2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
 
 
 


18 
Suhbatlashish etiketi 
 
Etiket bo‘yicha muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib bora 
olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar mavjud. 
Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim vositalaridan biri 
sanaladi. Har qanday suhbat avvalo ma’lumotlar almanishuvidir. Suhbatlashish 
orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadilar, bir-birlari haqida 
ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir-birlarini tushunib boradilar, shu bilan birga,
muomala madaniyatdagi ayrim bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshning gapini 
bo‘lmasdan uni oxirigacha tinglay olish muhim xususiyatdir. Zero diqqat va sabr-
toqat bilan eshita olish qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, 
xayrixohlikni ko‘rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat kasb 
etmaydi – har bir inson uni o‘zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam 
etib, takomillashtirishi mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta 
ahamiyat kasb etadi.
Suhbat olib borish mahoratini o‘rganish mumkin, buning uchun qadimgi 
notiqlar kabi sizga zarur bo‘lgan bilimlarni egallash lozim. Ammo bu degani 
do‘stona uchrashuvlarni notiqlik san’ati bo‘yicha musobaqaga aylantirish shart 
degani emas. Har kimga ham aqlli gaplarni osonlik bilan yetkazish qobiliyati 
berilmaydi. Suhbat san’atida sergaplikka yo‘l qo‘ymay, mashq qilish lozim, 
hamsuhbat ruhiyatini hisobga olish kerak va bu yyetarli darajadagi tajribani talab 
qiluvchi faoliyatdir. Avvalambor, biz o‘z “men”lashimizdan qochishimiz lozim. 
O‘z shaxsiyligini berkitib, o‘zgalarning qiziqishiga e’tibor bermoq – bu har bir 
suhbatning asosiy afzalligidir. Yaxshi ohang suhbatdoshiga ko‘ngilsiz yoki uni 
tushkunlikka tushiradigan suhbatlardan qochishni talab qiladi. Jamoatga yoqish 
uchun suhbatdoshingizga yaqin bo‘lgan va uni ko‘proq qiziqtiradigan suhbat 
mavzularini tanlashingiz lozim. Jamiyatning yoqimsiz a’zolariga doimo hamma 
narsadan noliyveradigan va ayb qidiraveradigan odamlar kiradi. Ammo muloqot 
qilish me’yori va tajribasiga ega haqiqiy tarbiyali inson hamisha o‘z talabalari 
darajasida kamtarin, mulohazalarida esa notakabbur va bag‘ri kengdir. Agar jamoat 
sizga notanish bo‘lsa, suhbatda mavjud odamlar borasida gaplashmagingiz ma’qul, 
avval ularning o‘zaro munosabatlarini kuzatib, shu asosda biron – bir narsa deyish 
mumkin.
So‘z – bu o‘zingizga qarshi qurolga aylanuvchi kuchdir. Yaqin kishini 
ayblashdan oldin, o‘ylab ko‘rgan ma’qul. Hasadgo‘ylik – eng yomon illat. U 
barcha axloqiy xususiyatlarni yo‘qqa chiqaradi. Mardlik yoki ochiqlik bahonasida 
ko‘rolmaslik hissini ochiqchasiga ko‘rsatishni odat qilgan kishiga bo‘lgan 
munosabat hech qachon ijobiy o‘zgarish kasb etmaydi. Bu faqat munosabatlarning 
yomonlashishiga olib keladi. Bundan hech kim yaxshi natijaga erishmaydi. 
Atrofdagilar uchun notanish bo‘lgan tilda biror – bir odam bilan suhbatlashish –
madaniyatsizlikdir.
Suhbatdagi har bir so‘z suhbatdosh uchun aniq va tushunarli bo‘lmog‘i 
lozim. Agar sizning nutqingizni tinglayotgan odam biror – bir so‘zni qaytarish 
uchun gapingizni bo‘lsa, tez orada suhbatdosh sizga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotadi, 


19 
deganini anglatadi. Bunda nutq o‘ta baland ohangda bo‘lmasligi lozim, aks holda, 
o‘zni noqulay axvolga solib qo‘yish mumkin. Sizning suhbatingizga uchinchi 
suhbatdosh qo‘shilsa-yu, mavzu esa o‘ta nozik xususiyat kasb etsa, o‘zingizni 
iltifotli va xushmuomalik jihatdan ko‘rsatganingiz ma’qul. Jamoatda barcha 
narsalar haqida gap ketadi, savollar chuqurlashib ketmaydi, bir narsa har taraflama 
ko‘rib chiqilmaydi, balki qisqacha mulohaza yuritiladi, ammo yuzaki emas. 
Boshqalar bilan gaplashish istagi borligini yoki suhbat zerikali ekanligini 
ko‘rsatmaslik lozim. Suhbat chog‘ida atrofga alanglab, qo‘lga tushgan biron 
narsani o‘ynab yoki soatga qarayverish suhbatdoshga hurmatsizlikdir.
Suhbat chog‘ida o‘zini ko‘klarga ko‘tarib, o‘z faoliyati, izlanishlari, mulki, 
o‘z tanishlari doirasi bilan yoki kimningdir ismini ro‘kach qilish bilan maqtanish 
yaxshi emas – bunday iboralar suhbatdosh aqlining qanchalik tor ekanligidan 
guvohlik beradi. Munozara qilinayotgan muammolar doirasi keng bo‘lishi 
mumkin, biroq nima bo‘lganda ham o‘zingizni ishonchli his qiladigan, o‘zingizga 
mos bo‘lgan mavzularda suhbat olib borishingiz maqsadga muvofiqdir. 
Suhbatdoshni sog‘liqdan nolish va ob

havo haqidagi so‘zlar bilan 
charchatish ham etiketga to‘gri kelmaydi. Suhbat haqiqatan ham qiziqarli bo‘lishi 
uchun barcha qobiliyat va imkoniyatlarni yordamga chaqirish lozim. Shu jihatdan 
ham suhbatlashish etiketi bir nechta qoidalarni taqozo etadi: 

suhbatdoshingizga og‘ir botadigan, xafa qiladigan, noqulay vaziyatga solib 
qo‘yadigan, u gapirishni xohlamaydigan mavzu bo‘yicha suhbatlashish vaziyatni 
og‘irlashtiradi; 

o‘zingizga ta’rif-tavsif berish, o‘z muammo va yutuqlaringiz haqidagi 
ma’lumotlarga e’tiborni kuchaytirishdan qochish, suhbat chog‘ida o‘z “men” ini 
markaziy joyga qo‘ymaslik lozim. Bunda axloqning kamtarinlik va bosiqlik 
me’yorlari qo‘l keladi;

o‘z fikrini uqtirishdan avval, noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun 
suhbatdoshning ijtimoiy kelib chiqishi, shaxs sifatida, aytilayotgan masala 
yuzasidan qanday ma’lumotga ega ekanligini bilib olgan yaxshi; 

suhbatdoshni hurmat qilish, hatto uning fikri noto‘g‘ri deb hisoblanganda ham 
uni oxirigicha eshitish bilan shaxsning so‘z erkinligini ta’minlashga intilish 
lozim; 

boshqa insonlarni g‘iybat qilish, ularning shaxsiy hayoti, muammosi haqida 
suhbat qurish ham odobsizlik sanaladi; 

har qanday suhbat birinchi navbatda, ma’lumot almanishuvidir. Suhbat jamoat 
joylarida yoki ko‘chada bo‘lsa, boshqalarni o‘ziga jalb qilmagan holda, past 
ohangda gaplashish lozim. Tez yoki haddan tashqari cho‘zib gapirish ham 
ma’lumotni o‘zlashtirishga xalaqit beradi;

kam muomala qilinadigan, yaxshi tanish bo’lmagan insonlar bilan muloqotda 
bo‘lishda barchaga tushunarli yengil mavzu tanlab olinadi. M: 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish