Erkaklar haqida.
Erkak kishining asosiy kiyimi – kostyum. Biroq doimo
unda erkak kishi bashang ko‘rinavermaydi. Kostyum jussa o‘lchovlariga to‘g‘ri
kelishi lozim, harakatlarni cheklab siqmasligi, yurganda halaqit bermasligi, odmi
rangda bo‘lishi kerak. Ko‘ylak, bo‘yinbog‘ va paypoq tanlashda ham diqqatli
bo‘lish lozim. Bularning hammasi, oyoq kiyimni istisno qilmagan holda yoshingiz,
sharoit va boshqa ma’lum bir holatga monand bo‘lishi zarur. Erkaklar bashang
bo‘lib tug‘ilmaydilar. Bu, avvalambor, tarbiya va o‘z-o‘zni tarbiyalashdir. Bu
kuzatuvchanlikdir. Bashang erkaklar kerakli darajada doimo batartibdirlar. U
barcha tafsilotlarda e’tiborli va o‘tkir zehn egasidir.
Bir qancha aniq maslahatlar
Alohida kiyimning qismlari bir-biriga uyg‘un bo‘lishi kerak.
Sport kiyimlariga laklangan tufli yoki galstuklar to‘g‘ri kelmaydi.
Bayramda kiyiladigan ohorlik to‘q qora kostyum-shim oq ko‘ylak, qora paypoq
va qora tufli bilan kiyiladi.
Tashqi ko‘krak cho‘ntakdan oq dastro‘molning uchi chiqib turishi maqsadga
muvofiq. Kombinatsiyalangan kostyum bilan (kul rang chiviq-chiviq shim, qora
ustki kiyim) ikkita manjetli oq ko‘ylak (manjetlar va yoqa kraxmallangan
bo‘lishi lozim), kul rang galstuk, qora tufli va to‘q paypoqlar bilan kiyiladi.
Zamonaviy va qimmatbaho kiyimni o‘zi yetarli emas – bunga qo‘shimcha tarzda
o‘zining yurishi va gavdasini tutishini doimo kuzatib yurish zarur.
Yelkangizni doimo erkin tarzda, bo‘yningiz va boshingizni cho‘zmasdan
tutganingiz ma’qul. Bunda gavda va bo‘yin doimo to‘g‘ri bo‘lgani kishini yana
ko‘rkam ko‘rsatadi.
Viqor bilan o‘zini tutish, harakat va holatlardagi tabiiylik
har bir insonga zeb beradi va albatta, bashang ko‘rinishni istagan erkaklar
uchun bu zarurdir.
Shu sababli bunday maqsadga erishish yo‘li – bu sport bilan
shug‘ullanishdir. Ertalabki jismoniy tarbiyaga erinchoqlik qilmaslik lozim.
Ko‘proq harakatda bo‘lish zarur: yugurish, suzish, uzoq yo‘llarga chiqish, sport
o‘yinlarini o‘ynash. Bunday holatda biz maxsus zo‘riqishlarsiz ham to‘g‘ri, tabiiy
va chiroyli harakatlar qila olishga erishishimiz mumkin.
Biroq hattoki ideal darajadagi kelishgan, to’g’ri gavdada ham suhbat
chog‘ida tavsiya etilmaydigan qoidalar mavjud:
oyoqlarni chalishtirish;
qimirlatish;
tanishining tugmachalaridan ushlab turish;
qo‘lini kissasiga solib olish;
O‘tirganda oyoqni yoyib olmoq;
o‘rindiqqa cho‘zilib olish;
o‘rindiqni u yoqdan bu yoqa qimirlatib o‘tirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |