laboratoriya ishi №13.
Mavzu: Optimal ozuqa ratsioni masalasini tuzish.
1. Masalaning qo’yilishi va boshlang‘ich ma’lumotlarni tayyorlash
Biz bu mavzuda xo‘jalikda mavjud yem-xashak resurslariga ko’ra, chorva mollari uchun
ozuqa ratsioni tuzishda optimallashtirish usullarini qo‘llashni o‘rganamiz.
Chorva mollariga optimal ozuqa ratsion tuzishda, masalaning qo‘yilishini umumiy holda
quyidagicha ifodalash mumkin: chorva mollari uchun mavjud yem-xashak resurslaridan
foydalanib shunday optimal ozuqa ratsionini tuzish talab qilinadiki, u chorva mollarining har bir
turini, to‘yimli moddalarga bo‘ladigan biologik talablarini qanoatlantirsin va tannarxi eng arzon
bo‘lsin.
1. Masalaning berilishi. Chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan, Ishtixon tumanidagi "Mahmud bobo" fermer xo‘jaligidagi, tirik vazni 400 kg bo‘lgan boquvga qo‘yilgan yirik shoxli qoramolni oziqlantirish uchun, ozuqa ratsioni tuzish talab qilinadi. Qoramol vaznini bir sutkada 1000 g o‘sishini ta’minlash uchun bir kunda beriladigan yem-xashaklar ratsionida: 9.1 kg ozuqa birligi, 730 g hazm bo‘ladigan protein, 75 g kalsiy, 27 g fosfor va 9 kg quruq modda bo‘lishi kerak. Zootexniya talablariga binoan, ratsionga kiritilishi kerak bo‘lgan yemxashaklar guruhlari va turlari bo‘yicha quyidagi chegaraviy munosabatlarning hisobga olish talab qilinadi (ratsionga kiradigan yem-xashaklardagi ozuqa birligi yig‘indisiga nisbatan foizda): konsentrat ozuqalar 12- 20; dag‘al xashaklar 23-35 va shirali ozuqalar 25-48 foiz bo‘lishi lozim. Ozuqa birligida hisoblanadigan dag‘al xashaklar tarkibidagi somonlar ko‘pi bilan 25 foizni, ratsionga kiritiladigan makka silosi ko‘pi bilan 12 kg ni tashkil qilsin. "Maxmud bobo" fermer xo‘jaligida yem-xashaklar turi va to‘yimli moddalar bo‘yicha ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot 1-jadvalda berilgan
Masalaning sonli va matrisali modelini tuzish Keltirilayotgan 1-jadval ma’lumotlariga asosan, ratsionga kiritiladigan yem-xashaklar turini, o‘zgaruvchilar sifatida qarab tegishli belgilashlar kiritamiz. Asosiy o’zgaruvchilar: 𝑥1 - omuxta yem, kg; 𝑥2 - paxta shiroti, kg; 𝑥3 - beda pichani, kg; 𝑥4 - bug‘doy somoni, kg; 𝑥5 - makkaj.silosi(donsiz), kg; 𝑥6 - makka+beda silosi, kg; 𝑥7 - xashaki lavlagi, kg. Yordamchi o’zgaruvchilar: 𝑥8 - ratsiondagi ozuqa birligi yig’indisi, kg. Masalaning maqsad funksiyasi: Ozuqa ratsioni tannarxining minimal bo’lishi. Ya’ni 𝑍𝑚𝑖𝑛 = 32,4𝑥1 + 16,3𝑥2 + 5.3𝑥3 + 4.2𝑥4 + 6,8𝑥5 + 6,8𝑥6 + 5.6𝑥7 .
Masalaning shartiga asosan cheklash shartlarini tuzamiz: I. Asosiy cheklash shartlari Ratsionda quruq moddaning 9 kg dank am bo’lmasligi bo’yicha: 867𝑥1 + 920𝑥2 + 821𝑥3 + 913𝑥4 + 215𝑥5 + 227𝑥6 + 120𝑥7 ≥ 9000 (1) Ozuqa birligi bo’yicha 9,1 kg dank am bo’lmasligi bo’yicha cheklash: 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 + 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 + 0.19𝑥5 + 0.18𝑥6 + 0.09𝑥7 ≥ 9.1, (2) Hazm bo’ladigan protein kamida 730 g ni tashkil etishi: 81𝑥1 + 250𝑥2 + 80𝑥3 + 7𝑥4 + 11𝑥5 + 13𝑥6 + 9𝑥7 ≥ 730. (3) Ratsionda kalsiyning kamida 75 g ni tashkil etishi: 5.8𝑥1 + 6.5𝑥2 + 13𝑥3 + 5𝑥4 + 1.3𝑥5 + 1.1𝑥6 + 0.4𝑥7 ≥ 75. (4) Fosforning kamida 27 g bo’lishi: 3.9𝑥1 + 11.2𝑥2 + 3𝑥3 + 𝑥4 + 0.8𝑥5 + 0.6𝑥6 + 0.5𝑥7 ≥ 27 (5) Ratsiondagi karotinni kamida 190 mg ni tashkil qilishi: 0.44𝑥1 + 0.3𝑥2 + 14𝑥3 + 0.7𝑥4 + 16𝑥5 + 20𝑥6 + 0.1𝑥7 ≥ 190 (6)
II. Qo’shimcha chegaraviy shartlar guruhi Ratsiondagi ozuqa birligi yig’indishi: 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 + 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 + 0.19𝑥5 + 0.18𝑥6 + 0.09𝑥7 = 𝑥8 yoki 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 + 0.42𝑥3 + 0.22𝑥4 + 0.19𝑥5 + 0.18𝑥6 + 0.09𝑥7 − 𝑥8 = 0 (7) Ratsiondagi ozuqa birligi yig‘indisiga nisbatan konsentrat ozuqalarni 12-27 foiz bo‘lishi: 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 ≥ 0.12𝑥8 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 ≤ 0.2𝑥8 yoki soddalashtirsak 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 − 0.12𝑥8 ≥ 0 (8) 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 − 0.2𝑥8 ≤ 0 (9) Ratsiondagi ozuqa birligi yig‘indisiga nisbatan dag‘al xashaklarni 23-35 foiz bo‘lishi: 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 − 0.23𝑥8 ≥ 0 (10) 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 − 0.35𝑥8 ≤ 0 (11)
Ratsiondagi ozuqa birligi yig‘indisiga nisbatan shirali ozuqalarni 25-48 foiz atrofida bo‘lishi: 0.19 + 0.18𝑥4 − 0.25𝑥8 ≥ 0 (12) 0.19𝑥3 + 0.18𝑥4 − 0.48𝑥8 ≤ 0 (13) Ratsionga kiritiladigan dag‘al xashaklar bo‘yicha bug’doy somoni salmog‘ining ko‘pi bilan 25 foizni tashkil qilishi bo‘yicha cheklash: 0.22𝑥4 ≤ 0.25(0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 ), 0.22𝑥4 ≤ 0.1𝑥3 + 0.055𝑥4 , 0.22𝑥4 − 0.1𝑥3 − 0.055𝑥4 ≤ 0, −0.1𝑥3 + 0.165𝑥4 ≤ 0 −𝑥3 + 1,65𝑥4 ≤ 0
Ratsionga kiritiladigan makka silosi ko‘pi bilan 12 kg ni tashkil qilishi quyidagicha yoziladi: 𝑥7 ≤ 12 (15) Demak, yuqorida berilgan optimal ozuqa ratsionining chiziqli dasturlash masalasidagi matematik modeli umumiy ko’rinishi quyidagicha bo’ldi: 𝑍𝑚𝑖𝑛 = 32,4𝑥1 + 16,3𝑥2 + 5.3𝑥3 + 4.2𝑥4 + 6,8𝑥5 + 6,8𝑥6 + 5.6𝑥7 maqsad funksiyasining quyidagi cheklash shartlarini qanoatlantiruvchi yechimini topish talab etiladi: { 867𝑥1 + 920𝑥2 + 821𝑥3 + 913𝑥4 + 215𝑥5 + 227𝑥6 + 120𝑥7 ≥ 9000, 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 + 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 + 0.19𝑥5 + 0.18𝑥6 + 0.09𝑥7 ≥ 9.1, 81𝑥1 + 250𝑥2 + 80𝑥3 + 7𝑥4 + 11𝑥5 + 13𝑥6 + 9𝑥7 ≥ 730, 5.8𝑥1 + 6.5𝑥2 + 13𝑥3 + 5𝑥4 + 1.3𝑥5 + 1.1𝑥6 + 0.4𝑥7 ≥ 75, 3.9𝑥1 + 11.2𝑥2 + 3𝑥3 + 𝑥4 + 0.8𝑥5 + 0.6𝑥6 + 0.5𝑥7 ≥ 27, 0.44𝑥1 + 0.3𝑥2 + 14𝑥3 + 0.7𝑥4 + 16𝑥5 + 20𝑥6 + 0.1𝑥7 ≥ 190, 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 + 0.42𝑥3 + 0.22𝑥4 + 0.19𝑥5 + 0.18𝑥6 + 0.09𝑥7 − 𝑥8 = 0, 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 − 0.12𝑥8 ≥ 0, 0.71𝑥1 + 0.87𝑥2 − 0.2𝑥8 ≤ 0 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 − 0.23𝑥8 ≥ 0 0.4𝑥3 + 0.22𝑥4 − 0.35𝑥8 ≤ 0 0.19 + 0.18𝑥4 − 0.25𝑥8 ≥ 0 0.19𝑥3 + 0.18𝑥4 − 0.48𝑥8 ≤ 0 −𝑥3 + 1,65𝑥4 ≤ 0 𝑥7 ≤ 12 𝑥1 ≥ 0, 𝑥2 ≥ 0, 𝑥3 ≥ 0, 𝑥4 ≥ 0, 𝑥5 ≥ 0, 𝑥6 ≥ 0, 𝑥7 ≥ 0, 𝑥8 ≥ 0.
Do'stlaringiz bilan baham: |