24
toshgan bo‘lsa, o‘zi qiynalib poyma-poy gapirsa, talaffuzi yaxshi bo‘lmasa, ohangi
quloqqa yoqmasa eng mazmunli suhbat ham o‘z qimmatini yo‘qotadi. Hamma vaqt
aniq-ravshan, hovliqmasdan, muloyimlik va mayin ovoz bilan gapirishga harakat
qilish kerak. Hovliqib aytilgan so‘zni tushunish qiyin bo‘ladi, juda cho‘zib,
sekin
gapirish esa kishining sabr-kosasini to‘ldiradi. Talaffuz etilgan har bir so‘z, bo‘g‘in
va ohang aniq va ravshan jaranglashi lozim. Juda nozlanib gapirish ham xunuk
odat.
O‘z ona tilini hurmat qilgan inson uning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Xorijiy so‘zlarning aniq ma’nosini bilgan va ularni to‘g‘ri talaffuz eta oladigan
kishi, zarurat bo‘lsa, ularni o‘z nutqida ishlatishi mumkin.
Ovoz, ohang.
Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va
so‘zning grammatik qurilishi yetarli emas, bu yerda gaplashish ohangi va
intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. So‘zlashish ohangi iroda va emotsional ta’sirni,
hissiyotni aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining
kayfiyatini bilish
mumkin. Ohang ma’lum darajada kishining xulqini ham aks ettiradi. Ya‘ni,
suhbatdoshimizning tarbiyali yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish-turish
vaziyatlari qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham shunchalik
ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi qanday ohangda aytilganligiga
qarab bizga har xil ta’sir etishi mumkin. Ko‘pincha, aytilgan so‘z emas, balki
haqoratomuz ohang kishini ranjitadi. Tovush ohangining chiroyligi yoki
ingichkaligi bilan siz bevosita atrofdagilarda og‘ir yoki yengil kayfiyat uyg‘otasiz.
Haqiqiy ma’lumot so‘z ohangdadir. Har bir zamonaviy inson o‘z so’z
ohangini
o‘zgartirish imkoniga ega. Agar ohangizning yaxshiligiga ishonchingiz komil
bo‘lsa, unda ovozingizni tasmaga yozib olib, uni eshitib ko‘ring. Birinchi
eshitishdayoq ko‘pchilik o‘z so’zi ohangini hayrat bilan tanib qoladiar.
Yoqimli ohang – bunda biz ayollarni nazarda tutyapmiz – odatda, nafis
ohangdir, baland ham, past ham, tez ham, sekin ham emas. Agar sizning ovozingiz
boshqalarga
yoqmasa,
hayotingizdagi
tutgan
o‘rningizga ohangni mos
kelmaganidan bo‘lishi mumkin. Ehtimol, siz gaplashayotganda charcharsiz.
Boshqa nutqdagi qusurlarni ham to‘g‘irlasa bo‘ladi.
Ammo chiroyli nutq uchun
faqat ohangning nafisligi yetmaydi. Dunyoqarashning boyligi nutqni yanada
go‘zallashtiradi. Zero, quruq so‘zlardan iborat chiroyli nutq odamlarda sizga
nisbatan bo‘lgan kinoyani uyg‘otadi. Buyuk mavlono Jaloliddin Rumiy
«Ichindagi
ichindadir»
nomli asarida “So‘z – idrok qilishda so‘zga muhtoj bo‘lganlar
uchundir. So‘zsiz idrok etganning so‘zga qanday ehtiyoji qoladi? Idrok eta bilgani
uchun ko‘klarning, yerning hammasi so‘zdir. Hafif bir sasni eshitganga baqirib-
chaqirishning nima hojati bor? Dunyo ham Qur’ondagi “Bo‘l” (Uning amri bo‘l
demak edi edi. U hamon bo‘ldi) so‘zidan bino bo‘lgandir”,
1
degan edi. Shunday
ekan, so‘zlarni mazmun bilan boyitish muhimdir. Chiroyli nutq egasi o‘z nutqi
bilan bir necha marotabagina odamlarni o‘ziga jalb qilishi mumkin.
Lekin
mazmunsiz chiroyli so‘zlar odamlarning me’dasiga tegadi. Ish, martaba,
kechinmalar va kayfiyatning yomonligi, betoblik atrofdagilar bilan qo‘pol
muomalada bo‘lish huquqini bermaydi. Xatto buyruqni ham muloyimlik, bosiq
1
Жалолиддин Румий. Ичиндаги ичиндадир. - Тошкент, Янги аср авлоди,2003. 29 – б.