2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Oilada o‘zini tutish etiketi. Erkaklar



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
Oilada o‘zini tutish etiketi. Erkaklar: 

doimo ayoli kiygan liboga nisbatan biron-bir munosabat bildirishi lozim; 

rafiqasining oldida boshqa ayollarga o‘grilib qaramasligi joiz; 

“seni boqyapman” deb da’vo qilish noo‘rin – bu erkak burchidir; 

uyda yarimyalong‘och holatda yurmaslik; 

ishga bormaydigan vaqtda uydan chiqishdan oldin ayoliga qayerga 
borayotganini aytish “erkaksiz yashashga o‘rganib qolishning” oldini oladi; 

pishirilgan taomni tanqid qilish yaramaydi, kezi kelsa, boshqa biron vaziyatda 
gap orasida aytish mumkin; 

ayolingiz uyda nima ish bilan band ekanligiga ba’zan qiziqib qo‘yish kerak; 

rafiqasi bilan ro‘zg‘or masalalaridan tashqari boshqa mavzular bo‘yicha ham 
suhbatlashib turiish munosabatlarni mustahkamlaydi, ziddiyatlar oldini oladi. 

Ayollarga maslahatlar: 

turmush o‘rtog‘iga narsalar olayotganda, dugonalarning emas, uning didi bilan 
ham qiziqqan ma’qul; 

eringiz yaxshi ko‘rgan taomni ko‘proq tayyorlash uning kayfiyatini 
yaxshilaydi; 

uning uchun qadrli bo‘lgan narsalardan foydalish munosabatlarni suiste’mol 
qilish bilan baravardir; 

davrada barcha uchun allaqachon ma’lum bo‘lgan voqeani aytib berayotganda 
ham, uning so‘zlarini kiprik qoqmasdan diqqat bilan eshitish kerak. Uning 
gapini bo‘lmang. So‘zlariga ishonchsizlik bildirish uni erga uradi; 

farzandlarning oldida otani tanqid qilish nafaqat eringizni sizga bo‘lgan 
munosabatini yomonlashtiradi, balki bolalarni ham uy boshlig‘iga nisbatan 
hurmatini yo‘qotadi. Bunda bolalarning ota-onaga omadsiz oila a’zolariga 
qaragandek munosabat qilishlariga olib kelishi mumkin; 

nazorat va tekshiruvga olish yaramaydi. Bu uni xafa qilishi mumkin. Juda 
zaruriyat tug‘ilsa, va bu tez-tez takrorlanadigan bo’lsa, bolalarni shirin 
tillaridan foydalangan ma’qul; 

onasiga bo‘lgan tabiiy bog‘lanishini tanqid qilish noto‘g‘ri. Bu uni mustaqil 
erkak sifatida yerga uradi; 

uni maqtab turish, uning maslahatini qabul qilib turish lozim; 

u yoqtirmagan mehmonlarni taklif qilish, unga yoqmaydigan joylarga 
mehmonga borish tavsiya etilmaydi. 
Oyat va hadislarda ham ayollarga yaxshi muomalada bo‘lish haqida ko‘p 
bora ta’kidlangan. Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: “Mo‘min kishi 
mo‘mina ayoldan nolimasin, agar uning bir xulqidan norozi bo’lsa, ikkinchi 
xulqidan rozi bo’ladi”, deydi. (Imom Muslim rivoyati). 


119 
Bu hadisi sharifda aytilayaptiki, inson bolasi nuqsonsiz va aybsiz 
bo’lmaydi. Shuning uchun erkak kishi ayolning ayrim nuqsonlariga chidam va sabr 
bilan qarashi zarur, chunki har bir insonda bir necha ijobiy hulq va sifatlar bor. 
Yaxshi gap bilan sekin-asta nuqsonlarni tugatish mumkin va yaxshi sifatlarni 
taraqqiy ettirish mumkin. 
Hazrat Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan ayolning erdagi huquqlari 
nimadan iborat deb so‘raganlarida, Rasululloh: “Taom yesang xotiningga ham 
yedir, yangi kiysang, xotiningga ham yangi kiyim olib ber”, dedilar (Abu Dovud 
rivoyati). 
Erning xotindagi haqlari ham oyat va hadislarda bayon qilingan: “Agar 
ma’siyatga (gunohga) yurmasa, xotin erga itoat etishi kerak, uydagi ashyoni 
sarishta qilib saqlash ham ayolning burchidir. Eridan ruxsatsiz xotinlar, hatto 
ibodat bo‘lsa ham, nafl ruza tutmasligi zarur, eridan ruxsatsiz uydan chiqib 
ketmasligi va eri norizo bo‘ladigan ishni qilmasligi kerak”. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish