2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‘lgan harbiy sohalarda  foydalanish mumkin



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/113
Sana02.07.2022
Hajmi3,27 Mb.
#729355
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
Etiket

 
Buyruq ohangidan faqat bajarilishi shart va majbur bo‘lgan harbiy sohalarda 
foydalanish mumkin. 
 
Texnik aloqa vositalari orqali olib boriladigan suhbatlar etiketi 
Hozirgi davrni texnika asri deb bejiz aytishmaydi. Yaxshilab atrofga nazar 
soladigan bo‘lsak, texnik jihozlarsiz ishimiz bitmaydigandek. Shunisi qiziqarliki, 
hech qancha vaqt o‘tmasdan, bir texnik jihoz o‘rniga yanada qulayroq, texnika 
estetikasi talablariga javob beradigan chiroyli jihozlar ishlab chiqarilaveradi. 
Bunday “yangiliklar”ning ijobiy xususiyatlari bilan bizga salbiylik kasb etuvchi 
jihatlari ham yo‘q emas. Ayniqsa, yoshlarda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘sha 
“yangilik”dan barchani boxabar qilish uchunmi yoki maqtanchoqlikdan, yoki 
shunchaki befarosatlikdanmi ba’zida atrofdagilarni texnika taraqqiyotidan 
afsuslanish darajasiga kelib qolganini ko‘ramiz. Shu sababli ham, texnik aloqa 
vositalaridan foydalanish etiketiga amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Avvallambor, raqamlarni terishdan oldin, sizning qo‘ng‘irog‘ingiz 
yoqadimi yo‘qmi, shuni o‘ylab olgan ma’qul. “Birovni bezovta qilib 
qo‘ymaymanmi? Men bahona qilib, qo‘ng‘iroq qilayotgan masala birovni bezovta 
qilishga arziydimi?” kabi o‘zimizga berilgan savol masalani anchayin 
oydinlashtiradi. Shunchaki bekorchilikdan qilingan qo‘ng‘iroq so‘zlashuv 
avvalidayoq bilinishi bilan birga, mavzu topolmay g‘iybat, so‘rovnoma yoinki 
hisobot turiga aylanib ketishi ham mumkin. 
 
Telefonda so‘zlashni qanday boshlash lozim? 
Avvalambor salom berib, so‘ng o‘zingizni tanishtirgandan keyingina 
kerakli odamni chaqirib berishlarini iltimos qilish mumkin. Agar qo‘ng‘iroq 
qilingan joy raqamlari to‘liq emasligi yoki go‘shakni olgan odamni tanish qiyin 
bo‘lsa, “
Bu falonchini uylarimi?”
– deb so‘rash maqsadga muvofiq. Adashib 
tushilgan telefon raqamini surishtirish shart emas. Ular bu ma’lumotni berishga 
majbur emaslar. “Uzr, bu 555-55-55 emasmi?”, deb so‘ragan ma’qulroq. Agar 
sizga 
“yo‘q”
degan javob berilsa, ularni qayta bezovta qilish va ortiqcha savollar 
berish sizni noqulay axvolga solib qo‘yishi mumkin. 
Telefon go‘shagini ko‘targan kishi agar chaqirilayotgan kishi bo‘lmasa, 
so‘rayotgan odamga buni bildirib, qachon qo‘ng‘iroq qilish mumkinligi, kimga 
yoki qaysi raqamga murojaat qilishi kerakligini aytishi mumkin. Ammo agar 
chaqirilgan kishi uzrli sabab bilan kela olmasa, buni (masalan, yuvinayotgan 
bo‘lishi mumkin) telefonda aytish shart emas. “
Hozir u kela olmaydi. Bir ozdan 
so‘ng qo‘ng‘iroq qilolmaysizmi?”
deyishning o‘zi yyetarli. Xullas, har qanday 
holatda ham telefon go‘shagini ko‘targan odam qo‘ng‘iroq qilayotgan kishidan o‘z 
yordamini ayamasligi lozim: 
“Balki unga biror so‘zingizni yetkazib qo‘yaymi?”
qabilida. Agar qo‘ng‘iroq qiluvchi o‘z iltimosini aytsa, uni yoddan chiqarmaslik 
uchun, albatta, yozib olish va so‘zma-so‘z yetkazish lozim. 
Telefon aloqasi xodimlariga nisbatan bo‘lgan munosabatlarda mulozamat 
ortiqchalik qiladi: “
Uzr, sizdan bir narsa so‘ramoqchiydim», «Agar malol 


26 
kelmasa


kabi uzundan-uzoq 
“shirin”
gaplar masalaning aniqlashtirilishiga 
halaqit beradi. Bunda aniq va ravshan masala bilan murojaat qilinadi. Albatta, 
tashakkursiz ish bitmaydi. Ammo ko‘rishish va xayrlashish shart emas. O‘zbek 
mentalitetida kimga murojaat qilishdan qat’i nazar 
(agar u robot bo‘lmasa)
avval 
salomlashgan durust. Odatiy “Allo” degan so‘zning o‘rniga “Labbay” ning 
ishlatilishi ham tinglovchida ijobiy taassurot qoldiradi. 
Tezkor yordam lozim bo‘lgan paytda qisqa ravishda voqeaning va 
yordamning mazmuni bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, telefoni bo‘lgan har 
qanday kishi favquloddagi holatlarda telefonni berib turishi shart. Muhim va nozik 
masalalar bo‘yicha telefondan foydalanish uchun qo‘shnilarni 
“guvoh”
qilish va 
o‘z oilaviy muammolarini ovoza qilish yaramaydi. Bunday paytda avtomat 
telefonidan foydalangan maqul. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish