2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113
Bog'liq
Etiket

Qo‘llar. 
Ko‘pchilik o‘z qo‘llarini qanday tutishni bilishmaydi. Biror 
narsani yulish, barmoqlar bilan stol yoki stulni taqillatish, bosh yoki quloqni 
qashish, qo‘lni qarsillatish, jag‘ni, peshonani yoki burunni ishqalash, tirnoqlarga 
hadeb qarayverish kabi odatlarni tashlab, bo‘sh qo‘llarni o‘z joyida tutish kerak. 
Ovqatlanish vaqtida qo‘l kaftlari stolda turadi. Boshqa inson bilan muloqotga 
kirishganda mumkin qadar qo‘l bilan turli imo-ishoralar qilmaslik kerak. Kundalik 
turmishimizda so‘zlar va iboralarni ta’kidlash uchun ba’zidagina qo‘lni 
harakatlantirish mumkin. Masalan, 
“Marhamat o‘tiring”, “marhamat tanishing”, 
“Siz bilan tanishtirsam maylimi?”
kabi iboralarni qo‘llash mumkin.
Suhbat vaqtida og‘izni qo‘l bilan berkitish, suhbatdoshning yelkasini qoqib 
qo‘yish, uning kiyim tugmasiga tegaverish, yengidan ushlab turish, qo‘l yoki tirsak 
bilan turtish odobsizlik hisoblanadi. Biror tanish kishining qiyshaygan yoqasini 
tuzatib qo‘yishda, kiyimiga yopishgan ip yoki qilni olib tashlashda ham undan 
ijozat so‘raladi. 
Biror narsani qo‘lni nayza qilib ko‘rsatish odobdan emas. 
Yo‘talganingizni, aksirganingizni, burun qoqqaningizni mumkin qadar 
kishiga sezdirmang, buning uchun albatta, dastro‘mol tuting. Aksirgan kishiga 
“sog‘ bo‘ling”
deb aytiladi. Suhbatdoshingiz oldida aslo esnamang va 
xo‘rsinmang, chunki bular zerikish alomatidir. 
Og‘izni katta ochib kulish yaramaydi. Qahqaha urib kulish ham yaxshi 
emas, chunki har qanday shovqin atrofdagilarni o‘ziga jalb qiladi. Eng yaxshisi, 
samimiyat bilan kulishdir.
Ko‘rkam yurish, qaddi-qomat, nazokatli ishoralar ham ayolni, ham erkakni 
yanada ko‘rkam ko‘rsatadi. Juda ham kam holatlardagina biz nazokat bilan qaddi-
qomatni tutish hamda yurishni tabiat ehsoni sifatida qaraymiz. Ko‘proq bu sifatlar 
qiyinchilik bilan kasb qilinadi. Ularni o‘zida tarbiyalash uchun sport, ritmika bilan 
shug‘ullanish lozim. Bu qiz bolalar uchun juda foydalidir, buni ota-onalar yodda 
tutsinlar. Chiroyli yurish, qaddi-qomatni tutish, yengil va go‘zal ravishda 


45 
zinapoyalarda chiqish yoki tushish hamda nafosat bilan o‘tirishni o‘rganish 
lozimdir. Ayniqsa, ayol oynada qanday qilib divan, stul yoki o‘rindiqda o‘tirganini 
kuzatishi kerak.
Ba’zi holatlarda juda bunga pastlik qiladigan o‘rindiqlarda o‘tirgan ayollar 
oyoqlarini chalishtirib oladilar. Bunday vaziyatda ularni chalishtirmasdan, 
birlashtirib, tizzalarini bir tomonga sal og‘dirib o‘tirgan ma’qul. 
Mashinaga 
o‘tirayotgan ayol unga to‘g‘ri kirib ketmaydi, balki o‘rindiqni uchiga omonat 
o‘tirib, keyin oyoqlarini yig‘ib oladi, chiqayotganda esa aksincha,, avval 
oyoqlarini erga qo‘yib, so‘ng ko‘tariladi. Boshni haddan tashqari baland 
ko‘tarmaslik, yoki aksincha, egib o‘tirmaslik lozim 
– hamma joylarga zimdan 
alangash-ku undan ham yomon. Yoshlar qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmaydi. Qizlar 
sumkalariga tayanishadi, o‘g‘il bolalar esa bu masalada bir muncha qiynalishadi. 
Eng yaxshisi – qo‘lni cho‘ntakda saqlash, lekin bu odobga to‘g‘ri kelarmikan? 
Juda bo‘lmaganda, bir qo‘lni ustki kiyim cho‘ntagiga solib, ba’zi-ba’zida uni 
chiqarib turmoq mumkin. Shimning cho‘ntaklariga esa qo‘lni faqat, zarur bo‘lgan 
narsani olish uchun kirgiziladi. 
Ikkala qo‘lni ham shimning cho‘ntagida saqlash, 
umuman mumkin emas.
Buni hatto o’z tengdoshlari o‘rtasida ham bajarish nojoiz – 
bu ko‘nikadigan yaxshi odat emas! Qiz bolaning ham qo‘llarini shim 
cho‘ntaklariga solib yurish, ayniqsa, suhbat chog‘ida odobsizlikdir. Yo‘lda qo‘lni 
har yoqqa tashlab yurishi yoki suhbat vaqtida qo‘lni paxsa qilib so‘zlashish xunuk 
odat. Stolga musht urib gapirish balki qo‘pol ko‘rinish kasb etadi ham. Barcha 
imo-ishoralar bosiq hamda maqsadga muvofiq bo‘lishi lozim. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish