448
taqsimlashni bildiradi.
Qishloq
xo‘jaligini
joylashtirish uni
ixtisoslashtirish bilan chambarchas bog‘langan. Qishloq xo‘jaligida
ixtisoslashuv deganda mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman
va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab
yetishtirish
uchun moslashuvi tushuniladi. Qishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish
kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv
texnologiya asosida olib
borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy
etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini
o‘sirish, mehnat vositalari va buyumlaridan
ratsional foydalanish
sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni joylashtirishning mohiyati
nimadan iborat?
2. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda qanday omillarga
e’tibor berish lozim?
3. Qishloq xo‘jaligining tarmoq tarkibining mohiyati nimadan iborat va
u qanday aniqlanadi?
4. Qishloq xo‘jalik korxonalari qanday
ixtisoslashish tarmoqlariga
bo‘linadi?
5. Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar qanday guruhlarga
bo‘linadi?
6. Qishloq xo‘jaligida tarmoqlarni oqilona joylashtirishdan ko‘zlangan
asosiy maqsadlar nimalardan iborat?
7. Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan holda joylashtirishning
qanday tamoyillari mavjud?
8. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirishning
iqtisodiy
ahamiyati nimalardan iborat?
9. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga qanday omillar
ta’sir ko‘rsatadi?
10. Ixtisoslashtirishning qanday shakllari mavjud?
11. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv darajasi qanday aniqlanadi?
12. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuv koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
449
13. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvning iqtisodiy samaradorligi
qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi?
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-maydagi
“Respublika hududlarini qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari yetishtirishga
ixtisoslashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4709-sonli qarori haqida ma’lumot bering.
15. Qishloq xo‘jaligida integratsiyalashuvning mohiyati nimadan iborat?
16. Qishloq xo‘jaligida integratsiyalashuvning ahamiyati nimadan
iborat?
17. Qishloq xo‘jaligida integratsiyalashuvning qanday turlari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: