Siz – rahbar sifatida
Rahbar shaxs
– jamiyat, davlat, tashkilotda doimiy va hal qiluvchi ta’sirga
ega bo‘lgan shaxs. Rahbar ishning ko‘zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini
ko‘zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir.
Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay
ishlash, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari
ahamiyatlidir:
1. Rahbar–ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab
chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini
boshqaruvchi shaxs.
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror
qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati
maqsadlarini belgilaydi.
3. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli
faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar
keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni
oldindan ko‘ra olishi va ularga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta
boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim.
Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum aspektlarini
namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni – rahbarlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchining shaxsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iborat.
Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi
89
kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi.
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan
hamma sohasi bilan shug‘ullana olishi, shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan
jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda
ijtimoiy faollik shakllanmaydi.
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar
oldida “o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim,
qanday fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?” - degan savol hamisha ko‘ndalang
turadi.
Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli
katta. Ammo, eng avvalo, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka
ham, xuddi san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ya’ni, har
kimdan san’atkor chiqmaganidek, istalgan odamdan ham yaxshi rahbar
chiqavermaydi.
Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni,
odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini
boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik
usulini yaratadi. U o‘z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin
shaxsdir, lekin uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak.
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsning tafakkuri, aql-idrokiga
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish,
yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat.
Agar rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-
asrorlarini qiynalmasdan egallaydi hamda o‘z jamoasida obro‘-e’tiborga ega
bo‘lib, ular ishonchini qozonadi.
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon
va uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun
rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.
Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa
a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Rahbar shaxsining etiketi uning axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Axloqiy
madaniyat – elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, axloqiy fikrlash madaniyati
(axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish,
yaxshilik va yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos
xususiyatlariga axloqiy me’yorlarni qo‘llay bilish va xakozalar)ni qamrab oladi.
O‘z ichiga yana tuyg‘ular madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga”
qobilligini, hamdardligi va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va
o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda xatti-harakat
me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati;
shakllarni reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni,
muloqotda shaxsning o‘zini tuta bilishini oladi. Qisqa qilib aytganda, rahbar
shaxsining axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy tamoyillarni bilish, ularni chuqur
90
his etilgan qarashlariga aylantirish, xatti-harakatlarning eng munosib shaklini
qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish rahbar shaxsining axloqiy
madaniyati mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi. Rahbar shaxsining
axloqiy madaniyati oliy darajasini “axloqiy donolik” deb, axloqiy faoliyatining
optimalligi va uyg‘unligini ta’minlab bera olish, har qanday vaziyatda ham
munosib xatti-harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi.
Avvalo, rahbarlar va rahbarlikka da’vogar shaxslar o‘zlarini har jihatdan
tarbiyalab borishlari lozim. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish yoki
iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular
jahon tajribalari asosida shakllangan ilg‘or boshqaruv malakalarini ham
o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga o‘ziga nisbatan talabchan
bo‘lib erishadi. Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o‘qishi, radio va oynai
jahon yangiliklaridan xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim egallashi
mumkin. Yana siyosat, iqtisodiyot va ma’naviyatga daxldor kitoblarni, hatto
mumtoz adabiyot namunalarini mustaqil o‘qishi, tarixiy jarayonlarni chuqur
mushohada qilish ham uning dunyoqarashini kengaytiradi.
Bularning barchasi rahbar madaniy saviyasining o‘sib borishiga va siyosiy
madaniyatining takomillashuviga katta yordam beradi. Chunki cheklangan
tafakkur, chala bilim, past madaniyat bilan dunyoni bilib, mas’uliyatli ish va
mansabni egallab bo‘lmaydi.
Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimiz talabi shuki,
siyosiy yetuk, aqlan va ma’nan barkamol, puxta bilimga ega bo‘lgan teran
tafakkurli kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi
organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq
namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori qabul qabul qilingan bo‘lib
unda: “Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm,
soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, davlat organida yoxud uning tarkibiy yoki
hududiy bo‘linmasida ma’naviy-psihologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi
lozim, u bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib
ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof
xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.
Rahbar:
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan
o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi;
korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;
xodimlarni samarali boshqarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va
moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi
shart. Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va
qoidalarini buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l
qo‘yilmasligi choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi;
Davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan jamoada boshqa davlat xizmatchilari
bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etilgan;
91
Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va
hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart.
Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik
qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz
psihologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat
tadbirlarining shakliga bog‘liq holda davlat xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi
fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga
yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular
rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak;
Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan
odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l
qo‘ymasligi kerak.”
1
Agar siz rahbarlik lavozimida bo‘lsangiz, ishga kelgan zahoti xodimlardan
hol-axvol so‘rab qo‘yish kerakligini yoddan chiqarmaslik yaxshi amaldir. Ular
bilan yangi ish kunini birga boshlagandan mamnun ekanligingizni, sizdan qancha
yordam kerak bo‘lsa shuncha yordamga tayyor ekanligingizni his qilishlariga
imkon yaratish kerak. Xodimlarga “siz”lab murojaat qilish – kasbiy odob hamda
normal xizmat munosabatlarini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan quroldir.
Yig‘ilish qatnashchilariga nisbatan kuchli tavoze’da bo‘lish lozim. Boshqalarni
ko‘proq eshitishga o‘rganish muhimdir, uning fikriga qarshi bo‘lganingiz
uchungina uning har bir gapiga so‘z tiqishtirib turish sizni yaxshi ko‘rsatmaydi.
Boshqalarning ham fikr bildirishiga imkon berish, qatnashchilarni faol
bo‘lishlariga chaqirish lozim. Har qanday vaziyatda ham o‘zini ushlab turishga
harakat qilish; xodimga vazifa berishda xushmuomalalik bo‘lish joiz. Xodimlar
buyruqqa nisbatan iltimoslarni yaxshi qabul qilishlarini yodda tutish kerak.
Xodimlarga nisbatan e’tiborli bo‘lish, ularni har-bir muvaffaqiyati uchun
qo‘llab
quvvatlab turish ham maqsadga muvofiq. Vaqtida aytilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |