buzilgan narsani o‘zi bilan tuzatgani olib ketish mumkin, ammo yillab uyda 
yotishi uchun emas. 
Agar jamoat ikki guruhga bo‘linsa, er bir guruhga, ayol ikkinchi guruhga 
qo‘shilgani yaxshi. Ammo davrani er yoki ayol orqali xursandchilik qilishga yo‘l 
qo‘ymang. Ba’zi odamlar o‘zining 
“yarimtasi”
bilan jamoatni xursand qilish 
uchun maqtanishni xush ko‘radilar. Oxir-oqibat buning aksi bo‘lib chiqadi. Jamoa 
zerikadi, 
“garovga”
aylangan rafiqa o‘zini noqulay his qila boshlaydi. 
“Ayolim 
yoshlardek kiyinib olgan”
kabi hazillar yoki 
“Karamni yema, bunday jigar 
bilan


kabi tanbehlar farosatsizlik belgisidir. Er-xotinlardan birining ketish 
niyati bo‘lsa, ikkinchisi ham so‘zsiz o‘rnidan turishi lozim. Turli bu boradagi 
munozaralar o‘rinsizdir va bunday turdagi bahslar guvohlarsiz amalga oshgani 
ma’qul. 
Mehmonda taomdan voz kechish yaramaydi, har qanday taomni so‘zsiz 
qabul qiling. Diyeta saqlaydiganlarning umuman kechki ovqatga bo‘lgan taklifni 
qabul qilmasliklarini maslahat beramiz. Ammo kelgan ekansiz, idishga ozgina olib, 
uni emaslik ham mumkin, lekin buni hamma bilishi shart emas. O‘zingizni 
muammolaringiz o‘zingizga havola. 
Issiq taomdan voz kechish mumkin, ammo faqat aniqlik bilan – 
“Rahmat, 
hozir emas”
degan so‘zlarsiz, chunki uy bekasi aynan siz uchun taomni issiq 
saqlab turishga yoki stolda qoldirishga majbur bo‘ladi. Bunday tarzda faqat sovuq 
gazak yoki dissertdan voz kechish mumkin, bunda ular stolda turishi mumkin va 
uy bekasining maxsus diqqatini talab qilmaydi. Agar taomdan voz kechish imkoni 
bo‘lmasa, spirtli ichimlikdan voz kechish mumkin. Mashinani o‘zingiz 
haydashingizni bahona qilishingiz mumkin. Yoki jigarni sabab qilsangiz ham 
bo‘ladi. Mehmon hech bo‘lmasa bitta taomni maqtashi lozim. Bu taomni qanday 
tayyorlanishini so‘rash – uy bekasiga ma’lum ma’noda xushomaddir; ammo agar 
buni aytishni istamasa, sirni saqlashida da’vo qilmang. Taomdan so‘ng darhol 
tashakkur bildirilmaydi. Agar uy bekasi kechki ovqat tugaganini bildirsa, hamma 
turib boshqa xonaga kiradi yoki shunchaki dasturxondan turadilar. Kechki ovqat 
tugagan zahoti ketish yaramaydi, ayniqsa, agar uy bekasi oshxona va mehmonxona 
o‘rtasida xizmat bilan band bo‘lsa. Bunday holatlarda uy bekasi faqat kechki 
ovqatdan so‘nggina mehmonlar davrasiga qo‘shilishiga imkoniyat topiladi – bu 
uning huquqi. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ketishga to‘g‘ri kelib qoladi. 
Unda mehmon mulozamat bilan mezbonga vaqtli ketish sababini tushuntirishi 
lozim. Agar odam ko‘p bo‘lsa, uy egasidan boshqa hech kim bilan xayrlashmasa 
ham bo‘ladi. Bu Angliyadan tashqari hamma yerda 
“Inglizcha ketish” 
deb, 
Angliyaning o‘zida esa 
“Fransuzcha ketish”
deb nomlanadi.
Avvalambor, xayrlashish, so‘ng kiyinish lozim, aksini qilmang. Ketish 
oldidan, mehmonlar mezbonga tashakkur aytadilar, ularga javoban mezbon 
“Sizga 
ham kelganingizga rahmat”,
deydi. 


131 
Mehmonda qancha vaqt bo‘lish mumkin? Aniq bir holat yo‘q. Lekin sizni 
bir piyola choyga taklif qilishgan bo‘lsa, shu bilan cheklangan ma’qul. Kechga 
borib uy egalarining boshqa rejalari bo‘lishi mumkin. Kechki ovqat umumiy 
kayfiyatga qarab yarim kechagacha cho‘zilishi mumkin. Asosan, mezbonlarning 
qanchalik charchashiga e’tibor berilishi lozim. Biz kirgan xonada o‘chirilgan 
televizorni ko‘rsak ham, uni yoqishni mezbondan talab qilmasligimiz joiz. Bundan 
mezbonlar biroz suhbat qurishni istaganlari uchun ham mehmon chaqirishganini 
fahmlasa bo‘ladi. Ba’zida aynan shu payda juda qiziqarli ko‘rsatuv bo‘lishini gap 
orasida aytib o‘tish mumkin, ammo bunga mezbonlar ro‘yxush bermasalar, 
indamagan ma’qul. Agar televizor yoqilgan bo‘lsa, uning yomon ko‘rsatishi-yu, 
xonandaning kiyinishi va boshqa narsalarni tanqid qilib ketish yaxshi emas, bunda 
mezbonning aybi yo‘q. Ko‘rsatuv me’dangizga tekkan bo‘lsa-yu, boshqalar uni 
qiziqish bilan ko‘rayotgan bo‘lishsa, yoki aksincha,, hamma ketishga chog‘langan 
bo‘lsa-yu, siz kinoni oxirigacha ko‘rib olay deb tursangiz, noqulaylik tug‘iladi. 
Kechki tanovul paytida doim televizorga qarayverish yoki ekranga qadalib o‘tirish 
yaramaydi. Ayniqsa, uy egalari ovqatlanib turgan paytda o‘rnidan turib ketib, 
telvizorni oldiga o‘tirib olishdan yomoni yo‘q. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish