27
suhbat boshida hech qachon
“Kim bu?”
deb savol berilmaydi;
shaxsiy masalalarni hal qilish, garchi telefonda bo‘lsa ham, begonalar
oldida noqulaylik tug‘diradi. Shu bois ham, shaxsiy masala bo‘yicha
qo‘ng‘iroq qilsangiz, avvalambor suhbatdoshingizning bunga bo‘lgan
imkoniyati qay darajadaligini so‘rashingiz maqsadga muvofiq;
shaxsiy masala bo‘ycha agar u darajada zarur bo‘lmasa, ishxonaga
qo‘ng‘iroq qilmagan ma’qul;
telefonda gapni qisqa qilishga harakat qilish kerak;
agar sizga qo‘ng‘iroq qilgan odam adashib tarmog‘ingizga
tushib
qolgan bo‘lsa, tavoze bilan javob berishga harakat qiling. Zero ko‘p hollarda
odam emas, texnika sabab bo‘ladi. Keyingi adashilgan qo‘ng‘iroqqa javoban,
uzr so‘rab raqamni oydinlashtirib olgan yaxshi;
mehmonga borganda, telefon zarur bo‘lib qolsa, avval, mezbondan
ruxsat so‘rash mezbonga nisbatan hurmat belgisidir. Ammo mezbon ham zarur
bo‘lmasa, mehmonni suhbat davomida kuzatib turishi shart emas;
agar tarmoq besh-olti signaldan keyin ham javob bermasa,
trubkani
qo‘yib qo‘ygan ma’qul;
telefon tarmog‘idagi raqamlarning texnik nosozliklarini yoki
o‘zingizni adashib tergan raqamlaringizni hisobga olgan holda buyruq va
tavsiyalarni berishdan oldin tarmoqqa ulangan raqamni to‘g‘ri ekanligi
borasida aniq ma’lumotga ega bo‘lganingiz ma’qul. Ba’zan bizning nutqimizga
yetishmaydigan uchta sehrli so‘zlar – “
uzr”, “iltimos”, “rahmat”
– telefon
suhbatlarida, ayniqsa, qo‘l keladi;
o‘ng‘aysiz holatga tushib qolishni
yoqtirmaydiganlar doimo bir
holatni yoddan chiqarmasinlar: hattoki sizga juda yaqin bo‘lgan odamlar ham
o‘zini sharoit va ruhiy holatdan kelib chiqqan holda har xil kayfiyatda
bo‘lishlari mumkin. Shuning uchun agar siz hazillashmoqchi bo‘lsangiz,
suhbatdoshingizning so‘zlash ohangidan uning kayfiyatini ilg‘ashga harakat
qiling va shunga mos ravishda suhbat olib boring;
do‘stlar hamda qarindoshlarni telefonda o‘z muammolari, shikoyatlar,
kasallik tarixi, turmush o‘rtoq va farzandlarni keltirgan tashvishlari haqida
gapirib, tinglovchini qiynash va yangi xaridlarni
soatlab muhokama qilish
etiketga to‘g‘ri kelmaydi;
telefondagi suhbat imkon darajada qisqa, xotirjam va tavoze’li bo‘lishi
lozim. Ayniqsa jamoat foydalaniladigan telefonlarda. Boshqalar navbat
kutayotganini yoddan chiqarmaslik zarur. Biroq kutayotganlar ham suhbatga
turli xil noroziliklari bilan halaqit bermasliklari, shovqin ko‘tarmasliklari
kerak. Hozirda tarmoqlarning pulli ekanligi,
uyali aloqa vositalaridan
foydalanish odatiy tusga kirganligining o‘zi bizni tartiblashtiradi;
agar suhbatdoshingiz uyali aloqa telefonidan yoki olisdan sizga
qo‘ng‘iroq qilayotgan bo‘lsa, unda suhbatning qisqa va lo‘nda bo’lishiga
harakat qiling;
28
agarda telefonda suhbatlashayotgan odam g‘azabda, yoki qattiq xafa
bo‘lsa ham telefon orqali baqirib, turli dag‘-dag‘alar qilishdan saqlanishi,
o‘zini to‘g‘ri tutishga harakat qilishi lozim;
shoshmasdan telefonda suhbatlashar ekanmiz, yana kimdir qo‘ng‘iroq
qilib tusha olmasligi ehtimoli mavjud ekanligini
hamisha yodda tutishimiz
zarur;
bekorchilikdan telefonda gaplashish yaxshi emas. Agar dildan
suhbatlashish istagi bo‘lsa, uchrashgan ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: