451
20-BOB: O‘SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODIYOTI
1. O‘simlikchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
ahamiyati.
2. Mamlakatimizda o‘simlikchilik tarmoqlarining
hozirgi rivojlanish
holati.
3. O‘simlikchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va
samaradorligini oshirish yo‘llari.
Tayanch so‘zlar:
qishloq xo‘jaligi tarmoqlari, o‘simlikchilik, donchilik,
texnika ekinlari, sabzavotchilik, kartoshkachilik, polizchilik, mevachilik,
uzumchilik, ozuqa ekinlari, dorivor o‘simliklar.
1.
O‘simlikchilik
tarmoqlari
va
ularning
mamlakatimiz
iqtisodiyotidagi ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligi yetishtirilayotgan
mahsulotlarning turlari va
xususiyatlaridan
kelib
chiqqan
holda
ikkita
yirik
tarmoqqa:
o‘simlikchilik va chorvachilikka bo‘linadi. O‘simlikchilik qishloq
xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i bo‘lib, unda ko‘p
turdagi mahsulotlar
yetishtiriladi.
Yetishtirilayotgan
mahsulotlarning
turlari
va
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘simlikchilik tarmog‘i o‘z
navbatida quyidagi kichik tarmoqlarga bo‘linadi:
- donchilik (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, sholi va hokazo);
- texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, qand lavlagi, moyli ekinlar va
hokazo);
- kartoshkachilik;
- sabzavotchilik (piyoz, sabzi, bodring va hokazo);
- polizchilik (qovun, tarvuz va hokazo);
- mevachilik (olma, o‘rik, shaftoli va hokazo);
- uzumchilik;
- chorva ozuqasi ekinlari yetishtiruvchi va boshqa tarmoqlardan
iboratdir.
452
O‘simlikchilik tarmoqlarining mamlakatimiz
aholisini oziq-ovqat
bilan ta’minlashdagi o‘rni beqiyosdir. Chunki, aholi tomonidan kunlik
iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida o‘simlikchilik
tarmog‘idan olinadigan mahsulotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Shu sababli
o‘simlikchilik aholining birlamchi ehtiyojlarini qondiruvchi mahsulotlar
yetishtirib beruvchi muhim tarmoq hisoblanadi.
Bundan tashqari,
o‘simlikchilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlar sanoatning
ko‘pgina sohalari uchun xomashyo bo‘lib hisoblanadi. To‘qimachilik,
yog‘-moy, oziq-ovqat kabi yo‘nalishlardagi
sanoat korxonalarining
faoliyati o‘simlikchilik tarmoqlarining faoliyati bilan uzviy bog‘liqdir.
Shu bilan birga, o‘simlikchilik tarmoqlari
chorva mollari uchun ozuqa
ham yetkazib beradi. Bizga ma’lumki, chorvachilikni rivojlantirish
uning mustahkam ozuqa bazasi bilan ta’minlanishiga bog‘liq. Shu
jihatdan, chorvachilikning rivoji ham o‘simlikchilik tarmog‘iga bevosita
bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: