20
barcha xursand holatda suhbatlashayotgan vaqtda, kayfiyatni tushuruvchi,
qo‘rqinchli voqealar, ko‘ngilsiz holatlar haqida gapirish
boshqalar kayfiyatini
tushirib yuboradi;
bemorni ko‘rgani borganda o‘lim haqida, uning kasallik tarixi, mayda-chuyda
jihatlari haqida gapirish yaxshi emas. Uning o‘rniga yolg‘on bo‘lsa ham
ko‘rinishi yaxshiligi, albatta, yaxshi bo‘lib ketishi haqida suhbat qurish lozim;
dasturxon atrofida ishtahani bo‘g‘uvchi mavzularda gapirilmaydi. Ovqatni
yomonlash, kamchilik axtarish yomon odat. Aksincha,,
uni tayyorlagan
insonning ko‘nglini ko‘tarish lozim;
tarbiyali va madaniyatli inson tanishi haqida umumiy fikr bildirayotganda
yolg‘on ishlatmaydi, uni g‘iybat qilmaydi. Bir inson haqida (hatto u yomon
inson bo‘lganda ham) fikr bildirayotgan paytda to‘satdan kirib qolgan mavzu
“qahramoniga”, ko‘pchilik ta’sirida miyig‘ida kulib,
sinchkov nigoh bilan
piching hamda qochiriqlar qilish ba’zida betga aytilgan haqiqatdan ham
kuchliroq dilga ozor beradi.
Suhbatlashish jarayoni nafaqat suhbatlashish, balki uni tinglashga ham
bog‘liq. Tinglash faqat eshitib o‘tirishi kerak degani emas. Yaxshi suhbatdosh
hamsuhbat fikrini bayon etgandan so‘ng, o‘z fikrini to‘liq
bayon qilib beruvchi
insonga aytiladi. Juda ham kerak bo‘lib qolgan vaqtda uzr so‘rab, M:
Kechirasiz,
menimcha shu fikringiz...., yoki Fikringizni bo‘lganim uchun uzr so‘rayman,
menimcha...
degan
iboralarni qo‘llagan ma’qul. Bu vaqtda ushbu iboralarning egasi
suhbatdoshiga so‘zlashga imkoniyat berishi lozim. Bunda dunyoqarash ham katta
ahamiyat kasb etadi. Insonning dunyoqarashi haqida gap ketganda, albatta, yoshlar
bilan kattalar o‘rtasida tushunmovchiliklar bo‘ladi Shunday paytlarda yoshlar o‘z
fikrlarini yoqlamay xo‘p deb, mavzuni boshqa yoqqa burib yuborishlari kattalarni
dilini og‘ritib qo‘yishdan asraydi.
Muomalada gapning ohangi har xil bo‘lishi mumkin, bular: takabburlik
bilan, sovuq, o‘ziga qaratgan holda, achchiq-tirziq tarzdagi ohanglar. Bir xil, ya’ni
monoton gapirish ham boshqalar nazdida zerikarli bo‘lib, qiziqarli ma’lumotni
ham hazm qilish qiyin bo‘ladi.
Muomala madaniyatida, bu insonning o’zini tutishi, ya’ni
xatti-
harakatining ohang bilan uyg‘unligi, qomatni turishi, qo‘l harakati, yuzdagi imo-
ishoralari ham muhim o’rin egallaydi.
Hayotimizning ko‘p qismini ko‘cha-ko‘y, transport,
turli xil jamoat
joylarida bizga notanish bo‘lgan odamlar bilan birga –o‘tkazamiz. Nafaqat
o‘zimizning kayfiyatimiz, balki atrofimizdagi odamlarning kayfiyati ham jamoatda
o‘zimizni qanday tutishimizga bog‘liqdir. Uydan ko‘chaga chiqayotganingizda
kerakli bo‘lgan narsalarni: hujjatlar, dastro‘molcha, pul solingan karmon, taroq va
boshqa zarur bo‘lgan mayda-chuyda narsalarni olganingizga ishonch hosil
qilganingiz ma’qul.
Kiyim bosh, oyoq kiyim, soch turmagi, xullas, boshdan-oyoq
o‘zimizga razm solib, so‘ng tashqariga chiqishimiz kayfiyatni ko‘tarib, o‘zimizga
bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi. Ko‘chada o‘zini tutishning eng asosiy qoidasi –
bu atrofdagilarning o‘zini noqulay va noxush sezishiga sabab bo‘lmasligidir.
21
Davrada erkak kishi ayol kishi bilan yumshoq munosabatda bo‘lishi shart,
ammo oshirib yubormasligi lozim. Haddan ziyod mulozamatlarga
bosiqroq javob
bermoq lozim. Bunday vaziyatlarda ”
Do'stlaringiz bilan baham: