2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Bog'liq
Etiket

Oyoq kiyim qanday tanlanadi. 
Jiddiy kostyumlarga to‘q jigarrang va qora 
rangdagi, qulay va sifatli oyoq kiyimlar mos keladi. Och jigarrang yoki jigarrang 
oyoq kiyimlar qora kostyumga umuman to‘g‘ri kelmaydi. Biroq qora oyoq kiyim 
jigarrang kostyumga mosdir. Qalin taglik, qo‘pol sport botinkalari tantanali chiqish 
uchun mo‘ljallangan kiyimlarga to‘g‘ri kelmaydi, faqatgina sport kiyimlari bilan 
yaxshi ko‘rinadi. 
Ayollar jinsi matoli kiyimlar baland poshnali yoki chiroyli tuflilar emas, 
faqat sport oyoq kiyimlari bilan yaxshi turishini bilishlari zarur. Biroq bashang 
shimlarga bashang oyoq kiyimlar bo‘lishi kerak. 


34 
Ayollar haqida. 
Jozibali ayol yoshi, o‘z darajasi, ma’lum holatlarga 
nisbatan doimo mos ravishda o‘zini tutadi va kiyinadi. Tashqi ko‘rinishda 
jozibalilikka erishish zamonaviylikka nisbatan zehn bilan yondashuvdadir. 
Zamonaviy kiyingan ayol deganda, o‘ta yorqin va qimmatbaho libos bilan o‘ziga 
jalb qiladigan ayol nazarda tutilmaydi. 

Zero, bashanglik libosning 
qimmatbaholigidan emas, balki nafislik va yuksak diddan iboratdir. Zargarlik 
do‘konidagi rastalarga o‘xshab, o‘zini qimmatbaho taqinchonlarga ko‘mib tashlash 
kulgulidir. Ayolning kostyumi, uning didi ayol kishining botiniy madaniyatiga, 
badiiy didning darajasiga bog‘liqdir. Bu uning iste’dodini zamonaviylikka harbiy 
buyruqqa kabi ko‘r-ko‘rona taqlid qilish qoidasi emas, balki xayolotning o‘yiniga 
turtki beruvchi shunchaki ijodiylik sifatida qabul qilishiga bog‘iqdir. Aqlli ayol o‘z 
tanlovining imkoniyatlarini birmuncha kengaytirish maqsadida zamonaviylikdan 
biroz qolib ketishdan yoki undan o‘zib ketishdan qo‘rqmaydi. Va oxir – oqibat u 
barcha mavjud imkoniyatlardan ayollik fazilatini yorqin ifodalay oladigan va 
illatlarini berkitadigan variantlaridan birida to‘xtaydi.
Barcha holatlarda ayollik fahm-farosatining qobiliyatini o‘stirish va uni 
tarbiyalash uchun modalar jurnalini doimiy ravishda kuzatib borish yetarli emas. 
Buning uchun badiiy ko‘rgazmalar, teatr kabi san’atga bog‘liq joylarda bo‘lib 
turish, ko‘chadagi turli-tuman odamlarni kuzatish, musiqa tinglash, odamlar 
orasida bo‘lish, xullas, ichki didni boshqalar didi bilan solishtirish va rivojlantirish 
zarur. Bundan tashqari, ichki, ruhiy ayollik latofatini o‘zida rivojlantirmoq lozim. 
Buning uchun esa yuksak darajadagi badiiy kitoblarni o‘qishni, bolalarga 
xayrixohlik bilan jilmayishni, yoshlikdan uzoqlashayotgan qalbni qanday u 
ta’sirchan yoki qattiq bo‘lmasin, yumshatishni maslahat beramiz. Ayolga xos 
bo‘lgan nazokatni tabiatdan olishga harakat qiling: tabiatning rang-barang 
bo‘yoqlari-yu, tizmalari va uning ohangini ko‘ra bilishni o‘rganing. Va, albatta, 
muhabbat ayol kishini yanada go‘zallashtiradi. Hayotning ikir-chikir tashvishlariyu 
qiyinchiliklariga qaramasdan sevishni o‘rganing. Muhabbatsiz go‘zallik tez 
so‘nadi. Biz esa 
“Go‘zallik dunyoni qutqaradi”, 
degan naqlni unutganimiz yo‘q. 
Dunyoni saqlab qolish uchun doimo go‘zal bo‘lishga intiling. Bunga esa agar 
istasa, har qanday ayol tinimsiz o‘z ustida ishlash orqali erishishi mumkin. Agar 
ayol kunda o‘zining tabiatini tarbiyalab borsa, o‘ziga va qalbiga oz bo‘lsa ham 
erinchoqlikka yo‘l bermasa, o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lsa, odamlarni 
hurmat qilishni, sevishni va ularga nisbatan rahm-shafqatli bo‘lishga o‘zini 
o‘rgatsa, o‘z didini rivojlantirib, aqlini charxlasa, yaqinlarini egovlab, ularni janjal 
bilan qiynamasa, o‘ziga o‘zi hadeb achinavermasa, va shikoyatchiga aylanmasa –
shulardan keyingina ayol kishiga xos bo‘lgan latofat boshlanadi. Va hech qanday 
bashang liboslar uning aksini berkita olmasligini unutmang. Jizzakilik, g‘azab, 
surbetlik, qo‘pollik, hasad, xo‘jayinchilikka bo‘lgan ehtiros va boshqa inson 
gunohlarini (afsuskiy ayollarga xos bo‘lgan) qimmatbaho va yaltiroq lattalar bilan 
berkitib bo‘lmaydi.
Ayol kishi, ayniqsa uyda chiroyli kiyinishi lozim. Bunda rangi o‘chib 
ketgan, tor yoki osilib ketgan kiyimlar kiyish nojoizdir. O‘zimizga mos tarzda 
kiyinishimiz to‘satdan mehmonlarning kirib qolishini aytmagan holda, yaxshi 


35 
kayfiyat bilan yurish uchun kerak. Ro‘zg‘or masalasini hisobga oladigan ayollar, 
eskirgan liboslarni yaxshi uyda kiyadigan kostyumga aylantirishlari mumkin. U 
nafaqat qulay, balki zamonaviy bo‘lmog‘i ham lozimdir. Ayol kishining 
shalviragan kiyimlarni kiyishi yoki eskirgan kiyimlarga qayta ishlov bergach, uni 
“uy kiyimiga ko‘zi qiymay”
shkafga ilib qo‘yuvchilarni hech narsa bilan oqlab 
bo‘lmaydi. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish