qoidasi
va
fazilatlari
quyidagilardir:
har kuni mehmon chaqirgandan ko‘ra, ularni bir marta chaqirish lozim, toki
dasturxonga qo‘yilgan ne’matlar bodastir va aybsiz bo‘ladi;
uyingizga qadam ranjida qilgan odamning oldiga peshvoz chiqing va ular
bilan chiroyli muomala qilingki, ular sizning duoingizni qilsin;
zinhor mehmondan yuqoriga o‘tirmang. Agar mehmon sizni o‘tirishingizga
rozilik bildirsagina ular bilan birga bo‘ling. Yo‘qsa, uzringizni so‘rab
«mezbonlik» ishlaringizni davom ettiring;
mehmonga “Undan oling, bundan oling. Nega hech nima yemayapsiz,
bularning bari sizlar uchun qo‘yilgan. Agar dasturxonda yetishmovchilik
bo‘lsa uzr, boshqa kelganlaringizda batafsil qilamiz”, degan mulozamatni
hadeb aytayvermang. Bunday so‘zlar ayniqsa, tarbiyali insonlarga
yarashmaydi;
mehmon garchand og‘ir botadigan so‘zlarni gapirsa ham, unga qattiq
gapirmaslik, uni hurmat qilish zarur.
Mehmondorchilikdagi
illatlar
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
mehmonga ta’na qilish, dasturxondagi ne’matlar va taomlarni maqtayverish;
mehmondan avval mast bo‘lib olish;
huda-behuda kulaverish;
ochko‘zlik qilib, oldidagi narsalarni yeb tugatish;
mehmonlar oldida xonadon a’zolariga (xotini, farzandlari va xizmatkorini)
tanbeh berish, ularni so‘kish va haqoratlash.”
2
Xalqimiz mehmonni e’zozlashining sababi shundaki, mehmonning kelishi
yaxshiliklar ramzi ekanligi, mehmon dilxushliklarni keltiruvchi, araz va ginalarga
barham beruvchi ekanligidadir. Darhaqiqat, mehmon kelganda er-xotin o‘rtasidagi
janjal ham, bolalarning xarxashasi ham to‘xtaydi, ovozimiz o‘z-o‘zidan sekinlashib
muloyim bo‘lib qolamiz. Shuningdek, uyimizga mehmon kelishi ozodalik va
pokizalik sababchisi hamdir. Shundan bo‘lsa kerak, onalarning “Qizim,
o‘tirishingni qara, uyni supurib qo‘ysang bo‘lmaydimi. Shu holatda biror kishi
kelib qolsa, o‘ylamaydimi isqirt yashar ekan deb?!” koyishlari shundan bo‘lsa
kerak. Hatto uyimizda yotgan bemor ham biroz bo‘lsa-da kasalini unutib, mehmon
bilan suhbat qurgisi keladi.
1
Қаранг: Кайковус. Қобуснома. – Т.: Истилол. 1994. 53-бет.
2
Ҳусанов Б., Ғуломов В. Муомала маданияти. – Т.: Иқтисод-молия. 2009. - Б.71
126
Hayotda hamma ham yaxshi mehmondo‘st uy egasi va har kim – kutilgan,
qiziqarli mehmon bo‘la olmaydi. Buning uchun, avvalambor, mehmonlarni
qimmatbaho idishlar, kumush jihozlar va boy taomlar bilan mehmon qilish shart
emas. Juda oddiy mazali taom tayyorlash mumkin; eng muhimi, kelgan mehmonlar
o‘zlarini yaxshi va dildan ularning kelishlaridan xursand ekanliklarini
ko‘rishidadir. Kutilmagan mehmonning tashrifi kishini sevintiradi, lekin ba’zida
noqulay axvolga ham solib qo‘yadi. Shuning uchun birovnikiga tashrif
buyurmoqchi bo‘lsangiz, boriladigan vaqtni, uning nima qilishini va turmush
tartibini hisobga olish kerak. Eng yaxshisi, qaysi vaqtda borilsa, malol kelmasligini
uy sohibidan shaxsan yoki telefon orqali so‘rash kerak. Mehmonga ertalab va
kechasi borilmaydi. Odob qoidalariga ko‘ra, mehmonga soat 12 dan soat 20 gacha
bo‘lgan vaqt oralig‘ida boriladi.
Mehmonga borganda mayda-chuyda tartib-qoidalarni ham esdan
chiqarmaslik kerak. Eshik oldiga kelgach, eshik qo‘ng‘irog‘ini qisqagina chalish,
yoki eshikni sekingina taqillatish lozim. Birinchi qo‘ng‘iroqdan keyin eshik
ochilmasa, takror qo‘ng‘iroq chalish mumkin, lekin ikki martadan ortiq qo‘ng‘iroq
chalinmaydi. Bu munosabatingiz salbiy ekanligini bildiradi. Uy sohibi mehmonga
ketgan bo‘lsa aslo uning ketidan bormang. Mehmonga borganda, agar uy sohibi
bilan oldindan kelishilgan bo‘lmasa, begona kishilarni ergashtirib olib borish
yaramaydi.
Bolali uyga yoki bolalarga xursand bo‘lishadigan xonadongagina bolalar
olib boriladi.
Mehmonlarni to‘plashning eng qulay payti – juma yoki shanba kunlaridir:
ertasiga uyni sarajomlab, o‘zingiz ham dam olasiz. Mehmonlarni uyda kutib
olishdan avval, ularni qanday kutib olish imkoniyati borligini ham hisobga olish
maqsadga muvofiq. Mehmonlarni shunday o‘tkazish kerakki, ularning kasbiy
qiziqishi mehmondorchilikning munozaraga aylanib ketish darajasida mos
kelmasin. Mehmonlarni bir-biriga tanishtirish bilan ularning qiziqishlari haqida
ham aytib kirishib ketishga yordam beradi.
Kechaning avvali juda tashvishli bo‘lishini hisobga olish lozim. Shuning
uchun mehmonlar kelishidan yarim soat avval ishlarni tugatishga ulgurish kerak.
Bu bilan mehmonlarni nisbatan betashvish, yaxshi kayfiyatda kutib olish mumkin.
Mehmonlarni kutib olish jarayoni samimiy bo‘lishi lozim. Vaqtliroq kelib qolgan
mehmonga yuvinish va o‘zini tartibga keltirib olish xonasini ko‘rsatiladi. Uy egasi
mehmonlarni aniqlik va eshitilarlik qilib tanishtirishi lozim. Mehmonlarning
kamchiliklari haqida gapirilmaydi. Uy egasining asosiy vazifasi – bu har kim
o‘zini yaxshi va qulay his qilishi uchun do‘stona munosabatni shakllantirishdir.
Agar uy egasi mehmonlarni qiziqtirishga ko‘zi etmasa, unda buning uchun
udabburonroq do‘stini taklif qilsin.
Mehmon kutishdan tortib uni kuzatishgacha, dasturxonni bezashdan tortib,
narsalarni joylashtirishgacha, taomlarning mazasidan tortib, mehmon bilan
bo‘ladigan suhbatgacha – barcha-barchasi go‘zallik qonuniyatlari asosida bo‘lishi
zarur. Jumladan, mehmondorchilikning muhim subyekti bo‘lgan pazandalik
san’atida taom tayyorlash jarayoni, uni bezash, taomlarni tartib bilan tortiq
127
qilishning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan
holda bugungi kundagi mehmondorchiliklarning aksariyatida dasturxonga yengil
taomlar (somsa, go‘shtli salatlar), so‘ngra birinchi va ikkinchi taomlar tortiladi.
Birinchi taom suyuq (sho‘rva, mampar, lag‘mon, tiftel va h.k), ikkinchi taom
quyuq (palov, qovurdoq, dimlama, mantii, norin va h.k)lardan iborat bo‘ladi.
Mazkur jarayonni go‘zal tashkil etishdagi asosiy unsurlar - idishlarning
chiroyliligi, tozaligi, qulayligi, joylashtirishning nafosati hamda taomning
mehmonga xush yoqadigan xilini tanlay bilishdadir. Zero, mehmonga xush
yoqmagan taomni taqdim qilish mehmondorchilikdagi nafosat mezonlarini buzib
yuborishi mumkin. Shuni ta’kidlash zarurki, ko‘nglimiz tilamagan taomni mehmon
dasturxoniga qo‘yish yoki o‘zimizga ravo ko‘rmagan narsani mehmonga sovg‘a
qilish - mehmonni mensimaslikdir.
Kimgadir yaxshi, kimgadir esa shunchaki g‘amxo‘rlik qilish yaramaydi.
Mezbon tashvish va ishning ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, xushchaqchaq
ko‘rinishga harakat qilishi lozim. Shu bilan birga, mehmonlar ham nafaqat
mezbonlarga nisbatan, balki mehmonlarga nisbatan mulozamatli va diqqatli
bo‘lishi lozim. Iliq kayfiyatni hosil qilishda mehmonxonani yaxshi yoritish ham
ahamiyat kasb etadi. Haddan tashqari yorug‘lik noqulaylik tug‘diradi. Ammo
mehmonlar o‘tiradigan joylar yetarli yoritilgan bo‘lishi kerak. Bunda turli yoritgich
vositalaridan: stol, osma va devor lampalaridan foydalanish mumkin. Do‘stona
kechalarga vazmin kuylar yarashadi. Agar siz o‘zingizning yangi video tasmangiz
bilan maqtanmoqchi bo‘lib, ularni mehmonlarga havola qilsangiz – bu hammaga
ham yoqavermasligini nazarda tuting.
Kechaning muvaffaqiyatli o‘tishida uy bekasining kayfiyati va ko‘rinishi
muhim o‘rin egallaydi. Hamma narsaga ulgurish kerak: uyning ozoda va
tartibliligi, pishiriqlar yaxshi chiqishi, chiroyli kiyinib, yaxshi ko‘rinmoq lozim.
Agar siz bunday ichki qoniqishni his qilmasangiz, mehmondorchilik yaxshi
o‘tmaydi. Sizni kayfiyatingiz butun bir kechaga ta’sir qiladi. Shu sababli
o‘zingizga e’tibor berish yoddan chiqmasin.
Mehmonlar kelishi bilan televizor yoki radioni o‘chirib qo‘yish va butun
e’tiboringizni ularga qaratish mezbonning mehmonga bo‘lgan ijobiy munosabatini
ko‘rsatadi. Ba’zi hollarda ish ko‘payib ketsa, biron yaqin qarindosh yoki
tanishingizni yordamga chaqirishingiz mumkin. Bu paytda telefonda gaplashish
barchaning diqqatini jalb qiladi, ammo bu ijobiylik kasb etmaydi. Qayta
qilishingizni aytib, so‘ng suhbatni to‘xtatish lozim. Mehmonlarni ichishga,
yeyishga zo‘rlash ularning me’dasiga tegish mumkin.
Uy bekasining mehmondorchilik bilan ovora bo‘lishi, uy egasining esa
mehmonlarga “qarab” o‘tirishi tabiiy, ammo uy egasining ayoliga mehmonlar
oldida o‘zi bajarishi mumkin bo‘lgan buyruqlarni berishi nojoiz: “Derazani ochib
yubor” yoki “Stul olib kel” qabilida. Agar er ayoliga qo‘shimcha salat olib kelishni
eslatsa, buning yomon joyi yo‘q. Ammo, buni odob bilan amalga oshirish kerak.
Hech qachon er taomning mazali bo‘lmaganini ko‘pchilik oldida aytmasligi lozim,
ayolning o‘zi pirog tagiga olib ketgani yoki taom sho‘rroq bo‘lganini shundoq ham
biladi. Er “Bizning uyda hech qachon tartib bo‘lmaydi” yoki taom kechiksa,
128
“Ovqat hech qachon vaqtida tayyor bo‘lmaydi” degan tanbehlar bilan o‘z
madaniyatsizligi hamda yomon boshqaruvchi ekanligini bildirib qo‘yadi.
Mehmonni sizning farzandingiz, mushuginggiz, kuchuginggizning ajoyib
xususiyatlari borligini tan oldirishga majbur qilmang. To‘y yoki biron tantanali
marosimning videotasmasini mezbon mehmonlarga taklif qilar ekansiz, ularni bu
bilan zeriktirib qo‘ymagan ma’qul.
Mehmonlarni uyga taklif qilar ekansiz, ular sizning uyingizni ko‘rib
chiqishlari mumkin ekanligini ham nazarda tutish lozim. Bu bilan ko‘nikishga
to‘g‘ri keladi. Agar oila a’zolarining biri mehmon bilan ko‘rishib, ammo o‘tirishda
ishtirok etmagan bo‘lsa, mehmonning ketishi arafasida uni kuzatishga chiqishi
lozim. Mehmonlar bilan xayrlashayotganda mezbon ularni kuzatish uchun
yo‘lakka chiqishi va ayollarni kuzatuvchilari bor-yo‘qligi borasida g‘amxo‘rlik
qilishi shart. Agar mehmonlarni bir qismi ketsa, qolganlar ularni muhokama
qilishlari shart emas. Ular ham xuddi shunday “muhokamaga” olinishlarini gumon
qilishlari mumkin.
Agar mehmonlar kech qolib ketsa, siz esa oyoqda zo‘rg‘a turgan
bo‘lsangiz qanday ish tutish lozim? Qishda derazaning ochilishi yaxshi ta’sir
beradi. Juda bo‘lmasa, ertangi rejalar haqida suhbat boshlagan ma’qul.
Hammaning ertalab barvaqt turishi “yodlariga tushadi”. Ba’zida bu ham ta’sir
qilmasligi mumkin. Befahm mehmon uchun universal davo yo‘q. Oxirigicha
chidashga to‘g‘ri keladi. Agar mehmon taklif qilinmagan, shunchaki kirib
o‘tadigan bo‘lsa, unda ish osonroq kechadi. Esnab turib, bilmagandek qilib: “Uzr,
kun juda og‘ir bo‘ldi, barvaqt turish kerak. Agar istasangiz shu yerga joy solib
beramiz”. Farosati bo‘lsa, (agar uzoqda turmasa) yotgani uyiga ketadi. Bo‘lmasa,
o‘zbekning mehmondo‘stlik sha’niga dog‘ tushirmaslikka harakat qilamiz.
G‘alati mehmonlar ham uchrab turadi. Biri o‘zidan boshqani tan olmasa,
ikkinchisi u burchakdan bu burchakka “tiqilishni” yaxshi ko‘radi. Uchinchisi –
o‘zini “madaniyatli” qilib ko‘rsatish uchun hech ham dasturxonga o‘tirmaydi,
sizning esa qorningiz och
Yana biri o‘ta “kamgap” – mehmon uning
zerikmasligi uchun qiynalib ketadi. Yana biri telefonida gaplashsa yoki televizor
ko‘rsa, hamma narsani bir zumda unutib qo‘yadi. Yana boshqasi kerak bo‘lmagan
narsani so‘rayverib jonga tegadi. Olib kelgan taomdan hech biri yoqmaydi. Yana
shunday tanishlar borki, oshxonaga kirib taom pishirish, “oshxonadagi tartib” bilan
shug‘ullanib ketadi. Bu kabi o‘nlab mehmonlarga mezbonlar, mehmonlar esa
mezbonlarga sabr qilishiga to‘g‘ri keladi.
Ayniqsa, hadeb sizni bezovta qilib uyingizga kelaveradigan, uzoq
o‘tiradigan mehmon bilan munosabatlarni to‘g‘rilash qiyin bo‘ladi. Albatta, “Biz
ketishimiz kerak” yoki “Mazam bo‘lmayapti” qabilidagi bahonalar bilan o‘z
noroziligini bildirish mumkin. Lekin niyatingizni bilib turib, sizni o‘zingizni
yo‘qotib qo‘yishingizni, taraddudlanishigizni kuzatishni yaxshi ko‘radigan odamlar
bor. Ularga yo pinakni buzmay o‘z ishingizni qilishingiz yoki ochiqchasiga
bezovta bo‘layotganingizni aytib qo‘yganingiz yaxshi.
Biror mehmon vaqtliroq ketmoqchi bo‘lsa, bunga boshqalar e’tiborini jalb
etmay, uy sohiblari bilangina xayrlashib, ularga ketish sababini aytadi.
129
Boshqalarga bildirmay ketishning iloji bo‘lmagan taqdirda bosh silkitib barcha
bilan xayrlashiladi. Mehmonlar ziyofatning xarakteriga qarab, o‘z vaqtida
ketishlari kerak.
Mehmondorchilik – ulug‘ xislat, ammo u ham ma’lum bir chegaralarga ega
ekanligini – o‘zingiz ham bu dunyoga mehmon bo‘lib kelganingizni unutmang.
Sizni taklif qilishsa
yu, siz bormasangiz, bu hurmatsizlikdir. Kechki
ovqatdan voz kechishning eng oxirgi muddati – ikki kun avval, ammo keltirgan
sabab jiddiy bo‘lishi lozim. Bunga yo‘l qo‘yilgan taqdirda imkon qadar tezroq
og‘zaki ravishda uzr so‘rashni unutmaslik muhim. Mehmondorchilikda ko‘p
bo‘lib, ammo javoban o‘zi ham mehmonga chaqirmaslik odobga to‘g‘ri kelmaydi.
Agar o‘z uyingizda mehmon qabul qilishga sharoit bo‘lmasa, uning boshqa
yo‘llarini qidirib ko‘rish mumkin, masalan, qahvaxona, restoran, teatr, agar
mashinangiz bo‘lsa – shahardan tashqaridagi sayrga taklif qilish mumkin.
Shunday hollar bo‘ladiki, oiladagi er-xotinlardan biri taklifni qabul qilib,
juftisiz mehmonga borish-bormasligi masalasida ziddiyatlar kelib chiqadi.
Ko‘pincha bunday takliflarni hamkasablardan olamiz, darajaning oshishi,
dissertatsiya himoyasi va boshqalar. Bunday takliflarni tadbirning bir martalik
xususiyatga ega bo‘lgani uchun qabul qilish mumkin. Tez-tez qaytariladigan
takliflarga nisbatan esa:
Do'stlaringiz bilan baham: |