2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Bir qancha tajribadan o‘tgan maslahatlar



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113
Bog'liq
Etiket

Bir qancha tajribadan o‘tgan maslahatlar. 
O‘zimizga kiyim tanlar 
ekanmiz dugonalarni emas, o‘z didimizga tayanib ish tutganimiz ma’qul. 
Libosning rangi nafaqat zamonaviy tusda, balki ayolning o‘ziga tushadigan rang 
bo‘lishi lozim. To‘q rangdagi kiyimlarni afzal ko‘rarkansiz, och rangdagilarda 
ham, to‘q ranglarda ham kirlik bir xil hajmga ega ekanligini yodda tutish lozim. 
Uning farqi faqat och rangdagi yubka ko‘zga tezroq tashlanishidadir. Kiyimning 
tanlashda ansamblni ushlashga (birining ikkinchiga mosligi, monandligi) harakat 
qilish kerak. Kiyimni rangiga mos keluvchi jihatlar: sumka, tufli, kamar va b. ni 
tanlashda o‘ta ideallikka erishishga harakat qilmagan ma’qul. Faqatgina bitta kiyim 
uchun qo‘shimcha narsa olish – isrofgarchilik hisoblanadi. Libosni yanada 
ko‘rkam qilib ko‘rsatuvchi mayda narsalar: sharf, bijuteriya va boshqa narsalar 
muhim hisoblanadi. Aynan libos bilan bir xil tusda bo‘lishi shart emas, bu 
bachkanalikga olib kelishi mumkin. Asosiy gap ranglarning uyg‘unligi, 
andozalarning mutanosibligida. Barcha davrlarda erkaklarning kiyimidan farqli 
o‘laroq ayollarning liboslarida odmi va jiddiylik kamroq, ularda o‘z 
kamchiliklarini berkitgan holda hamda o‘z afzallik jihatlarini alohida ta’kidlagan 
holda, o‘z didini yanada yorqinroq ifodalash mumkin. Va shu bilan bir qatorda 
ayollarga ozodalik va pardozning qoidalari erkaklarga nisbatan qat’iroq qo‘yiladi.
Jozibadorlikning yana bir siri – kostyumning qulayligidir, unda u o‘zini 
erkin va o‘ziga nisbatan ishonch va tabiiylikni his qilish imkoniyatiga egadir. 
Libos tanlayotganingizda yoningizda sizni kuzatib yuruvchi erkakning ham 
kiyimini inobatga olgan yaxshi.
Yodda saqlash lozim bo‘lgan ba’zi jihatlar: 
tashqi ko‘rinishda mayda-
chuyda narsalar bo‘lmaydi. Ularning hammasi ahamiyatga ega. Ziynatlar haqida 
bir necha so‘z. Afsuski, hamma ham kostyumini bezashda doimo taqinchoqlardan 
to‘g‘ri foydalana olmaydi. Ba’zilar haddan tashqari zeb-ziynatlarga ko‘milsa, 
ba’zilari esa o‘ta oddiylashib ketadilar. Avvalambor, hech qaysi ayol bu borada 
tejamasligi lozim, ammo ularni ko‘z-ko‘z qilish uchun chegaradan chiqib ketish 
ham – 
”me’yordan chiqish”
kabi didsizlikdir.
Did bilan kiyinish kishining o‘ziga tanqidiy qaray olishini ham ifodalaydi. 
Inson o‘z tabiiy nuqsonlarini sezib, uni boshqalarga sezilmaydigan qilib 
kiyinmog‘i kerak. Kiyim tanlanayotganda yoshni ham unutmaslik kerak. Yoshlar 
sport kiyimi bichig‘ida kiyinadilar. Ochiq rangli, guldor kiyimlar ularga ko‘proq 
yarashadi. O‘ttiz yoshdagi ayollar (shartli ravishda) didi modaga asos deb qabul 
qilingan. Bu yoshda ayol o‘z qiyofasini yaxshi bilmog‘i, husniga husn 
qo‘shiladigan kiyimlarni tanlay olmog‘i lozim. 
Qirq yoshdan keyin o‘tgan yillar oqibatida vujudga keladigan ayrim 
nuqsonlarni kiyim va pardoz bilan yashirish kerakligini unutmaslik lozim. 


36 
To‘ladan kelgan yosh ayollar juda ham odmi kiyimlar bilan kifoyalanmasliklari 
kerak, chunki odmi kiyim semizlik bilan birga yoshlikni ham, latofatlikni ham 
yashirishi mumkin. Muhimi, kiyimning bichimi va rangi me’yorida bo‘lsin.
Atir bo‘yi ayol kishiga alohida bir latofat beradi, uning chiroyini qandaydir 
sirli qadimgi ayollik nazokati bilan o‘raydi. Ammo... Hamma joyda kabi bu yerda 
ham oshirib yubormaslik muhim. Kerak bo‘lmagan joyda atirdan foydalanmaslik 
maqsadga muvofiq: transportga chiqqanda (agar siz u yerda tiqilinchda uzoq 
qolishingizni bilsangiz). Ba’zi bir iforlar kattalarda, ayniqsa, bolalarda allergiyani 
qo‘zg‘atishi mumkin. Buni yoddan chiqarmaslik lozim.

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish